f.f.d., prof. R.Sayfullayeva
Taqrizchilar:
Z.Xolmanova – Alisher Navoiy nomidagi TDO‘TAU O‘zbek tili o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri, f.f.d.,prof.
M.Ahmedova – Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi TATU dotsenti, p.f.n.
SO‘ZBOSHI
Mаmlаkаtimizdа Oliy va o‘rta maxsus tа’lim tizimidа аmаlgа оshirilаyotgаn islоhоtlаr dеmоkrаtik tа’lim tizimigа аsоslаngаn bo‘lib, undа оlg‘а surilаyotgаn g‘оyаlаr shахsning mа’nаviy, huquqiy mаdаniyаtini insоniyаt erishgаn bаrchа yutuqlаr аsоsidа qurish, tа’lim tizimini shаkllаntirishdа milliy vа umuminsоniy qаdriyаtlаrning ustuvоrligiga erishish, jаmiyаt uchun hаr tоmоnlаmа yеtuk kаdrlar tаyyorlаshdek muhim ishgа qаrаtilgаn. Аnа shu vаzifаlаrni ijоbiy hаl etish nаtijаsidа аqlаn yеtuk, ахlоqаn bаrkаmоl, jismоnаn sоg‘lоm, dunyoqаrаshi kеng, tеrаn fikrlaydigan insоn shаkllаnаdi.
Оliy tа’lim muаssаsаlаridа аmаlgа оshirilаyotgаn o‘quv jаrаyoni, xususan, til o‘qitish bilan bog‘liq fanlar bo‘lajak mutaxassislarning shахs sifаtidа shаkllаnishi, intеllеktuаl, аxlоqiy jihаtdаn rivоjlаnishlаri uchun qulаy shаrоitlаrni yaratmoqda.
Til – millatning ruhi, uning ulkan boyligi, shu bois tilni umumbashariy qadriyatlar sirasiga kiritadilar. Til – aloqa vositasi. Uning kommunikativ belgilari insonlar o‘rtasidagi turli munosabatlarda, nutqiy vaziyatlarda namoyon bo‘ladi. Dunyoda millatning borligini namoyon qiladigan asosiy belgi ham tildir. Shunday ekan, yurtimizda mustaqillik sharofati bilan turli sohalarda erishilayotgan yutuqlarni tahlil va targ‘ib etishda o‘zbek tilining qudratidan foydalanish o‘rinli. Sababi ta’lim o‘zga tillarda olib boriladigan guruh talabalariga o‘zbek tilining boy merosini o‘rgatish, ilm-fan, san’at, madaniyat, tarix, sport sohasidagi yutuqlarimizni ko‘rsatish, til o‘rgatish asosida milliy-ma’naviy merosimiz va qadriyatlarimizga hurmat hissini shakillantirish – dolzarb masalalardan biri. Bu masalalarni tahlil etishda “O‘zbek tili” faniga doimo ehtiyoj seziladi. Mazkur qo‘llanma shu ehtiyojdan kelib chiqib Oliy ta’lim bakalavriatura bosqichining ta’lim o‘zga tillarda olib boriladigan guruh talabalari uchun mo‘ljallandi.
“O‘zbek tili” o‘quv qo‘llanmasi 2017- yil Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Namunaviy dastur asosida tayyorlandi. O‘quv qo‘llanma dasturdagi 45ta mavzuni o‘z ichiga oladi. Mavzular ijtimoiy hayotning barcha sohalarini qamrab olgan. Mavzularni yoritishda turkigo‘y shoir, mutaffakir, davlat arbobi Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asaridan parchalar olinib, ulardan har bir mavzu uchun epigraf sifatida foydalanildi.
O‘quv qo‘llanmada talabalarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirishga qaratilgan yangi qiziqarli matnlar, suhbat matnlari,
grammatik mashqlar, orfoepik va imlo qoidalari, vaziyatli topshiriqlar, sohaviy hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish masalalari, har ikki tilda tarjima matnlari, izohli va ikki tilli lug‘at, test topshiriqlari hamda glossariyga o‘rin berildi.
“O‘zbek tili” o‘quv qo‘llanmasi ta’lim o‘zga tillarda olib boriladigan guruh talabalariga til malakalarini oshirishga ko‘maklashuvchi, ularning nutq faoliyatini rivojlantirishga asos bo‘luvchi manba bo‘lib xizmat qiladi, deb o‘ylaymiz.
O‘quv qo‘llanmada berilgan shartli belgilar:
Berilgan so‘z va iboralarning ma’nosini bilib oling
O‘qish uchun material
Tarjima mashqi
Maqollarni yod oling
Suhbat matni
Grammatik ma’lumot
She’rni yod oling
Lug‘at
Hujjat namunalari bilan ishlash
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Diqqatingizni jamlang!
Do'stlaringiz bilan baham: |