Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 0,55 Mb.
bet13/103
Sana26.07.2021
Hajmi0,55 Mb.
#129400
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   103
Bog'liq
O'zbek tili nashrga-конвертирован

6 – mavzu. Vatan va vatanparvarlik

Yolg‘izlik –odamzod nasliga balo,

Yolg‘izlikda dard ham ozaymas aslo.

O‘qish uchun material

Agar biz ahil bo‘lsak, el-yurt manfaati yo‘lida bir tanu bir jon bo‘lib yashasak, o‘zimizdan sotqin chiqmasa,

o‘zbek xalqini hech kim hech qachon yenga olmaydi”.

Islom Karimov

Vatan tuyg‘usi

Tinchlik qaror topgan yurtda xotirjamlik hukm suradi, jamiyatda har tomonlama yuksalish va rivojlanish ro‘y beradi. Odamlarning o‘zaro bir- birlariga bo‘lgan ishonch va sadoqatlari, mehr-muruvvatlarining samimiy bo‘lishi ham asosan yurt tinchligining samarasidir. Yurtimizdagi xotirjamlik va barqarorlik tufayli xonadonlarda to‘yu tomoshalar, bayramu shodiyonalar bir-biriga ulanib ketmoqda. Bu ne’matlarga chin ma’noda shukrona qilish va ularning qadriga yetish kerak.

Agar notinchlik hukm surayotgan yurtlarga nazar tashlasak, yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikka ming bora shukur qilamiz. Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda 600 ga yaqin terrorchi tashkilotlar mavjud bo‘lib, ularning ko‘pchiligi islom niqobi ostida faoliyat olib bormoqda.

Aslida mazkur terrorchilik harakatlarining islom diniga hech qanday aloqasi yo‘q. Chunki tinchlik, insonparvarlik va rahm-shafqat dini bo‘lgan islom hech qachon zo‘ravonlikni, birovlar joniga qasd qilishni, adolatsizlikni targ‘ib qilmaydi.

Islom dini kishilarni tinchlikni asrash va barqarorlikni ta’minlash yo‘lida iymon, insof, adolat, hamjihatlik va birdamlik bilan harakat qilishga, fitna va o‘zaro adovatga barham berishga chaqiradi. Bu bejiz emas, albatta. Zero, vatanparvarlik islom dinining mohiyatini tashkil etadi.

“Vatanparvar – o‘z vatani kamoloti yo‘lida, o‘z xalqiga muhabbati tufayli moli, kuch-g‘ayrati tugul, jonini ham ayamaydigan, xalqi va vatanining ozodligi, farovonligi uchun borini fido qiluvchi insondir”,– degan ekan mutafakkirlardan biri.

Vatanni sevish, vatanparvar bo‘lish, undagi bor narsalarni ardoqlab, sog‘inib yashash insoniyat tabiatida mavjud bo‘lgan nozik his- tuyg‘udir.

Vatan himoyasi barchamizning muqaddas burchimiz!

Suhbat matni

Shiroq


O‘rta Osiyo xalqlari qadim zamonlardan o‘zlari tug‘ilib o‘sgan yurtni tashqi dushmanlardan mardonavor himoya qilganlar. Bu janglarda qo‘shni qabilalar: skiflar, massagetlar, so‘g‘dlar, saklarning qo‘rqmas yigitlari mardlik va jasorat ko‘rsatganlar. Tarixda ba’zan bir kishining butun qo‘shinga bas kelgan hollari ham bo‘lgan. Bunga oddiy cho‘pon yigit Shiroqning ko‘rsatgan qahramonligi misoldir. Shiroq o‘z podshohi huzuriga kelib, Eron qo‘shinini bir o‘zi hiyla bilan halok etishini aytadi. Buning evaziga o‘zining oilasi, bolalari, avlodiga g‘amxo‘rlik qilishlari to‘g‘risida va’dalarini oladi...

Shiroq o‘zining quloq, burunlarini kesib, butun a’zoyi badaniga ozor yetkazadi. O‘zini rosa qiynab, azoblangan holatga keltirgach, Eron qo‘shinlari joylashgan tomonga ketadi. Hamma yog‘i qonga belangan Shiroq Eron shohi Doroga arz qilib, uni qabiladoshlari shunday ahvolga solganliklarini aytadi. U saklardan o‘ch olish maqsadida Doro qo‘shinini saklar yashiringan joyga boshlab borishga ahd qilganligini ma’lum qiladi. Unga ishongan Doro qo‘shini bir haftalik oziq-ovqat, suv olib yo‘lga tushadi. Uzoq yo‘l yurilgach, Doro qo‘shinining oziq-ovqatlari, suv va otlarga beradigan yemishlari tugaydi. Atrof esa suvsiz quruq, qum va hech narsa o‘smagan sahro edi.

Shunday qilib, cho‘pon Shiroqning bir o‘zi vatandoshlarini saqlab qoladi va bosqinchi Eron qo‘shinining ochlik, suvsizlikdan qirilib ketishiga sababchi bo‘ladi.
Tarjima mashqi

Mardlik


Mardlik – bu insonning oliy fazilati bo‘lib, unda botirlik, qahramonlik, sadoqat, vafo mujassamdir. Mardlik fazilatiga ega bo‘lgan insonlar har qanday vaziyatda ham odamlar uchun jonini berishdan toymaydilar. Ular vafoli va sadoqatli bo‘ladilar. Odamlarga hamkorlik qiladilar.

Mard kishi bir so‘zli, jasoratli, o‘ktam bo‘ladi. O‘z orzu- niyatlarini amalga oshirishda faqat iqtidoriga, bilim, kuch-g‘ayratiga ishonadi. Mard kishi o‘z obro‘- e’tiborini, nomini va sha’nini hamisha ulug‘ qo‘yadi.

Mard kishi yurtning qalqoni va xalqning suyanchig‘i bo‘ladi. O‘g‘il-qizlarini voyaga yetkazadi, ularning o‘zi yetolmagan armonlari, amalga oshmagan ishlarini ro‘yobga chiqarishini orzu qiladi.

Mardlik kishi burchida, vijdonida, qadr-qimmatida, farzand tarbiyasida, insonparvarlikda, sevgi-sadoqatda, yaxshi ishlarda namoyon bo‘ladi.


Berilgan so‘z va iboralarning ma’nosini bilib oling


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish