Осторожно обращайся со словом!
Выслушай обращённое к тебе слово!
Тщательно продумай свою будущую речь!
Оцени уместность своей речи!
Вникни в содержание речи и попробуй понять говорящего!
Не искажай действительности в речи!
Распознай намерения и интересы собеседника!
Не нарушай темы беседы!
Уважай достоинство и самолюбие собеседника!
Не принимай решение, выслушав только одну сторону!
Не говори о том, что всем давно известно!
Не будь многословным!
Если сомневаешься в искренности своего собеседника, сопоставь его высказывания, обращённые к разным лицам!
Не повторяй одно и то же несколько раз!
Следи за своим тоном, мимикой, жестами!
Grammatik ma’lumot. Annotatsiya matni, tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari
Аnnоtаtsiya - bаdiiy, ilmiy, mеtоdik аsаrlаrning muаllifi, mаvzusi, mаnbаsi, undа ko‘tаrilgаn аsоsiy mаsаlаni ko‘rsаtishgа qаrаtilgаn qisqа хаbаrdir. Аnnоtаtsiya o‘zining qisqaligi, hаjm jihаtidаn nihоyatdа kichikligi bilаn bаyоnning bоshqа turlаridаn аjrаlib turаdi. Annotatsiya kitob, maqola, qo‘lyozma mundarijasini, g‘oyaviy-siyosiy yo‘nalishini va boshqa jihatlarini ochib beradi. Annotatsiyani, masalan, kitobning o‘zida, bibliografik ko‘rsatkichlarda va kutubxona kataloglarida uchratish mumkin. Uning vazifasi o‘quvchilarda muayyan kitob, maqola, qo‘lyozma to‘g‘risida umumiy tasavvur tug‘dirish va ularga adabiyotlar tanlashda yordam ko‘rsatishdir. Batafsil yozilgan annotatsiya quyidagi savollarga javob bera olishi lozim:
Ishda nima haqida so‘z boradi?
Muallif qanday savollarni o‘rtaga qo‘yadi? Bu savollar qanday yoritib berilgan?
Ishning tuzilishi qanday?
Ishni qanday baholash mumkin? Yozilgan ish kimlarga mo‘ljallangan? v.h.
Namuna:
S.A.Karimovning A.Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyotida 2002-yilda chop etilgan «Til ta’limi va me’yor» nomli o‘quv
qo‘llanmasiga yozilgan ANNOTATSIYA
Mazkur o‘quv qo‘llanmasi V – 220100 va 5 – 220100 – filologiya (o‘zbek tili va adabiyoti) – bakalavr yo‘nalishida tahsil olayotgan 3-kurs talabalariga mo‘ljallangan bo‘lib, Davlat ta’lim standartlariga muvofiq keladigan va tanlov fani sifatida o‘tiladigan «Hozirgi o‘zbek tilining me’yoriy muammolari» kursi dasturi asosida yozilgan.
Qo‘llanmani yaratishda va me’yor hodisasining lingvistik tushuncha ekanligi, uning predmeti, maqsad va vazifalari, me’yor masalasining o‘zbek tilshunosligida o‘rganilish tarixi, adabiy tilga munosabati, umumiy va xususiy me’yorlar, me’yorlarning tildagi imlo, talaffuz, leksik-frazeologik, grammatik va uslubiy ko‘rinishlari, me’yor va lug‘atchilik, me’yor va nutq madaniyati masalalarini yoritishda mustaqillik davrida o‘zbek tili va uni tadqiq etishda yuz bergan o‘zgarishlar hamda erishilgan yutuqlarga tayanilgan.
H.Umurovning «Adabiyot nazariyasi» (Toshkent: Sharq, 2002) darsligining
ANNOTATSIYASI
Respublika universitetlarining O‘zbek filologiyasi yo‘nalishi (fakultetlari)da «Adabiyot nazariyasi» bakalavriatning 4-kursida o‘rganiladi. Unda adabiyot, badiiy asar, ijodiy jarayonning muhim qonuniyatlari, adabiy tur va janr, ijodiy metod va uslub muammolarining mohiyati, so‘z va so‘z san’atining sehru jozibasi haqida zarur nazariy ta’limot beriladi.
Ushbu darslik Oliy o‘quv yurtlarining filolog talaba-bakalavrlari, magistrlari, tadqiqotchilari, doktorantlari va adabiyotga qiziquvchi barcha ijodkorlarga mo‘ljallangan.
Topshiriq. Quyida berilgan maqollarning ma’nosini izohlang va ularni yod oling:
Odob – oltindan qimmat.
Odob bozorda sotilmas.
Shirin so‘z (qalbni) yumshatadi. Inson – shirin so‘zning gadosi.
Topshiriq. Siz egallayotgan sohaning o‘ziga xos etikasi haqida gapib bering.
Berilgan gap nutq uslublarining qaysi biriga xos?
U kamtarin va samimiyligi, do‘stlariga mehribonligi sababli hamkurslari hurmatiga sazovor bo‘lgan. O‘zini jamoat ishlarida faol, serg‘ayrat inson sifatida ko‘rsatdi.
a) badiiy b) ilmiy s) publitsistik d) rasmiy
Adabiy tilning qanday shakli bor?
a) xalq shevalari va adabiy til b) og‘zaki adabiy til va yozma adabiy til s) xalq shevalari va lahjalar
d) og‘zaki adabiy til va xalq shevalari
Annotatsiyaga qo‘yiladigan asosiy talab qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
a) badiiylik b) ixchamlik s) tarixiylik d) ilmiylik
Asarning bibliografik tasnifi, mazmuni, unda ko‘tariladigan muammolar, asarning g‘oyavay-badiiy xususiyatlari haqida ma’lumot beruvchi adabiy tanqid janri -
a) taqriz b) rezyume s) annotatsiya d) ma’lumotnom
Личная инициатива birikmasining to‘g‘ri tarjimasini toping.
a) shaxsiy tashabbus b) shaxsiy faoliyat
s) shaxsiy fikr d) shaxsiy masala
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
Kasb etikasi deganda nimani tushunasiz?
Kasb etikasiga rioya qilish soha egalari uchun qanchalik muhim? 3.Annotatsiya yozishda nimalarga e’tibor berish lozim?
Qanday matnlarga annotatsiya beriladi? 5.Annotatsiyada sohaviy leksikadan foydalaniladimi?
Uyga vazifa. Odob-axloq mavzusidagi kitoblardan biriga annotatsiya yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |