Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 0,55 Mb.
bet58/103
Sana26.07.2021
Hajmi0,55 Mb.
#129400
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   103
Bog'liq
O'zbek tili nashrga-конвертирован

mavzu. Kasb etikasi


Ochiq yuz, shirin so‘z, mayinlik kerak, Fe’l - atvorda moslik, tayinlik kerak.

O‘qish uchun material

Kasb etikasi

Axloq – insoniyat kamoloti sarchashmalaridan biri. Har bir odam u orqali o‘zining jamiyatdagi o‘rnini anglaydi, hayotining mazmunini belgilab oladi. Axloqiy munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymasdan turib, kasb axloqi madaniyatini shakllantirmasdan turib hech bir davlat ko‘zlagan maqsadlariga erisha olmaydi. Shu bois ham bu hozirgi kunda davlatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Kasb odobi (etikasi) bu insonlarning kasbiy faoliyatidan kelib chiqadigan o‘zaro munosabatlarining axloqiy xarakterini ta’minlaydigan qonuniyatlardan biridir. Kasb odobi – jamiyat tomonidan qabul qilingan axloq qoidalarini kishilarning ixtisoslariga nisbatan amalda tatbiq qiluvchi aniq kasbiy burch, sha’n, or-nomus, qadr-qimmat kabi xatti- harakatlarning majmui, umumiy axloqning kishilar kasb-koridagi o‘ziga xos ko‘rinishidir. Masalan, tibbiyot xodimi o‘z amaliyotidagi qiyinchiliklarga qaramasdan, tibbiyot etikasi doirasiga kasallikni oshkora qilmaslik; huquq vakillaridan kasb etikasida sodiqlik, hammaning qonun oldida teng ekanligiga rioya qilishi talab qilinadi. Xizmat ko‘rsatish sohasida esa, avvalambor, muomala madaniyati, mijozlarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan diqqat-e’tiborga bog‘liqdir.

Etika – inson faoliyatining urf-odatlarga mos kelishi yoki mos kelmasligi, xulq-atvor qoidalariga rioya qilishni o‘rgatadi. Insonning axloqiy sifatini tahlil qiladi, ya’ni uning bevosita faoliyatini kuzatadi. Kasbiy etika – har bir kasb-hunarga xos axloqiy norma, prinsip va sifatlarni o‘rganadi va hayotga tatbiq etadi. Kasbiy etika qonun- qoidalari kabinetlarda emas, balki, ish jarayonida shakllanadi. Kasbiy- axloqiy etiket normalarini ishdagi ijodkorlikdan ajratib bo‘lmaydi, ayniqsa pedagogik ish jarayonida. Shuning uchun kasbiy omilkorlik, o‘z ishini yaxshi bilish, qaysi kasbdan qat’iy nazar axloqiy normalarning boshlanishidir. Xizmat ko‘rsatish xodimlarining kasb etikasi va etiketi umuminsoniy axloq qonunlari, prinsiplari va normalarini, estetik qadriyatlarini aholiga xizmat ko‘rsatish, muomala qilish hamda ularga axloqiy tarbiya berish, estetik madaniyatini shakllantirish yo‘llarini o‘rganadigan va o‘rgatadigan nazariy-falsafiy fandir. Kasb etikasi (yoki kasbiy axloq) bu odamlarning kasb faoliyatidan kelib chiqadigan o‘zaro

munosabatlarining axloqiy xarakterini ta’minlaydigan qonuniyatdir. Bunday qonuniyatlarning kelib chiqishi va rivojlanishi inson axloqiy yo‘nalishlaridan birini aks ettiradi, chunki ular shaxs qadrini va shaxslararo munosabatlarda odamiylikning yuzaga kelishiga yordam beradi.

Lug‘at



axloq – нравственность insoniyat – человечество kamolot – совершенство munosabat – отношение ta’minlamoq – обеспечивать

Suhbat matni

nazariy-falsafiy – теоритическо- философский

kasb etikasi – профессиональная этикa



Odob – inson ziynati

Inson uchun chiroyli odob, xulq va yaxshi tarbiya oltindan, har qancha boylikdan ham qadrli, ustun va afzaldir. Chunki, boylik bilan ham topilmaydigan narsalar xushxulqlik, chiroyli muomala bilan topilishi mumkin. Boylik, asosan, insonning o‘ziga foyda bersa, chiroyli odob bilan kishi barchaga manfaat yetkazadi.

Boylik bilan berkitib bo‘lmaydigan ba’zi ayb-kamchiliklar chiroyli odob, xulq-atvor bilan yopilishi mumkin. Shu jihatdan odob- axloq boylikdan bir necha marta ustun turadi. Bu haqda Alisher Navoiy “Nazmul Javohir”da shunday yozadi:

Oltin-kumush etma davlat kunidin, Kim, tortar adab ulusni mehnat kunidin. Gar yo‘qtur adab, ne sud oltun unidin, Elning adabi xushroq erur oltunidin.

Xalqda “Inson – shirin so‘zning gadosi” degan naql bor. Haqiqatan shirin so‘z inson qalbini yumshatadi, uni g‘azabdan muloyimlikka, qahrdan mehr sari torta boshlaydi. Shirin so‘z bilan qanchadan-qancha urishib qolganlar bir-birlarini kechiradilar. Shu birgina shirin so‘z tufayli yillab amalga oshmay yurgan ishlar bitadi. Shu birgina shirin so‘z tufayli ikki millat bir-biri bilan oshno tutiladi, dushmanlar o‘zaro og‘a-iniga aylanadilar. Demak, shirin so‘zning quvvati kuchli, shirin muomalasi bilan kishi ko‘pgina narsalarga erishar ekan.


Tarjima mashqi

Правила речевого этикета

О вежливости или невежливости, его речевого поведения судят, прежде всего, по тому, как соблюдает он принятые правила этикета, в том числе и правила речевого этикета.

Познакомьтесь с некоторыми правилами речевого этикета.




    1. Download 0,55 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish