MUAMMOLI VAZIYAT
Siz oilangiz bilan orziqib kutilgan tadbirga otlanyapsiz. Kutilmaganda eshik qo‘ng‘irog‘i chalindi. Eshik ortida chaqirilmagan mehmonlar turibdi. Sizning harakatingiz?
SIMPTOM
Milliy urf-odatlarimizni ifodalovchi yasama so‘zlarga misollar keltiring
|
AMALIY KO‘NIKMA
“Mehmon otangdek ulug‘” xalq maqolini izohlang
|
Topshiriq. Berilgan so‘zlar va so‘z birikmalari asosida “Mehmon kutish qoidalari” mavzusida matn yarating.
Yakshanba, dasturxon bezamoq, saramjon-sarishtalik, shirinliklar, yaxshi kayfiyat, mehr bermoq, tansiq taomlar, maslahatlashmoq, mevalar, samimiylik, xushmuomalalik, yoqimli musiqa.
Suhbat matni
Bayramlar
Bayram – muhim tarixiy voqea, hodisa sifatida shodlik, rasmiy tantana o‘tkazish uchun belgilangan muborak kun. Bunday muborak kunlar xalq tomonidan quvonch, shodlik, tantana, o‘yin-kulgi bilan tantanavor nishonlanadi.
Bayramlarda xalqning qadimiy udumlari, tarixi, madaniyati o‘zining yorqin ifodasini topadi va kishilarning diniy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy yutuqlari namoyish etiladi. Bu quvonchli kunlarda kishilar bir- birlarini tabriklaydilar, yaxshi niyatlar izhor etadilar, muvaffaqiyatlar tilaydilar.
Bayramlar ichida Navro‘z va Yangi yilni bolalar ham, kattalar ham intizorlik bilan kutadilar. Bu bayramlarga imkon qadar jiddiy tayyorgarlik ko‘riladi.
Bayramlar kishilar o‘rtasida mehr-muhabbat, oqibat, bir-biriga g‘amxo‘rlik, o‘zaro hurmat-e’tiborni kuchaytirishda muhim ahamiyatga egadir.
Lug‘at
udum – oбычай, обряд унаследованный от предков urf – oбычай, правило, обыкновение
muborak – благославенный
mehr-muhabbat – любовь, милосердие intizorlik – томительное ожидание
Tarjima mashqi
Гостеприимство
Гостеприимство – одна из характерных черт народа Узбекистана. Умение принять гостя ценится у узбеков выше богатства самого стола или достатка семьи. Не принять гостя – значит опозорить семью, род, махаллю, селение.
Уважаемых гостей хозяева встречают у ворот, здороваются. Здороваются за руку, как правило, только с мужчинами. Женщин принято приветствовать легким поклоном, прижав правую руку к сердцу.
Затем гостей приглашают в дом, сажают на самое почетное место за стол – дастархан. Глава семьи сам усаживает гостей, причем для самых уважаемых людей отводятся места вдали от входа.
Вначале на стол подают сладости, выпечку, сухофрукты и орешки, фрукты и овощи, затем идут закуски, и лишь в конце – обязательный плов или другое праздничное блюдо. Чай гостям разливает хозяин дома. Традиционным элементом гостеприимства здесь является малое количество наливаемого чая – чем почетнее гость, тем меньше в его чашке напитка.
Maqollarni yod oling
Mehmon kelar eshikdan, rizqi kelar teshikdan. Mehmon izzatda, mezbon xizmatda.
Supurilmagan uyga mehmon kelar.
Kelish izmi mehmonda, ketish izmi mezbonda. Uying keng bo‘lguncha, ko‘ngling keng bo‘lsin. Mehmonning ketishini so‘rama, kelishini so‘ra.
Grammatik ma’lumot. O‘zbek tilida so‘z yasalishi.
O‘zbek tilida so‘zlar bir necha usul bilan yasaladi:
Affiksatsiya usuli (morfologik, sintetik usul) mustaqil ma’noli morfemaga, so‘zning o‘zak-negiziga so‘z yasovchi qo‘shimchalarni (affikslarni) qo‘shish orqali yangi so‘z yasashdir. So‘zning o‘zak- negiziga yasovchi qo‘shimchalar qo‘shish bilan hosil bo‘lgan yangi so‘z yasama so‘z deyiladi. Ot, sifat, fe’l, ravish yasovchi qo‘shimchalar so‘z yasovchi hisoblanadi. Affiksatsiya so‘z yasashda unumli usuldur: chiroy+li – chiroyli; mulk+dor – mulkdor; qahramon+ona – qahramonona;
Gulchi, gulla, guldon so‘zlarining yasalish asosi bir xil. Bir asosdan hosil bo‘lgan so‘zlar so‘z yasalish uyasini tashkil etadi.
O‘zbek tilida so‘z yasalish jarayonida so‘z yasalish asosiga yasovchi qismning qo‘shilishi natijasida yasashga asos qismning tovush tarkibida ba’zan o‘zgarish ro‘y beradi. Ularni quyidagicha guruhlash mumkin:
- sust, past singari so‘zlarga –ay yasovchi vositasi qo‘shilganda yasashga asos qismda mavjud bo‘lgan oxirgi t undoshi tushib qoladi: susay, pasay;
- qizil, sariq kabi ikki bo‘g‘inli so‘zlardan -ar, -ay yasovchi vositalari yordamida yangi so‘z yasalganda, yasashga asos qism bo‘lgan qizilning
-il qismi va sariqning ikkinchi bo‘g‘inidagi i unlisi tushib qoladi:
qizil+ar–qizar, sariq+ay–sarg‘ay;
so‘ra, sayla, quvna, to‘qi, o‘qi kabi ikkinchi bo‘g‘ini a bilan tugagan so‘zlarga – k, -v yasovchi qo‘shimchalari qo‘shilganda yasashga asos qism oxiridagi a – o unlisiga, i unlisi u unlisiga aylanadi: so‘ra+q-so‘roq, sayla+v-saylov, quvna+q-quvnoq, to‘qi+v-to‘quv, o‘qi+v-oq‘uv;
o‘yin, qiyin kabi ikki bo‘g‘inli so‘zlarga -a yasovchi qo‘shimchasi qo‘shilganda, yasashga asos qismning ikkinchi bo‘ginidagi i unlisi tushib qoladi: o‘yin+a-o‘yna, qiyin+a-qiyna;
son, yosh, ong kabi so‘zlarga fe’l yasovchi – a yoki – la qo‘shimchasi qo‘shilganda, asos qismda tovushda o‘zgarishi ro‘y beradi: sana, yasha, angla.
Kompozitsiya usuli - so‘zlarni qo‘shish usuli. Bunda sintaktik usul orqali qo‘shma so‘zlar hosil qilinadi. Birdan ortiq mustaqil ma’noli morfemaning (mustaqil so‘zning) birikib, yaxlit bir lug‘aviy ma’noni
ifodalashi qo‘shma so‘z deyiladi: oqqush, btshiktervatar, atirgul, asalari, oshqozon, tomorqa, qizilishton, bo‘rikalla, karnaygul.
Semantik usul - so‘z ma’nosining o‘zgarishi asosida yangi so‘z hosil bo‘lishi: to‘garak-aylana, to‘garak-mashg‘ulot, uloq(hayvon) - uloq(sport turi), ko‘k(rang)- ko‘k(osmon), kun(sutkaning yarim qismi) – kun (quyosh).
O‘zbek tilida affiksal morfemalar o‘zak morfemadan keyin qo‘shilish xususiyatiga ega. Shu jihatdan, old qo‘shimchalar o‘zbek tili tabiatiga xos emas. O‘zbek tili asrlar davomida arab, fors-tojik hamda rus tillari bilan o‘zaro aloqada yashab keldi. Buning natijasida tilimizga o‘sha tillarga xos bo‘lgan grammatik qoidalar ham o‘zlashdi. Ba’zi bir hollarda so‘z yasovchi qo‘shimcha o‘zakka old tomondan kelib qo‘shilishi mumkun (noo‘rin). Tilimizdagi ser-(sersuv), no-(nomard), be-(begunoh), ba-(badavlat) kabi old qo‘shimchalar fors-tojik tiliga xos bo‘lib, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma‘rifiy omillar ta’sirida o‘zbek tiliga o‘zlashib ketgan.
Topshiriq. So‘z yasovchi qo‘shimchalar ishtirok etgan so‘zlarni ajratib yozing.
Gulla, boshla, savala, tortqila, bukla, gulchi, tovlamachi, yozishdi, supurgi, kuzgi, kuzatmoq, mehmonxona, sharshara, tushunmoq, anglamoq, quvnoq, kurak, terak, yumshoq, kundalik, issiq, qorin, tanlov, uyum, tilak, bayroq, oshxona, onamga, tushunmoq, kapalak, atirgul.
Topshiriq. Yasama fe’llarni toping, ularni asos va qo‘shimchalarga ajrating. Asosda sodir bo‘layotgan tovush o‘zgarishlarini belgilang.
Hovlining yarmigacha ariq tortib ekilgan qulupnay pushtalar orasida suv yaltiraydi. Ichkarida chaqaloq yig‘ladi. Beshikning g‘ichirlagani eshitildi. Bola xuddi shuni kutib turganday, battar yig‘lay boshladi. Shokarim uxladimi, yo‘qmi, bilolmadi. Bir mahal bola yig‘ladimi yo tashqarida shamolning guvillashi aralash dahshatli bir faryod qulog‘iga kirdimi, anglay olmay qoldi. (O‘. Hoshimov)
Topshiriq. “O‘zbek milliy taomlari” kalit so‘ziga klaster tuzing.
Qaysi so‘z ma’noli qismlarga ajratiladi?
a) pirpirak b) ko‘krak s) kapalak d) malak
Qaysi qatorda yasama so‘z berilgan?
a) bayroq b) qalpoq s) so‘roq d) saboq
O‘zak morfemaga to‘g‘ri ta’rif berilgan qatorni toping?
so‘zning tub, lug‘aviy ma’no anglatuvchi qismi
so‘zning grammatik ma’no anglatuvchi qismi
s) so‘zning ma’noli qismlari
d) a va b
Qaysi qatordagi so‘zda so‘z yasovchi qo‘shimcha mavjud?
a) yig‘ish b) suvsamoq s) sarg‘ish d) ko‘rsatmoq
I.A.Karimov o‘zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida milliy qadriyat sifatida nimalarni sanab o‘tadi?
milliy urf-odatlar, milliy qo‘shiqlar, milliy o‘yinlar
xalq dostonlari, qadimiy yodgorliklar, milliy urf - odatlar
s) xalq dostonlari, milliy o‘yinlar, milliy liboslar
d) milliy liboslar, milliy urf-odatlar, xalq dostonlari
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
Milliy qadriyat tushunchasi asosida nimalar yotadi?
O‘zbekistonda istiqlol davrida ma’naviy merosimizni tiklash borasida qilingan ishlar natijalarini tahlil qiling.
O‘zbek va rus xalqlarining milliy qadriyatlari o‘rtasida qanday o‘xshashliklar mavjud?
O‘zbek tilida so‘zlar qanday usullar bilan yasaladi?
So‘z yasalishida qaysi usul serunum hisoblanadi?
Uyga vazifa.“Bayram taassurotlari” mavzusida insho yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |