Mavzu: O‘quvchi shaxsi tarbiyaning ob‘ekti va sub’ekti sifatida
Reja
1.Shaxs tushunchasi. Shaxs rivojlanishi.
2.Shaxsni shakllantirishga ta’sir etuvchi omillar.
3.Shaxsni rivojining yosh davrlari.
1-topshiriq. Muhokama uchun savol: Shaxsni shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarga 100% ballni qanday taqsimlaysiz va nima uchun? Javobingizni dalillar asosida isbotlang.
Biologik omil (Irsiyat)
|
Iltimoiy omil (Muhit)
|
Tarbiya
| 2-topshiriq. Tugallanmagan gaplar metodikasi Quyida keltirilgan jumlalarni o’qing va jumlaga mos keladigan bir so’z bilan ifodalanadigan javobni toping. 1) o’zi istamagan holda birovga yomonlik qilib qo’ysa ham, mazkur ishidan afsuslanadi, vijdon azobida qiynaladi – ... individlar ichida bir tur – ... jamiyatda o’z o’rniga ega, ijtimoiy ahamiyatga ega maqsad yo’lida bir yoki bir nechta kishini o’z orqasidan ergashtira oladi – ...
3-topshiriq. “Tushunchalar ierarxiyasi” metodikasi
Quyida keltirilgan atamalar ierarxiyasiga e’tibor qarating va ularning joylashish tartibiga o’z munosabatingizni bildiring. Har bir atamaga izoh bering.
1) o’sish;
2) rivojlanish;
3) shakllanish;
4) tarbiya;
5) o’z-o’zini tarbiyalash;
6) o’z-o’zini takomillashtirish.
- 4-topshiriq. Shaxsning rivojlanishiga doir yondashuvlar
- Quyidagi fikrlar bilan tanishing, ularda shaxs rivoji masalasi qaysi nuqtai nazardan o’rganilayotganligini tushuntiring.
- 1) inson tabiiy mavjudot bo’lib, uning butun xatti-harakatlari tug’ma instinkt va ehtiyojlar natijasidir. Inson jamiyat talablariga bo’ysunishga majbur, shu bilan birga tabiiy ehtiyojlarini ham namoyon qilib boradi;
- 2) inson biologik mavjudot sifatida tug’iladi, faqat hayotiy faoliyati davomida boshqalar bilan doimiy muloqot va ijtimoiy guruhlarning ta’siri ostida ijtimoiylashadi;
- 3) insondagi psixik jarayonlar (sezgi, idrok, fikrlash kabilar) tabiiy tavsifga ega, insonning yo’nalganligi – qiziqishlari, qobiliyatlari ijtimoiy hodisa sanaladi;
- 4) shaxs yaxlit tavsifga ega bo’lib, uning rivojiga nafaqat uning faoliyatidagi o’ziga xosliklar, balki turmush tarzi ham ta’sir ko’rsatadi. Shu bilan birga ijtimoiy hayot natijalari – motiv, maqsad, qiziqish kabilar ham uning rivojlanishida muhim rol o’ynaydi.
-
- 5-topshiriq. “Shaxsni shakllantirishning yosh davrlari” mavzusidagi toifalash jadvali
Maktabgacha ta’lim yosh davri
|
Kichik maktab yoshi
|
O’rta maktab yoshi (o’smirlar)
|
Katta maktab yosh davri (o’spirinlar)
|
|
|
|
|
Mustaqil ta’lim uchun topshiriqlar:
Mavzu: Didaktika ta’lim nazariyasi sifatida
1.Pedagogikaga oid o‘quv adabiyotlaridan “Didaktik tizimlar” mavzusini konspekt qilish.
2. Savollarga javob bering. “Didaktika” tushunchasi qanday ma’noni anglatadi? Didaktikaning predmeti, ob’ekti va vazifalari nimalardan iborat? Didaktikaning asosiy kategoriyalari qaysilar? Zamonaviy didaktik tizimning o‘ziga xos belgilari nimalardan iborat? Ta’lim jarayoni nima? Bilimlarni egallash bosqichlari nimalardan iborat? “Ta’lim tamoyili” deganda nimani tushunasiz?
Adabiyotlar: Slastenin V.A., Isaev I.F. pedagogika. – M.: Akademiya, 2005; pedagogika.
Pedagogika nazariyasi va amaliyoti. B.X.Xodjaev.-Toshkent, “Sano-standart” nashriyoti, 2017.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Pedagogika. X.Ibragimov, Sh.Abdullaeva. –Toshkent, 2007.
2. Pedagogika nazariyasi va tarixi. R.Mavlonova va boshqalar. –Toshkent, fan va texnologiya. 2010.
3. Pedagogika. Toxtaxodjaeva M.X. va boshqalar. – Toshkent, O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2010.
4. Pedagogika nazariyasi va amaliyoti. B.X.Xodjaev.-Toshkent, “Sano-standart” nashriyoti, 2017.
5.Djuraev R.X. va boshq. Pedagogik atamalar lug‘ati. –Toshkent, Fan, 2008.
6.Pedagogikadan amaliy mashqlar va masalalar /O‘quv qo‘llanma. O‘.Asqarova. –Toshkent, Istiqlol, 2005.
7.Pedagogik entsiklopediya. I va II jild. “O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. -Toshkent, 2012.
8.TEACHING AND LEARNING Pedagogy, Curriculum and Culture by Alex Moore 2012.
MASHG’ULOTDAGI ISHTIROKINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |