Mavzu: Men nima uchun ushbu kasbni tanladim axborot malumot noma shaklida
Jamiyatda insonlar turli tuman kasblar bilan shug’ullanishadi. Ko‘plab kasblar orasida menda alohida e’tib, hurmat va qiziqish uyg’otgan bir kasb bor. Bu kasb haqida gapirganda birinchi navbatda davlat xavfsizlik organlari xodimlarini nazarda tutyapman. Ularning xizmatida hech qanday arzimas narsaning o‘zi yo'q. Ushbu kasb xodimlarining muqaddas qonuni har doim va har qanday sharoitda odamlarga o'zlarini ayamasdan yordamga kelishlaridir. Mazkur kasb xodimlarining qiyofasi doimiy ravishda jasorat va shijoat, o’ktamlik va topqirlik, halollik va adolat tushunchalari bilan chambarchas bog'liq.
Davlat xavfsizlik organlari haqida birinchi marta uy kutubxonamizdagi kitoblardan bilib olgan edim. Ushbu kitoblarning aksariyati davlat xavfsizlik idoralari haqida bo’lganligi uchun asta sekin menda ham ushbu kasbga boshqacha mehr uyg’ondi. Keyinchalik menga ma'lum bo'lishicha, otam o’zining bolaligidanoq xavfsizlik xodimlari haqidagi kitoblarni to'plab borgan ekanlar. Bu kitoblarga men ham qiziqib qoldim. Mavjud kitoblarning ba’zilarini oʻqib chiqib, davlat xavfsizlik idoralari nima ekanligini, ular kimlar bilan urushganini, kimni jazolaganini sekin asta tushuna boshladim. Kasb xodimlari davlatimiz tarixida shonli sahifa yozgan qahramonlar hisoblanishadilar. Ularning jasoratlari haqida ko'p yozilgan. Ularning ulug‘vor ishlari ko‘plab adabiy asarlar, filmlar, spektakllarga asos bo‘lib, Vatanimiz dushmanlari bilan ayovsiz janglarda o‘zini ayamaganlar va nomlarini xalq xotirasida abadiylashtirilgan.
Ammo barchamizga ma’lum bo’lgan hayotning qattiq qonuni ham borki: qizigan cho’g’-olov va suvdan o'tgan xodimlarni ba'zan yillar, hatto o'nlab yillar o'tgach, odamlar bu jasorat haqida bilib olishadi. Maxfiylikka qat'iy rioya qilishni talab qiluvchi bu kasbning tabiati ko'pincha muayyan operatsiyalar, xodimlarning faoliyati to'g'risidagi ma'lumotlarni uzoq vaqt davomida sir saqlashni talab qiladi. Chekistlar o‘zlari uchun manfaat va imtiyozlar izlamaydigan halol, fidoyi va shaxsiy manfaatlarini ko’zlamagan odamlardir. Ular haqiqat va adolatli ish uchun xizmat qilishlari bilan birga soflik muhitini yaxshi ko'radilar. Hamdardlik, insonni barcha holatlarini tushunish, zaif tomonlari va vaziyatlarini tushunish qobiliyatlari bilan ajralib turishi bu kasb xodimlariga xos bo’lgan jihatlardir. Ularning ish olib borish sharoitlari ko'rinmas bo’lib maxfiylik bilan qoplangan o'ziga xos sirli tumanga o’xshaydi. Ko'pincha, chekistning qahramonligi bir jasoratda emas, balki har kungi mashaqqatli mehnatda, hech qanday muhlat va yon berishni bilmaydigan hamda o’zida bor narsasini beradigan o'ta muhim kurashda yotadi. Buni boshqacha qilib "sokin" qahramonlik deb atash ham mumkin. Ammo bu kasb aksariyat hollarda soyada bo’ladi. Ularning ishi reklama qilinmaydi. Ko'pincha ularning g'alabalari va ko'z yoshlari dunyoga ko'rinmaydi. Menimcha, bu kasb eng qiziqarli bo’lishi bilan birga eng mashaqqatli ham hisoblanadi.
Asrorjon bu qismini yozish shart emas faqat sizga tavsiyam: Xalq tilida – Chekist deb aytilishining sababi ruscha so’zdan olingan-Всероссийской чрезвычайной комиссии по борьбе с контрреволюцией и саботажем
(O’zbekchasi-Aksilinqilob va sabotajga qarshi kurash bo'yicha Butunrossiya favqulodda komissiyasi- birorta kitob va ular tarixini ham qarab qo’ying!!!) Сотрудники, созданной по указанию Владимира Ильича Ленина, Всероссийской чрезвычайной комиссии (ВЧК) под руководством видного деятеля большевистской партии Феликса Эдмундовича Дзержинского в годы тяжелых испытаний, выпавших на долю нашей страны, ликвидировали заговоры и мятежи против молодой республики, вели неустанную борьбу с саботажем, спекуляцией и должностными преступлениями.
Do'stlaringiz bilan baham: |