Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 0,55 Mb.
bet50/103
Sana26.07.2021
Hajmi0,55 Mb.
#129400
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   103
Bog'liq
O'zbek tili nashrga-конвертирован

mavzu. Iqtidor va mehnat


Bu umrni doim istab,topib bo‘lmas, Yigitlik quvvati hech qaytib kelmas

O‘qish uchun material

Iqtidorli yoshlar

Insondagi qobiliyat, iqtidor, eng avvalo, inson aqlu zakovatining sifati, undagi malaka, ko‘nikma va bilimlarning borligi masalasi bilan bog‘liq. Ayniqsa, biror kasbning egasi bo‘lish istagidagi har bir yoshning aqli va intellektual salohiyati uning malakali mutaxassis bo‘lib yetishishini kafolatlaydi. Shuning uchun ham psixologiyada ko‘proq iqtidor va qobiliyat tushunchasi aql-zakovat tushunchasi bilan bog‘lanib o‘rganiladi.

Aslida iqtidor ilohiy in’om, u har kimga ham berilavermaydi, uni to‘g‘ri yo‘naltira bilish kerak.

Qobiliyatli odamdan, avvalo, jamiyat manfaatdor, qolaversa, o‘sha insonning o‘zi ham qilgan har bir harakatidan o‘zi uchun naf ko‘radi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning birinchi marta mamlakatimiz parlamenti – Oliy Majlisga Murojaatnomasida iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning o‘z iste’dod va salohiyatini yuzaga chiqarish doimiy e’tibor qaratish, ayniqsa, adabiyotga, ma’naviyatga ulkan e’tibor qaratish, ijodkorlarga hurmat- ehtirom, o‘sib kelayotgan yosh avlodga mehr va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish zarurligini alohida ta’kidladi. Iqtidorli insonlar turli sohalarda bo‘lishi mumkin. Inson o‘z iqtidori va qobiliyati, salohiyatiga ko‘ra mehnat qiladi.

Mehnat kishilik jamiyati hayotining asosiy sharti, chunki u tufayli insoniyatning yashashi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratiladi. Insonning maqsadli faoliyati tufayli mehnat predmetlari mahsulotga aylanadi. Mehnat tufayli inson tabiatdagi narsalarni oʻzgartiribgina qolmaydi, balki oʻzi ham kamol topadi, uning aqliy va jismoniy qobiliyatlari oʻsadi. Mehnat jarayonida inson tabiat kuchlarini oʻz maqsadiga boʻysundiradi.

Mehnat o‘zining mazmuni va xarakteri jihatidan aqliy, jismoniy, malakali (murakkab) va malakasiz (oddiy) mehnatga bo‘linadi.

Aqliy mehnat – insonning tafakkur faoliyati (muhandis, shifokor, o‘qituvchi ).

Jismoniy mehnat – insonning jismoniy faoliyati( ishchi, dehqon).

Malakasiz mehnat maxsus tayyorgarlikni va qobiliyatni talab etmaydi (yuk tashuvchi, farrosh, qorovul).

Mehnat iqtidorning yuzaga chiqishida katta omil hisoblanadi.

Tarixdan ma’lumki, iqtidorli insonlar oddiy insonlardan ko‘rinishlari bilan ajralib turishmaydi. Ammo iqtidorli inson yaratgam mahsulot xoh u kuy bo‘lsin yoki surat u boshqalarning e’tiborini tortadi va o‘ylanishga majbur qiladi.


Berilgan so‘z va iboralarning ma’nosini bilib oling

iqtidorli yoshlar, ilm-fan, jismoniy mehnat, iste’dod va salohiyati, shijoat, ilohiy in’om, mashaqqatli mehnat, g‘аyrаt vа intiluvchаnlik
Lug‘at

ilm-fan – наука

dori-darmonlar – лекарство

zararlantirmoq – повреждать,причинять вред qarshi kurashmoq – бороться против

ilmiy ish – научная работа narxi qimmat – стоимость дорого

dori vositalari – лекарственные средство


Tarjima mashqi
Всё, что тебя окружает, создано трудом человека. И сам ты, сегодняшный студент, завтра встанешь в ряды тех, кто трудится на благо народа. Тебе предстоит строить будущее. Постоянно работай над собой, помогай другим, стремись быть скромным, волевым, решительным и мужественным человеком. Будь требовательным к самому себе: умей признавать свои ошибки, исправляй их, не обижайся на справедливую критику.
Grammatik ma’lumot. Matnga so‘z va termin tanlash.

Bir necha gaplarning o‘zaro grammatik va mazmuniy bog‘lanishidan tashkil topgan, mazmuniy yaxlitlikka ega bo‘lgan qo‘shma gaplarga nisbatan yirikroq yozma va og‘zaki nutq parchasi mikromatn hisoblanadi.

Bir umumiy mavzu ostida birlashgan bir necha mikromatnlardan tashkil topuvchi yaxlit asarga makromatn deyiladi. Masalan, Abdulla Qahhorning «O‘g‘ri» hikoyasida ishtirok etgan barcha mikromatnlar

«o‘g‘irlik» umumiy mavzusi ostida birlashgan.

Matnning eng kichik birligi gap hisoblanib, ular matn tarkibida

ma’lum bog‘lovchi vositalar yordamida bog‘lanadi. Ular quyidagilardan iborat:

bog‘lovchilar, bog‘lovchi vazifasidagi ayrim so‘zlar, takroriy bo‘laklar, olmoshlar, sinonimlar.

Karimjon a’lo o‘qish va odobi bilan litseyda katta hurmatga ega. U jamoat ishlarida ham faol qatnashadi.

Matn tarkibidagi ikkinchi gap boshida kelgan u olmoshi birinchi gap tarkibida kelgan Karimjon o‘rnida kelib, ikkinchi gapni birinchi gapga mazmunan bog‘lab keladi. Shuning uchun ham u olmoshi matn qismlarini bog‘lovchi, ya’ni matn hosil qiluvchi vosita sanaladi.

Mikromatnni hosil qilishda takrorlar eng muhim vositadir, chunki u ham gaplarni bog‘lovchi vosita hisoblanadi, ham uslubiy bo‘yoqdorlik hosil qiladi.
Topshiriq. Matnni ko‘chiring. So‘z san’atidan foydalanib matnni davom ettiring.

Atrof jimjit. Xazonlarning shabadadan shitirlashi-yu, chala berkitilgan vodoprovod jo‘mragidan oqayotgan suvning jildirashidan boshqa hech narsa eshitilmasdi. Hovli to‘ridagi kichkina uy derazasidan ozgina joyga yorug‘ tushib turardi...... (S. Zunnunova)



Topshiriq. O‘qing. Mikromatnni makromatnga aylantiring.

Ey farzand, aqlli, farosatli va ilm-u hunarli kishilar bilan do‘st bo‘l. Hunarsiz kishida xosiyat bo‘lmaydi. Mehnatdan, ilm-u hunar o‘rganishdan uzoqlashma. («Qobusnoma»dan)




  • Test topshiriqlari

  1. O‘zbek adabiy tiliga qaysi shevalar asos qilib olingan?

  1. Toshkent-Farg‘ona s) Toshkent-Andijon

  2. Toshkent-Namangan d) Toshkent-Qo‘qon

  1. Tildagi so‘zlarning kelib chiqish tarixini o‘z ichiga olgan filologik lug‘at qaysi javobda berilgan?

  1. “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati”

  2. “O‘zbek tilining toponimik lug‘ati”

s) “O‘zbek tilining eskirgan so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati”

d) “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”



  1. Tilshunoslikning qaysi bo‘limi lug‘at va uning turlari, lug‘at yaratishning nazariy masalasini o‘rganadi?

a) leksikografiya b) etnografiya s) orfografiya d) orfoepiya

  1. Matn tuzishda nimalarga e’tibor beriladi?

    1. nutq uslubiga b) so‘z va terminlarni to‘g‘ri tanlashga

s) imlo me’yorlariga d) so‘z va terminlarni to‘g‘ri tanlashga

  1. Matnga so‘z va termin tanlashda nimalarga e’tibor beriladi?

  1. ma’noga s) imlo me’yorlariga, talaffuzga, ma’noga

  2. talaffuzga d) imlo me’yorlariga

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:



  1. Yurtimizda iqtidorli yoshlarga qanday e’tibor berilmoqda?

  2. Mehnat inson ruhini tetik va pok qiladi. Sizning fikringiz?

  3. Matnning eng kichik birligi nima?

  4. Yoshlikdаgi shijоаt, g‘аyrаt vа intiluvchаnlik kеksаlikdаgi rоhаtning gаrоvimi?

  5. Mikromatnni hosil qilishda nima eng muhim vosita?


Uyga vazifa. Iqtidorli yoshlar haqida reportaj tayyorlang.

    1. Download 0,55 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish