mardlik, botirlik, sadoqat, vafo, hamkorlik, vijdon, qadr-qimmat, insonparvarlik, mehnatsevarlik
Topshiriq. Jadvalni namunadagidek davom ettiring. “Qаhrаmоn” so‘zigа tuzilgаn kаtеgоriyali jаdvаl
Shахs tushunchа
-lаri
|
O‘rin-jоy tushunchаlаr
i
|
Mаvhum tushunchаlа
r
|
Fаzilаt-хislаt tushunchalar
i
|
Hаrаkаt- hоlаt
tushunchalari
|
аskаr аjdоd хаlq fаrzаnd
|
jаng mаydоni Vаtаn Yurt
|
аbаdiy аyriliq vijdоn ibrаt
|
jasоrаtli jоnkuyar zаbаrdаst bоtir
|
аrdоqlаsh bаg‘ishlаmо q
himоya qilmоq
|
Maqollarni o‘qing va ularning ma’nosini izohlang
Uyiga sig‘magan eliga sig‘mas. Podsho zolim bo‘lsa, yurt to‘zar, Podsho odil bo‘lsa, yurt o‘zar.
Vatan gadosi — kafan gadosi.
Vatanning vayronasi, Umrning g‘amxonasi. Xalqqa suyansang, to‘lasan, Xalqdan chiqsang, so‘lasan.
Grammatik ma’lumot. Ijtimoiy-siyosiy leksika.
Ijtimoiy–siyosiy leksika ijtimoiy hayotimizning barcha tomonlarini qamrab olib, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni yoritishga xizmat qiladi. Taraqqiyot, siyosat, jamiyat, nizo, mustaqillik, demokratiya, shaxs kabi ko‘plab so‘zlar ijtimoiy-siyosiy leksikani tashkil etadi. Bunday leksika o‘zlashgan so‘zlarni o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy-siyosiy leksika asosan, ommabop uslubdagi matnlarda uchraydi. Ommabop uslub - matbuot, radio, televideniyega xos bo‘lgan tildir. Bu uslub rasmiy va dolzarb xabarlar, axborotlar, e’lonlar, reportaj, bosh maqolalardan iborat bo‘ladi. Ularda fikr kichik hajmdagi ommabop jumlalar orqali ifodalanadi. Har bir xabarga ta’sirli, xabarning asosiy mohiyatini ifodalovchi sarlavhalar qo‘yiladi-ki, bu hol o‘quvchining diqqatini jalb qiladi.
Ommabop uslub kundalik ijtimoiy hayot ko‘zgusidir. Ommabop uslubni shakllantiruvchi vositalar ijtimoiy-siyosiy atama va birikmalardan iborat bo‘ladi: fuqarolik burchi, iqtisodiy tejamkorlik, siyosiy vaziyat, siyosiy va ijtimoiy kuchlar, iqtisodiy vaziyat, hukumat tangligi va b.
Topshiriq. Quyidagi ijtimoiy-siyosiy leksikaga xos atamalardan gaplar tuzing
Fuqarolik burchi, iqtisodiy tejamkorlik, siyosiy vaziyat, siyosiy va ijtimoiy kuchlar, hukumat tangligi.
Topshiriq. Matndagi ijtimoiy-siyosiy leksikaga oid so‘zlarni ajratib oling va tahlil qiling.
Respublika baynalmilal madaniyat markazi
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 13-yanvardagi qaroriga binoan mamlakatimizda Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil etildi. 1992-yili O‘zbekistonda turli millat va elatlarning 10 ta milliy madaniy markazi faoliyat yuritgan bo‘lsa, bugun ular 137 taga yetdi. “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida 2017-yil 24-yanvar kuni Respublika baynalmilal madaniyat markazining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Tadbirga milliy madaniy markazlar rahbarlari va faollari, parlament va hukumat a’zolari, davlat va jamoat tashkilotlari, O‘zbekistonda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev milliy madaniy markazlar faollariga Vatanimizning yuksak mukofotlarini topshirdi. Respublika baynalmilal madaniyat markazining
25 yilligiga bag‘ishlangan katta bayram dasturida san’at ustalari va milliy madaniy markazlar badiiy jamoalari ijrosida Vatan, istiqlol, tinchlik, do‘stlik va hamjihatlikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi.
Ijtimoiy-siyosiy leksika asosan qanday so‘zlarni o‘z ichiga oladi?
a) sof turkiy so‘zlarni b) o‘zlashgan so‘zlarni
s) tarixiy so‘zlarni d) neologizmlarni
Ijtimoiy-siyosiy atama va birikmalar qaysi uslubni shakllantiruvchi vositalar hisoblanadi?
a) badiiy uslubni b) ilmiy uslubni
s) ommabop uslubni d) rasmiy-idoraviy uslubni
Ijtimoiy-siyosiy leksikaga xos so‘zlarni toping?
a) badiiy, ilmiy, ommaviy b) go‘zallik, tabassum, muhabbat
s) tovush, fonema, allofon d) siyosat, jamiyat, mafkura
“O‘zbekiston Qahramoni” unvoni qachon ta’sis etilgan?
a) 1994 –yil b) 1995 – yil s) 1996 – yil d) 2001 – yil
“O‘zbekiston Qahramoni” unvoniga birinchi bo‘lib sazovor bo‘lgan shoir kim?
a) Erkin Vohidov b) Muhammad Yusuf
s) Ozod Sharafiddinov d) Abdulla Oripov
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
Vatanparvar inson qanday bo‘lishi kerak?
Siz o‘zingizni vatanparvar deb hisoblaysizmi?
O‘zbek milliy qahramonlaridan yana kimlarni bilasiz?
Vatan sarhadlari himoyasi deganda nimani tushunasiz?
Ijtimoiy-siyosiy leksikaga oid so‘zlardan ko‘proq qaysi uslubda foydalaniladi?
Uyga vazifa. “Vatan sarhadlari himoyasi” mavzusida insho yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |