31
1.6.2. ArcSDE geomaʼlumotlar bazasi
Agar sizga bir vaqtning o‘zida ko‘p
foydalanuvchilar tomonidan
foydalaniladigan va
o‘zgartirishlar kiritiladigan xususiyatga ega katta,
ko‘pfoydalanuvchili geomaʼlumotlar bazasi kerak bo‘lsa, unda ArcSDE yaxshi
yechim bo‘ladi. U taqsimlangan, ko‘pfoydalanuvchili geomaʼlumotlar
bazasini,
shuningdek, bir qator muhim, versiyalarga asoslangan, ishchi GAT jarayonlarni
boshqarish imkoniyatini beradi.
ArcSDE geomaʼlumotlar bazasining eng asosiy
ustunligi
–tashkilotning korporativrelatsionmaʼlumotlar bazasini kuchaytirish
imkoniyatidir.
ArcSDE geomaʼlumotlar bazalari
MBBT ning turli saqlash modellari bilan
ishlaydi (IBM DB2, Informix, Oracle, SQL Server va PostgreSQL). ArcSDE
geomaʼlumotlar bazalari
avvalambor tashkilotlar, bo‘limlar va ishchi guruhlarni
tashkillashtirishning keng doirasida foydalaniladi. Ular o‘z MBBT lari qo‘llab-
quvvatlanuvchi arxitekturaning barcha ustunliklaridan foydalanishadi:
– juda katta, uzluksiz GAT maʼlumotlar bazasi;
– bir vaqtda ko‘p foydalanuvchilar;
– uzun tranzaksiyalar va versiyali ishchi jarayonlar;
– GAT
maʼlumotlarini
boshqarishni
qo‘llab-quvvatlaydigan
relatsionmaʼlumotlar bazalari (relatsionmaʼlumotlar
bazalaridan mashtablanish,
ishonchliligi, himoyalanganligi, yaxlitligi, zaxiralash va h.k. kontekstlarda
foydalanishdan foyda keltirishni ta’minlash);
–
fazoviy SQL turlari, MBBT bunday imkoniyatni qo‘llab-quvvatlagan
holatlarda (ya’ni Oracle, SQL Server, PostgreSQL, Informix va DB2);
– ishlov berishning yuqori tezligi juda ko‘p sonli foydalanuvchilarga
tarqalishi mumkin.
ArcSDE ning asosiy rollaridan biri –istalgan RMBBT ga geomaʼlumotlar
bazasi versiyali o‘zgartirish kiritishning ishchi muhitini qo‘llab-quvvatlashidir.
Ko‘pincha GAT da bitta-yagona tranzaksiya o‘zgartirishi bir qancha
jadvallardagi ko‘plab qatorlardagi o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Masalan, yer maydonini yangilash poligon ko‘rinishinio‘zgartirishnitalab qilishi,
32
shuningdek, qo‘shni yer maydonlari burchaklari va qo‘shni ko‘chalarning tegishli
chiziqlarini o‘zgartirishi mumkin. Undan tashqari,har
bir shunday fazoviy obyekt
uchun atribut yozuvlarini ham yangilashga to‘g‘ri keladi. Bunday o‘zgartirishlar
turli jadvallardagi bir necha yozuvlarning o‘zgartirilishiga olib keladi. Bunday
holatlarda foydalanuvchilarga barcha shunday o‘zgarishlarni bitta tranzaksiya deb
hisoblash qulayroq. O‘zgarishlar qabul qilinganda yoki ortga qaytarilganda
ularning barchasi birgalikda yagona operatsiya sifatida ishlab chiqiladi.
Xuddi shu vaqtda foydalanuvchilar tomonidan o‘zgartirish davomida alohida
operatsiyalar qaytarilishi yoki inkor qilinishi mumkin. Ushbu holatni to‘ldirish
uchun tuzatishlarni markaziy, umumiy geomaʼlumotlar tizimidan
ajratilgan holda
bajarish mumkin.
Qolaversa, shunday GATmaʼlumotlarni qo‘llab-quvvatlaydigan maxsus
jarayonlarda, GAT maʼlumotlar bazasining o‘zi uzluksiz kundalik operatsiyalar
uchun yaroqli holda bo‘ladi, har bir foydalanuvchi umumiy GAT maʼlumotlar
bazasining shaxsiy tashqi ko‘rinishiga ega bo‘lishi mumkin.
ArcSDE
geomaʼlumotlar
bazasi
Do'stlaringiz bilan baham: