Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 0,55 Mb.
bet56/103
Sana26.07.2021
Hajmi0,55 Mb.
#129400
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   103
Bog'liq
O'zbek tili nashrga-конвертирован

Topshiriq. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar tuzing

Berilgan so‘z va iboralarning ma’nosini bilib oling



xalifa, riyoziyot, tibbiyot, ilmi-nujum, joʻgʻrofiya, frazeologik birliklar, keng qamrovli, izohli lug‘at, etimologik lug‘at
Diqqatingizni jamlang!

Sharq tafakkuri xazinasidan Yerimiz, suvimiz, farzandimiz deb,

Xotin, bola—chaqa, dilbandimiz deb, Birma—bir jonimiz etamiz fido, Vatanni dushmanga bermaymiz aslo.

Abulqosim Firdavsiy Dunyoning tilagi, samari ham biz,

Aql ko‘zin qorasi — javhari ham biz. To‘garak jahonni uzuk deb bilsak, Shaksiz uning ko‘zi – gavhari ham biz.

Umar Xayyom Dushmanning ko‘rsatgan yo‘liga yurma, So‘ng pushaymon bo‘lib, tizzangga urma.

Senga o‘qdek to‘g‘ri yo‘1 ko‘rsatgan on, Sen undan burilib, yurgil chap tomon.

Sa’diy Sheroziy Mol, amal agarchi jonga yaqinroq,

So‘z kamoli undan ming bor yaxshiroq. Barchasi jahondan yo‘qolajakdir, Dunyo turgunicha so‘z qolajakdir.

Abdurahmon Jomiy


Suhbat matni

Ilm fidoyilari Shavkat Rahmatullayev

Shavkat Rahmatullayev o‘zbek tilshunosligida katta salmoqqa ega bo‘lgan, keng qamrovli sermahsul olim, filologiya fanlari doktori (1966), professor (1967). U 1926- yilda Toshkentda tug‘ildi. 1943-1947- yillarda hozirgi O‘zMU (sobiq ToshDU)ning filologiya fakultetida o‘qidi. 1952-yilda professor M.Nasilov rahbarligida «Obrazli fe’l frazeologik birliklarning asosiy grammatik xususiyatlari» mavzusida nomzodlik, 1966-yilda «O‘zbek frazeologiyasining ba’zi masalalari» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi.

Sh.Rahmatullayev o‘zbek frazeologiyasining sardoridir. U ayni sohaga oid qator asarlari bilan ushbu yo‘nalishning ilmiy - nazariy va amaliy poydevorini qurib berdi, uni yuksaltirdi, shakllantirdi. Keng qamrovli olim o‘zbek ilmiy tilshunosligining qator yo‘nalishlari: leksikologiya, frazeologiya, semasiologiya, morfologiya, leksikografiya, etimologiya va boshqalar bo‘yicha jiddiy tadqiqotlar yaratdi. Olim frazeologiya bo‘yicha nafaqat o‘zbek tilshunosligida, balki turkiy tilshunoslikda ham yetakchi mutaxassislardan hisoblanadi. Shuningdek, u o‘zbek tilshunosligida yirik leksikograf sifatida ham tan olingan bo‘lib, ayniqsa, eng murakkab va mashaqqatli bo‘lgan izohli lug‘atlar yaratishda peshqadam hisoblanadi. Olimning katta xizmatlaridan yana biri shuki, u o‘zbek tilshunosligida ilk bor tilimizdagi turkiy so‘zlarni qamrab olgan etimologik lug‘at yaratdi.


Topshiriq. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar tuzing.
Topshiriq. Ilm haqidagi hikmatlarni yod oling. Nodonga ilm o‘rgatmoq umrni zoye o‘tkazmoqdir. Ilmsiz inson — mevasiz daraxt.

Bilim baxt keltirar.

Qog‘ozga tushirilmagan ilm unutilib ketadi.
Topshiriq . So‘zlarni imlo qoidalariga rioya qilib yozing (lug‘at diktanti).

Mavsum, mavhum, madad, majlis, mard, mangu, maosh, masofa, miya, mahrum, marhum, mas’ul, matbuot, ma’rifat, maqbul, ma’qul, maqol, maqom, mayiz, mag‘iz, mahkam, mahkum, moda, modda, muzokara, munozara, manba, minbar.


Tarjima mashqi

Хива


Хива – древнейший город Средней Азии. Она была одним из её самых богатых торговых центров. В конце XVI века Хива стала столицей ханства и превратилась в жемчужину градостроительства. Стройные башни, цветные минареты, величественные мавзолеи, неповторимая красота узоров создавали впечатление удивительного города из восточной сказки. Город состоял из двух частей: Ичан-кала – внутренний город и Дишан-кала – внешний город.

Grammatik ma’lumot. Referat matni, uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari.

Rеfеrаt – ilmiy uslubga xos bo‘lgan matn. U oldindan tayyor matn asosida yaratiladi. Referat yozishdan maqsad – manba sifatida o‘rganilayotgan matnning mazmunini qisqacha bayon qilishdir.

Referatda quyidagi savollarga javob beriladi:

Nima haqida? Kimga va nima qiziqarli? Nima uchun bu fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi?

Referat so‘zi lotincha “referre” negizidan olingan bo‘lib, to‘g‘ridan- to‘g‘ri tarjima qilinganda “bildirish, xabar berish” degan ma’nolarni anglatadi. Referat qismlarining tuzilishi va uning ustida ishlash bosqichlari: odatiy tartibga ko‘ra referat ustida ishlashning boshlang‘ich qismini tanlangan mavzuning izohi ochib berishi lozim. Unda mavzuning dolzarbligi, ushbu mavzu yuzasidan hozirgacha fanga ma’lum bo‘lgan va o‘z tasdiqini topgan faktlar, natijalar; olimlarning uni o‘rganish ustida olib borgan ishlari; adabiy manbalardan keltirilgan misollar, foydalanilgan materiallar; o‘rganilayotgan mavzuning amaliy yoki ilmiy tasdiqini topgan masalalari o‘z aksini topadi.

Referat quyidagi bo‘limlaridan tashkil topadi:


    1. Titul varag‘i.

    2. Reja.

    3. Kirish qismi.

    4. Asosiy qism.

    5. Xulosa.

    6. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

Referatni tuzishda ma’lum qonun-qoidalarga amal qilinadi:

  1. Referat A-4 standart formatdagi oq qog‘ozga yoziladi va matn uning faqat bir tomonini egallaydi.

  2. Titul varag‘i – ishning mavzusi, muallif va ilmiy rahbarning ism- sharifi hamda o‘quv muasasasining to‘liq nomini o‘zida aks ettirishi shart.

  3. Referatda foydalanilgan manbalarning nomi aniq ko‘rsatilishi lozim.

  4. Bibliografiya odatda doimiy tartibda (ko‘pincha alifbo tartibida) bo‘ladi.

  5. Referatga kiritilgan barcha qo‘shimchalar – grafik, chizma va rasmlar – qora pastada chizilishi shart.

  6. Referatning umumiy hajmi 25 varaqdan oshmasligi lozim.

  • Test topshiriqlari

  1. O‘rta Osiyo tarixida birinchi akademiya qachon va qayerda tashkil topdi?

a)1002-1003- yy. Xorazmda b)1004-1005-yy. Xorazmda s)1006-1007-yy. Buxoroda d)1007-1008-yy. Samarqandda

  1. O‘rta Osiyo tarixidagi birinchi akademiyaning tashkil etilishida qaysi sulola muhim ahamiyatga ega?

a) Ahmoniylar b) Temuriylar s) Ma’muniylar

d) Saljuqiylar



  1. Maʼmun Akademiyaning 1000 yilligi qachon nishonlandi?

a) 2006-y. b)2005-y. s) 2006-y. d) 2007-y.

  1. Az-Zamaxshariyning arab tili morfologiyasi va sintaksisiga oid asari berilgan javobni toping?

a) “O‘zbek frazeologiyasining ba’zi masalalari” b) “Muqaddimat ul-adab” s) “Muhokamat ul-lug‘atayn” d) “Al-Mufassal”

  1. Referat so‘zi qanday ma’noni anglatadi?

a) qisqacha izoh b) bildirish, xabar berish s) ilmiy tushunchalar

  1. izohlash


Uyga vazifa. Maʼmun Akademiyasi faoliyati to‘g‘risida referat tayyorlang.

    1. Download 0,55 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish