Agar qilgan esang o‘zing ezgulik, Evazi keladi senga mangulik .
O‘qish uchun material
Dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktab bo‘lsa,kasblarning ichida eng sharaflisi o‘qituvchilik va
murabbiylikdir.
Karimov
Kasb bayrami
Barcha sohalarning ustalari, mutaxassislari bir kasb egalari mehnati bilan shakllanadi. Har birimizga kimdir harf o‘rgatib, savodimizni chiqargan. Bugun kim, qayerda, qanday vazifada ishlamasin, qachondir maktabda o‘qigan, ustozlar tarbiyasini olgan. Ilk bor maktabga borgan kunni, qo‘liga qalam berib, yozishni, o‘qishni o‘rgatgan o‘qituvchisini eslamaydigan odam topilmasa kerak.
Ustoz har bir o‘quvchining qalbiga yo‘l topadi, farzandidek yuragiga yaqin oladi. Ustoz o‘z kasbiga qalb qo‘ri bilan kirishmasa, murabbiylik yo‘lida hech qanday yutuqlarga erisha olmaydi. Axir o‘qishni, yozishni bilmaydigan murg‘akkina bolaga bir harfni o‘rgatish oson bo‘lmasa kerak. Umrini shu sohaga bag‘ishlagan o‘qituvchilar hamma joyda bir xil - oddiy va kamtar. U kasbidan zerikmaydi. Aksincha, yillar o‘tgani sayin ko‘ngli ham boladek beg‘ubor bo‘lib boraveradi.
Ustoz va murabbiylar kuni
Ustoz! Shu birgina so‘z zaminida olam-olam ma’no va hurmat mujassam. O‘qituvchi - sofdil, kamtarin, ma’naviy boy, ahloqan pok insondir. Ularning poyiga guldastalar sochsak, doimo hurmatlarini ado etib, ardoqlasak arziydi. Chunki ustozlar butun kuchlarini, aql- idroklarini, bilim va zehnlarini, qalb qo‘ri-yu sehrlarini shogirdlariga baxshida etgan zahmatkashlardir. Ular bizlarga oq-qorani, yaxshi-yu yomonni tanitib, qo‘llarimizga ilk bor qalam tutqazib, “Ota", "Ona", "Vatan", "Ezgulik", "Baxt", "Saodat" kabi so‘zlarni yozishga o‘rgatgan buyuk zotlardir. Donolarning aytishicha, elni ma’rifat asraydi. U elni taraqqiy ettirib, ezgu niyati, orzu-umidiga yetkazadi. Demak, ustozlarning zimmasida kelajagi buyuk davlat uchun komil, har tomonlama barkamol, ma’naviy va axloqiy pok vatanparvar, mehnatsevar insonlarni yetkazib berishdek, yuksak vazifa turibdi. Istiqlol egalari bo‘lmish yosh avlodni bilimli, savodxon, ma’naviy barkamol va jismonan sog‘lom qilib voyaga yetkazishda o‘qituvchi-
murabbiylarning hissasi benihoya kattadir. Ular berayotgan puxta bilim va ibratli tarbiya katta hayot ostonasida turgan o‘g‘il-qizlarning vatanparvar hamda hayotda chin inson bo‘lishlari, Vatanimizga, xalqimizga fidoyi va halol xizmat qiladigan insonlar bo‘lib yetishishiga zamin bo‘lib xizmat qiladi.
Temiryo‘lchilar va yo‘l qurulishi xodimlarining kasb bayrami
Temiryo‘lchilar kuni - millionlab insonlarni o‘z manziliga barcha qulayliklar ila bekamuko‘st yetib olishlari uchun o‘z umrini shu kasbga baxshida etgan, barcha temir yo‘l ishchi xodimlarining kasb bayramidir!
Temiryo‘l transporti har bir mamlakat uchun katta ahamiyat kasb etib, ular ilgari va bugun ham butun davlatni yagona tarmoqda bog‘lovchi bosh qon tomiri hisoblanadi.
Temiryo‘lning ishga tushishi barobarida ko‘plab insonlar uzoq masofalarni tez va xavfsiz bosib o‘tishiga imkoniyati yaratildi.
Mamlakatimiz Prezidentining Farmoniga muvofiq 2017- yil 6- avgust Temir -yo‘lchilar kasb bayrami sifatida nishonlanishi kasb egalari uchun chinakam bayram tuhfasi bo‘ldi.
Shu munosabat bilan barcha temiryo‘lchilarni kasb bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etamiz! Sizlarga kasbiy muvaffaqiyat va zafarlar tilaymiz! Har doim yo‘llarimiz ravon va to‘g‘ri bo‘lishini tilaymiz! Barcha hayrli ishlarimizning boshlanishida svetoforlarimiz- ning chirog‘i har doim yashil bo‘lsin! Siz azizlarga sog‘lik-omonlik, tinchlik -xotirjamlik, kasb-u koringizga baraka va chinakam oilaviy baxt tilaymiz!
Prokuratura organlari xodimlarining kasb bayrami
2016-yil 6-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Deputatlar jamiyat hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirishga, fuqarolarning, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini koʻrib chiqdilar. Ilgari parlament quyi palatasi majlisining kun tartibiga kiritilgan masalalar siyosiy partiyalar fraktsiyalari va Oʻzbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhining, Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining majlislarida vazirliklar
va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari ishtirokida dastlabki tarzda muhokama qilingan edi.
Parlament vakillari oʻz ishlarini "Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini muhokama qilishdan boshladilar. Prokuratura organlari xodimlarining kasb bayramini belgilash prokuratura organlari faoliyati samaradorligini oshirishga ishonch bildirishdi.
Lug‘at
kasbdosh – коллега
vijdonan – совесть
vazirlik – министерство muhokama qilmoq – обсудить tasdiqlamoq – утверждать
Berilgan so‘z va iboralarning ma’nosini bilib oling
Do'stlaringiz bilan baham: |