Topshiriq. She’rni ifodali o‘qing, mazmunini o‘z so‘zingiz bilan sharhlang.
Vatan istagi
Bu Vatanda bir Vatan qurmoqni istaydir ko‘ngil, Beqafas qushdek o‘zin ko‘rmoqni istaydir ko‘ngil. Bu Vatan timsoli bo‘lsa, teng quyoshi shu’lavor, Shu’lalar qo‘ynida charx urmoqni istaydir ko‘ngil.
Ul Vatanga bayroq - insof, tug‘i - sarhad, muhri - mehr, Sarhad uzra soqchidek turmoqni istaydi ko‘ngil.
Bu Vatan bo‘yniga zanjir solmoq istar kimki boz, Ko‘ziga nafrat o‘qin urmoqni istaydir ko‘ngil.
Ul Vatan yelkanlarini ma’rifat ummonida Qiblayi iymon sari burmoqni istaydir ko‘ngil.
Bas, yetar, yolg‘on saodat, yolg‘on erk, yolg‘on Vatan,
Hurriyat zavqini chin surmoqni istaydir ko‘ngil. Qutlug‘ istiqlol kunida, ey Vatan, bag‘ringda shod,
Erkin o‘g‘loning bo‘lib yurmoqni istaydir ko‘ngil. ( E. Vohidov)
Lug‘at
tug‘ – bayroq
sarhad – chegara, hudud boz – yana
hurriyat – erkinlik, ozodlik, istiqlol, mustaqillik
Topshiriq. Savollarga javob bering:
Shoir o‘zini qanday ko‘rmoqni istaydi?
Insof, mehr-oqibat tuyg‘ulari she’rda qanday tasvirlangan?
Mustaqillikka qarshi chiquvchilarga shoir qanday munosabatda bo‘ladi?
“Yolg‘on saodat, yolg‘on erk, yolg‘on Vatan” kabi jumlalarni qanday tushunasiz?
Topshiriq. “Vatan istagi” she’ridagi notanish so‘zlarning ma’nosini bilib oling va yozib qo‘ying.
Tarjima mashqi
Узбекистан
Республика Узбекистан расположена в центре Центральной Азии. На территории современного Узбекистана цивилизация развивалась с древних времён. Этот край имеет богатую историю, уходящую своими корнями в глубь тысячелетий.
Народы Узбекистана дали миру крупных учёных, знаменитых поэтов и писателей, которые оставили великое наследие человечеству. В мире нет человека, который бы не слышал о великом писателе, поэте и учёном Алишере Навои. Огромно наследие великого философа, врача и поэта Абу Али Ибн Сины, получившего широкую известность в Европе под именем Авиценны.
Узбекистан с самым большим населением среди стран Центральной Азии обладает богатыми природными ресурсами. Страна находится на третьем месте в мире по экспорту хлопка, добывает большое количество газа и золота, а также является
признанным в своём регионе производителем химической промышленности и машиностроения.
Узбекистан – моя Родина
Узбекистан – многонациональная страна. Здесь проживает более 100 наций. Все народности Узбекистана живут в мире, согласии и дружбе. На нашей земле уважают народные традиции и отношение к каждой нации особенное. А ведь всем хорошо известно, что когда возраждаются национальные ценности, возрастает роль культурного наследия народа. Уважать язык, культуру, традиции народа – это значит уважение к каждому представителю этой нации. В многонациональном Узбекистане следуют именно этим принципам.
Grammatik ma’lumot. Orfoepiya qoidalari. O‘zbek tilida tovushlar talaffuzi.
Orfoepiya – adabiy tilning to‘g‘ri talaffuz qoidalari haqidagi bo‘limi.U adabiy tilda to‘g‘ri talaffuz etish me’yorlarini belgilaydi. Orfoepiya me’yorlari tilning fonemalar tizimi, fonemalarning ma’lum o‘zgarishlari bilan bog‘liq. Orfoepik talaffuz me’yorlari adabiy til bilan birgalikda shakllanadi. Jonli so‘zlashuv va mahaliy shevalar orfoepik me’yorning buzilishi hisoblanadi. Talaffuzda sheva xususiyatlariga yo‘l qo‘ymay adabiy tilda so‘zlash muhim ahamiyatga ega. Oka, apa emas, aka, opa; kelutti, kelopti, kevotti emas, kelyapti kabi. Masalan aql, qism, ism, fikr, vaqt, ilm, uzr, xalq, naql, nasl, hukm kabi arabcha so‘zlarning barchasida urg‘u birinchi bo‘g‘inga tushadi. Muhim, mudir, muqim, muhit, mumkin, munis kabi arabcha so‘zlarning ikkinchi bo‘g‘ini urg‘u oladi va juda aniq talaffuz qilinadi. Bahor, nahor, savol, savob, avval, shamol kabi so‘zlarning birinchi bo‘g‘inida a tovushi o tovushiga yaqin talaffuz qilinadi, lekin a yoziladi. Orfoepiya radio va televideniye eshittirishlarini olib borishda, o‘quv yurtlarida ta’lim berishda, nutq madaniyatining boshqa sohalarida adabiy tilning talaffuz me’yorlariga rioya qilishni talab etadi.
Nutq tovushlari talaffuz paytida ba’zi o‘zgarishlarga uchraydi. Bular asosan ikki xil bo‘ladi:
Unlilar
|
Undoshlar
|
Unlilar
|
Undoshlar
|
son-sana ong-angla sayla-saylov o‘qi-o‘quv yosh-yasha
|
yutuq-yutug‘i kurak -kuragi bilak-bilagi tilak-tilagi tanbur-tambur
|
shahar-shahri qorin-qorni burun-burni o‘g‘il-o‘g‘li
ocha oladi- ocholadi
|
men - mening past -pasay sust -susay ulug‘-ulg‘ay
|
Topshiriq. Orfoepik me’yorlar va urg‘uga rioya qilib, she’rni yod oling.
Qaro qoshing, qalam qoshing Qiyiq qayrilma qoshing qiz. Qilur qatlimga qasd qayrab, Qilich qotil qaroshing qiz.
Qafasda qalb qushin qiynab Qanot qoqmoqqa qo‘ymaysan, Qarab qo‘ygil qiyo, qalbimni
Qizdirsin quyoshing qiz. ( E. Vohidov)
Topshiriq. Matnlarni o‘qing, matndagi fikrlarga o‘z munosabatingizni bildiring. Talaffuz bilan bog‘liq 2 ta mantiqiy va 7 ta imlo xatoni tuzating.
Orol va qit’a
Insoniyat Orol emas, qit’a bo‘lib yashashni o‘rgansa, ko‘p balolarning oldi olingan bo‘lardi.
So‘z mas’uliyati
Maktab o‘qituvchisining so‘zi o‘ttiz bolaga yetib boradi. Universitet domlasining so‘zi yuz talabaga yetib boradi. Notiqning so‘zi ming tinglovchiga yetib boradi. Qalamkashning so‘zi bir yo‘la o‘n ming, yuz ming kitobxonga yetib boradi. Demak, uning so‘z mas’uliati ham boshqalarnikidan ming marta ortiqroqdir.
( O‘. Hoshimov)
Singlimning ancha ulg‘ayib qolgan o‘g‘li yig‘lab o‘rnidan turdi-da, yana onasining bag‘rida uxlab qoldi. Ushbu gapdagi necha so‘z tarkibida tovush tushishi kuzatiladi?
a) 3 ta so‘zda b) 4 ta so‘zda s) 5 ta so‘zda d) 6 ta so‘zda
Berilgan qaysi so‘zlarda n harfi m tarzida talaffuz qilinadi?
tinmay; 2)o‘n besh; 3)qamchin; 4)qantarmoq; 5) manmanlik; 6)sunbul
a) 1, 2, 5, 6 b) 1, 3, 4, 5 s ) 2, 4, 6 d) 3, 5, 6
Sanab sanog‘iga yetolmadi. Ushbu gapdagi so‘zlar tarkibida jami nechta tovush o‘zgarishi yuz bergan?
a) 2ta b) 3ta s) 4 ta d) 5 ta
Berilgan qaysi so‘zlar talaffuzida tovush o‘zgarishi yuz beradi?
1) manba; 2) yonma-yon; 3) tandir; 4) qalampir; 5) tanbal; 6) yonbosh
a) 1, 2, 5, 6 b) 1, 3, 4, 6 s) 2, 3, 4, 5 d) 3, 4, 5, 6
Qaysi so‘zlarda q tovushi x tarzida talaffuz etilsa ham q
yoziladi?
a) so‘roq, oqibat, sog‘liq b) taqsimot, maqsad, oqsil
s) oqim, bosqich, cho‘ziq d) o‘qlov, iqtisod, oqish.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
Vatan dеganda nimani tushunasiz? Fikrlaringizni asoslab bering.
O‘zbekistonning jahon hamjamiyatining to‘laqonli subyektiga aylanishi qaysi jarayonlarda o‘z aksini topgan? Dalillar asosida tushuntiring.
“Ona yurtim - oltin bеshigim” dеgan hikmatli so‘zning ma’nosini izohlang.
Orfoepik talaffuz me’yorlari qanday shakllanadi?
Orfoepik me’yorning buzilishiga nimalar sabab bo‘ladi?
Uyga vazifa. “O‘zbekiston – yagona uyimiz” mavzusida matn tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |