Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 0,55 Mb.
bet47/103
Sana26.07.2021
Hajmi0,55 Mb.
#129400
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   103
Bog'liq
O'zbek tili nashrga-конвертирован

Topshiriq. Quyida berilgan matnni o‘qing. Monologdagi lirik qahramon kechinmalari xususida fikr bildiring.
Ona mehri

Ona! Bu so‘z hayot kabi abadiy. Ona borki, olam bor; ona borki, odam bor. Ona borki, Vatan bor. Zero, ona kabi muqaddas va tabarruk, aziz va mo‘tabar, beg‘araz va beminnat inson bu yorug‘ dunyoda topilmaydi. Atoqli yozuvchilarimizdan biri aytganidek: «Quyoshsiz gullar ochilmaydi, sevgisiz baxt, ayolsiz muhabbat yo‘q, onasiz qahramon ham, shoir ham tug‘ilmaydi.



Mehri cheksiz, butun dunyoni ko‘kragi bilan boqqan ayol — Onani sharaflaylik.”Dunyoda ona mehridan ortiqroq hech narsa yo‘q.

Topshiriq. A.Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romanidan olingan Kumushbibi tasviriga oid parchani o‘qib, belgi-xususiyat bildiruvchi so‘zlarni ajratib ko‘chiring. Bu so‘zlar nimalarni tasvirlashga qaratilganligini aniqlang.

“…Uning qora zulfi par yostiqning turli tomoniga tartibsiz suratda to‘zg‘ib, quyuq jingala kiprik ostidagi tim qora ko‘zlari bir nuqtaga tikilgan-da, nimadir bir narsadan cho‘chigan kabi… to‘lgan oydek g‘uborsiz oq yuzi bir oz qizillikka aylanganda kimdandir uyalgan kabi… Shu payt ko‘rpani qayirib ushlagan oq qo‘llari bilan latif burnining o‘ng tomonida, tabiatning nihoyatda usta qo‘li bilan qo‘ndirilgan qora xolini qashidi va boshini yostiqdan olib o‘tirdi. Sariq atlas ko‘ylakning ustidan uning o‘rtacha ko‘kragi bir oz ko‘tarilib urmoqda edi. Turib o‘tirgach, boshini silkitdi-da, ijirg‘anib qo‘ydi. Silkinish orqasida uning yuzini to‘zg‘igan soch tolalari o‘rab olib jonsiz suratga kirgizdi. Bu qiz suratida ko‘ringan malak qutidorning qizi - Kumushbibi edi!”


Topshiriq. ”Talabalik – kelajagim poydevori” mavzusida monolog tuzing.


    • Test topshiriqlari

  1. Ma’lum voqea-hodisa, narsa-shaxslarga, oid fikr-mulohaza bildirish, ularni dalillar yoki badiiy vositalar bilan ta’riflash, izohlash, asoslashga matnning qaysi turi xizmat qiladi?

a) tavsifiy(monologli) matn b) insho matni s) dialogli matn

d) badiiy matn



  1. Badiiy komponentlardan biri, asarda ishtirok etuvchi shaxslarning o‘z-o‘ziga, o‘zgalarga qaratilgan nutqi nima deb ataladi?

a) monolog b) atov-gaplar s) badiiyat d) dialog

  1. Adabiyotda nima personajlar ruhiy dunyosi, kechinmalarini ifodalashdagi muhim vositalardan biri sifatida qo‘llanadi?

a) monolog b) dialog s) atov-gaplar d) badiiyat

  1. Matnning qaysi turi ilmiy, publitsislik, rasmiy-idoraviy va badiiy uslubda qo‘llanadi?

a) tavsifiy(monologli) matn b) dialogli matn

s) badiiy matn d) insho matni



  1. Dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktab bo‘lsa, kasblarning

icnida eng sharaflisi o‘qituvchilik va murabbiylikdir. Ushbu aforizm muallifi kim?

a) Amir Temur b) Abdulla Avloniy

s) I.A.Karimov d) Sh.M.Mirziyoyev
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:


  1. O‘qituvchilik kasbining mas’uliyati qanday?

  2. “Ustoz – shogird” maktabi sizlarda qanday metodik ishlarni tashkil etmoqda?

  3. Monolog matnining o‘ziga xos jihatlari nimada?

  4. Matnning qanday turlari bor?

  5. Tavsifiy matn qanday xususiyatlarga ega?


Uyga vazifa. Badiiy asardan dramatik personajning ruhiy holatini tasvirlovchi monolog matni toping.

    1. Download 0,55 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish