Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 0,55 Mb.
bet11/103
Sana26.07.2021
Hajmi0,55 Mb.
#129400
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   103
Bog'liq
O'zbek tili nashrga-конвертирован

Topshiriq. Matnni o‘qing, matndagi fikrlarga munosabatingizni bildiring, qo‘shimchalar qiling.

Topshiriq. Buyuk sohibqiron Amir Temur haqidagi hujjatli kadrlar asosida suratga olingan filmni tomosha qiling. Film yuzasidan fikrlaringizni bildiring.
Maqollarni yod oling

Ona yurting omon bo‘lsa, rangi ro‘ying somon bo‘lmas. Vatanning vayronasi, umrning g‘amxonasi.

Bulbul chamanni sevar, odam - Vatanni. Vatan gadosi - kafan gadosi.
She’rni yod oling

Men nechun sevaman O‘zbekistonni?

Men nechun sevaman O‘zbekistonni, Tuprog‘in ko‘zimga aylab to‘tiyo?

Nechun Vatan deya yeru osmonni, Muqaddas atayman, atayman tanho. Aslida, dunyoda tanho nima bor, Paxta o‘smaydimi o‘zga elda yo?

Yoki quyoshimi sevgimga sabab? Axir quyoshli-ku butun Osiyo.

Men nechun sevaman O‘zbekistonni? Bog‘larin jannat deb ko‘z-ko‘z etaman, Nechun ardoqlarkan tuprog‘ini man, O‘paman: “Tuprog‘ing bebaho, Vatan” Aslida tuproqni odil tabiat

Taqsim aylagan-ku yer yuziga teng. Nechun bu tuproq deb yig‘ladi Furqat,

O, Qashqar tuprog‘i, qashshoqmiding sen? Xo‘sh, nechun sevasan O‘zbekistonni, Sababini aytgin, desalar menga,

Shoirona, go‘zal so‘zlardan oldin

Men ta’zim qilaman ona xalqimga. (A. Oripov )

Tarjima mashqi

Самарканд – жемчужина Востока

Самарканд является одним из древнейших городов мира. За 2750 лет своего существования он испытал многое: бурный рост и стихийный упадок, расцвет науки и культуры, полное разрушение и постепенное возрождение. Его история насыщена событиями, также как истории Рима, Вавилона, Александрии и Константинополя.

Сегодня город с полумиллионным населением является администра тивным центром Самаркандской области. Но в сознании глобального сообщества Самарканд стал одним из памятников мировой истории, – в 2001 году город был включен в список Всемирного наследия ЮНЕСКО.

Город расположен на высоте 702 метра над уровнем моря. Климат здесь мягкий, относительно других регионов Узбекистана

– прохладный. А большое количество естественных источников воды, которое и послужило появлению города, создает комфортные условия жизни в жаркие летние дни.

Древняя Бухара

Возраст Бухары превышает 4000 лет. Возникновение города связано с различными легендами. В одной из легенд рассказывается, что сын царя Сиявуш прибыл в Бухару, женился на дочери царя Афрасиаба и построил там крепость Арк. В древности Бухара входила в состав одной из областей Средней Азии – Согда, где уже во времена Александра Македонского была развита градостроительная структура. Существуют различные версии происхождения названия города: по одной версии, слово «Бухара» означает «монастырь», по другой – «обитель знания». Недалеко от города располагалось античное поселение Варахша, известное своими настенными росписями, представлявшими сцены охоты на гепардов. Через Бухару пролегал Великий шёлковый путь. Здесь было более 60 каравансараев, где размещались купцы из Индии, Китая, Ирана и других стран. В древности Бухара и её округа была окружена большой оборонительной стеной.


Grammatik ma’lumot. Tilning leksik qatlami.

O‘zbek tili leksikasi bir qancha manbalar asosida boyib boradi.

Ularni, eng avvalo, ikki katta guruhga ajratish mumkin:


  1. o‘z ichki imkoniyatlari asosida;

  2. boshqa tillardan so‘z olish asosida.

Bular ichki manba va tashqi manba sanaladi. Boshqa tillardan so‘z olish natijasida o‘z qatlam va o‘zlashgan qatlam farqlanadi. O‘zbekcha, turkiycha so‘zlar o‘z qatlam, boshqa tildan olingan so‘zlar o‘zlashgan qatlam atamasi bilan yuritiladi.

O‘z qatlamga o‘zbek tiliga oid bo‘lgan, shuningdek, turkiy tillar uchun umumiy bo‘lgan so‘zlar kiradi.O‘zbek tili lug‘at tarkibining asosiy qismini turkiy tillar uchun umumiy bo‘lgan so‘zlar tashkil etadi: tosh, bosh, bola, qora, yaxshi, olti

O‘zbek tilining bevosita o‘ziniki bo‘lgan qatlam tilning ichki imkoniyatlari asosida hosil bo‘lgan so‘zlardan iborat:


    1. asli o‘zbekcha so‘zlarga shu tildagi so‘z yasovchi affikslar qo‘shilishi yordamida yasalgan so‘zlar: terimchi, boshla, birlashma;

    2. boshqa tildan o‘zlashgan so‘zlarga o‘zbekcha qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida hosil bo‘lgan so‘zlar:

  1. arabcha so‘zlardan: odillik, nurli;

  2. tojikcha so‘zlardan: mardlik, go‘shtli;

s) ruscha so‘zlardan: limonli, sportchi;

    1. boshqa tildan o‘zlashgan so‘zga o‘zlashgan qo‘shimchani qo‘shish natijasida hosil bo‘lgan va ichki imkoniyat asosida hosil qilingan so‘z hisoblanadi: kitobxon, doimiy, adabiyotshunos.

O‘z qatlam so‘zlari quyidagi xususiyatlarga ega:

  • turkiy so‘zlar omonim xarakterda bo‘ladi: soch-soch, tut-tut;

  • turkiy so‘zlarda tarixiy tovush o‘zgarishlari sezilib turadi: yig‘och- og‘och, jil-yil, jilon-yilon-ilon;

  • tana a’zolari nomlari, tub fe’llar, son, olmoshlar o‘z qatlamga mansub bo‘ladi.

Boshqa tillardan o‘zbek tiliga kirib o‘zlashib qolgan so‘zlarga olinma so‘zlar deyiladi. Masalan: radio, televizor, tramvay, kollej, sirk.

So‘zlar bir tildan ikkinchi tilga xalqlar o‘rtasidagi siyosiy, ijtimoiy, madaniy aloqalar natijasida o‘zlashadi. Arabcha, forscha - tojikcha, xitoycha, mo‘g‘ulcha, grekcha, ruscha so‘zlar o‘zlashgan qatlamni tashkil qiladi.

O‘zlashgan qatlam:


  1. v, z, l, g tovushlari bilan boshlanadigan so‘zlar o‘zlashgan so‘zlar hisoblanadi: lab, zar, gul, lola;

  2. f, h,’ (tutuq belgisi) ishtirok etgan so‘zlar o‘zlashgan qatlamga mansub: bahor, fikr;

  3. Bir bo‘g‘in takibida undoshlarning qator kelishi o‘zlashgan qatlamga xos: g‘isht, go‘sht.

  4. Qo‘sh, qator unlilar yonma - yon kelgan so‘zlar arab tilidan o‘zlashgan so‘zlardir: soat, muallim, inshoot.

  5. Unli bilan tugaydigan so‘zlar ko‘pincha fors - tojikcha so‘zlar hisoblanadi: dono, fazo, samo,mangu.

  6. -xo‘r, -noma, -do‘z, -xon, -noma, -shunos, -boz, -bon, -dor, no-, ser-

qo‘shimchalari fors-tojikchadir.

Topshiriq. Quyida berilgan matnni o‘qing. O‘z va o‘zlashgan qatlam so‘zlarini ajrating, qaysi tilga oidligini ayting.

Qadimiy yodgorliklarga bo‘lgan qiziqish ko‘hna o‘tmishga nisbatan shunchaki havas yoki ermak emas, balki, bu har birimizdagi oddiy insoniy tuyg‘u –Vatanga mehr tuyg‘usi bilan izohlanadi. Biz qadimiy obidalarni birinchi navbatda inson dahosi xalq tafakkuri qudratining namunasi sifatida qabul qilamiz. Olis asrlar qaʼridan bizgacha yetib kelgan har bir mo‘jiza – xoh meʼmorchilik, xoh musiqa, xoh adabiyot namunasi bo‘lsin, barchasini inson dili va inson qo‘li yaratgan. Shu sababdan ham ular xalq hayoti va ijodining ko‘zdan yashirin botiniy qatlamlarini ochib beruvchi tarixiy shahodatnomalardir.


Topshiriq. Eskirgan so‘zlarni aniqlab, ularga izoh bering, qaysi qatlamga oidligini ayting.

Amir Temur katta olimlarni, xususan, fiqhshunoslar, muhaddislar, muarrixlar, faylasuflar, munajjimlar, shuaro va musiqashunoslar, tabiblarni xush ko‘rardi. Uning saroyiga ana shu ilmlarning juda ko‘p namoyandalari to‘plangan edi. Tarix kitoblari tufayli ko‘plarining nomi saqlanib qolgan. (B. Ahmedov)




    • Test topshiriqlari

  1. ”Sarq durdonasi” deb e’tirof etilgan shahar qaysi javobda berilgan?

a) Toshkent b) Buxoro s) Samarqand d) Xiva

  1. Samarqand shahri qachon YUNESKOning ro‘yxatiga kirdi? a) 2001-yil b) 2002-yil s) 2006-yil d) 2008-yil

  2. ”Men nechun sevaman O‘zbekistonni?” she’rida shoirning Vataniga bo‘lgan muhabbati sababi nimada ekan?

a) tuprog‘ida b) paxtasida s) boyliklarida d) xalqida

  1. Qator undoshlarning kelishi qaysi tildan o‘zlashgan so‘zlarda uchraydi?

a) arab tilidan b) fors tilidan s) turk tilidan d) rus tilidan

  1. Maorif, muallim, muammo, saodat so‘zlari qaysi tildan o‘zlashgan?

a) arab tilidan b) fors tilidan s) turk tilidan d) rus tilidan
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

  1. O‘zbekistonda istiqlol davrida ma’naviy merosimizni tiklash borasida qanday ishlar qilindi?

  2. Buyuk sohibqiron Amir Temur shaxsini o‘rgangan olimlardan kimlarni bilasiz?

  3. O‘zbekistonning qadimiy shaharlarini ziyorat qilganmisiz? Taassurotlaringiz haqida so‘zlab bering.

  4. O‘z va o‘zlashgan qatlamning o‘ziga xos jihatlari haqida gapiring.

  5. O‘zbek tiliga boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlarga misollar keltiring.


Uyga vazifa. “Qadimiy shaharlarga ziyorat” mavzusida dialog tuzing.

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish