Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 0,55 Mb.
bet16/103
Sana26.07.2021
Hajmi0,55 Mb.
#129400
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   103
Bog'liq
O'zbek tili nashrga-конвертирован

Topshiriq. Toshkentning mashhur muzeylaridan biriga tashrif buyuring va taassurotlaringizni yozma bayon qiling.
Grammatik ma’lumot. Sohaviy terminlar va ularning qo‘llanishi Har bir sohada o‘zining ishlatilishi doirasiga ko‘ra cheklangan,

asosan, birgina tushunchani ifodalaydigan so‘zlar bo‘ladi. Bunday

so‘zlar, xususan fan-texnika, san’at, siyosat, til va adabiyot, tibbiyot kabi turli sohalarda uchraydi.

Masalan, tibbiyot sohasida operatsiya, tanometr, termometr; tilshunoslikda fonema, morfologiya, kesim, kelishik; musiqa san’atida maqom, kuy, gamma, major va h.k.

Terminologiya umumxalq tilining leksikasi negizida vujudga keladi, boyiydi. Ma’lum bir soha yoki fan yuqori darajada taraqqiy etgandagina o‘sha tilda maxsus terminlar vujudga keladi.

Terminologiyasi ma’lum darajada barqarorlashgan barcha tillarda terminlar tartibga solib turiladi. Tartibga solish ma’lum terminologik me’yorlar asosida amalga oshiriladi. Terminologiya rivojida fan sohalariga oid maxsus lug‘atlarni nashr qilib turish ham muhim ahamiyatga ega.


Topshiriq. O‘z sohangizga oid terminlarni yozing va ularning ma’nosini izohlang.
Topshiriq. Quyidagi so‘z va so‘z birikmalaridan gap tuzing va rus tiliga tarjima qiling.

Hamkorlik, noshirlik ishlari, ko‘rgazma, xalqaro tashkilotlar, planetariy, eksponatlar, ko‘rgazmalar, o‘tmish va kelajak.


Topshiriq.Berilgan matndagi sohaviy terminlarga xos so‘zlarni aniqlang.

Istalgan qo‘shiluvchining, tengsizlikning bir qismidan ikkinchi qismiga shu qo‘shiluvchining ishorasini qarama-qarshiga almashtirgan holda ko‘chiriladi.

Agar tengsizlikning ikkala qismi ayni bir musbat songa ko‘paytirilsa, u holda tengsizlik ishorasi o‘zgarmaydi. Agar tengsizlikning ikkala qismi ayni bir manfiy songa ko‘paytirilsa, u holda tengsizlik ishorasi qarama-qarshisiga o‘zgaradi.


    • Test topshiriqlari

  1. Sistem xarakterga egalik, bir ma’nolilikka moyillik, his-tuyg‘uni ifodalamaslik qanday so‘zlarga xos?

a) parafrazalarga b) polisemantik so‘zlar

s) monosemantik so‘zlarga d) terminlarga



  1. Atama so‘zi qanday so‘zlarga nisbatan qo‘llanadi?

a) geografik obyektlar, atoqli nomlarga b) tarixiy mavzudagi so‘zlarga

s) so‘zlashuv uslubiga xos so‘zlarga d) badiiy uslubga xos so‘zlarga



  1. Toshkentda nechta muzey mavjud?

a) 29 ta b)39 ta s) 16 ta d) 33 ta 4.O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning ”Muzeylar faoliyatini takomillashtirish va tubdan yangilash” haqidagi qarori qachon qabul qilindi?

a) 1993-yilda b) 1999-yilda s) 1991-yilda d) 1992-yilda

5. Shahrimizdagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi qachon ochilgan?

a) 2002-yil 31-avgustda b) 2005-yil 9-mayda

s) 1996-yil 1-mayda d) 1991-yil 31-avgustda
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:


  1. O‘tmish, kelajak, tarix, ma’naviy meros tushunchalarining ma’nosini izohlab bera olаsizmi?

  2. Turli soha muzeylarini birlashtirib turuvchi jihatlari nimalardan iborat?

  3. Millatning ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotida muzeylarning roli qanday?

  4. Sohaviy terminlarning o‘ziga xos tomonlarini sanab bering.

  5. Davlatimiz tomonidan muzeylar faoliyatini takomillashtirish borasida qanday qaror qabul qilingan?


Uyga vazifa. “Muzey taassurotlari” mavzusida insho yozing.


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish