Topshiriq. Matnni o‘qing va uni kengaytiring .
Salomlashish — qadimiy odat. Dunyodagi barcha madaniy xalqlar o‘zaro insoniy muloqot — muomala-munosabatni salomdan boshlashadi. Har bir xalqning salomlashish bilan bog‘liq o‘z urf- odatlari bor. Hindlar qo‘l kaftlarini birlashtirgancha, peshonalariga tirab, afg‘onlar yuzlarini yuzlariga suykagancha kift urishtirib salomlashsa, inglizlar bosh kiyimini olib, yengil ta’zim qilishadi.
Biz, o‘zbeklar, barcha islom dunyosi xalqlari singari bir-birimizni ko‘rganimizda “assalomu alaykum” deya, qo‘l olishib ko‘rishamiz.
Xalqimizning o‘ziga xos tabiatini, lutfkorligini, urf-odatlarini hammamizga jonday aziz, qadrdon bo‘lib qolgan «Salom» so‘zisiz tasavvur qilolmaymiz.
Odamning kimligini uning salomi belgilaydi. (M. Sattor)
Topshiriq. Matnni o‘qing. Mazmunini ochuvchi savollar tuzing.
Brusselda qiziq tanlov bo‘lib o‘tdi. Unda G‘arbiy Yevropa davlatlaridagi poliglotlar — ko‘p tilni biluvchilar o‘zaro kuch sinashdilar. Poliglotlar uchun eng kamida 9 ta tilni bilish (bunga lotin va esperanto tillari kirmagan) shart qilib qo‘yildi.
Tanlov tashkilotchisi, Belgiyaning Xassalte shahridagi zamonaviy tillarni o‘rganish markazining boshlig‘i E. Xarmansning ta’kidlashicha, bu musobaqa sportchilarning ko‘pkurashi shaklida uyushtirilgan. Hakamlikka esa baholanadigan til ona tilisi bo‘lgan til sohiblari taklif qilingan.
Bu tanlovda Buyuk Britaniya vakili, o‘rta maktab o‘qituvchisi D. Xer g‘olib chiqqan. U 23 ta tilda erkin gaplasha olar ekan.
Matn turlari —
a) dialogli matn,tavsifiy(monologli) matn b) mikromatn, makromatn
s) insho matni va ijodiy matn d) dialogli matn, badiiy matn
Matnning qaysi turi so‘zlashuv va badiiy uslubga xos bo‘lib, savol- javob, taklif, xabar-ma’lumot, da’vat, iltimos kabi muloqot mazmunini ifodalashga xizmat qiladi?
a) dialogli matn b) insho matni
s) tavsifiy(monologli) matn d) badiiy matn
Suhbatdoshlarning bevosita bir-biriga qaratilgan nutqi bu—
a) dialog b) monolog s) dialekt d) uslub
Qaysi gapdagi so‘z uslubiy jihatdan xato qo‘llangan?
a) Do‘stlikni ardoqlash kerak b) Bolalik uy bozor, bolasiz uy mozor s) Eshik ochiq bo‘lsa ham, so‘rab kir d) Yoqimli shamol esa boshladi
Qaysi gapda achchiq so‘zi o‘z ma’nosida qo‘llangan?
a) Bu achchiq haqiqat edi b) Achchiq-chuchuk tayyorlang, qizim
s) Achchig‘ing chiqmasin, bolam d) Qalampir taomni achchiq qilib yubordi
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
Kasb tanlashda nimalarga e’tibor berish lozim?
Kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lishda kasb tanlashning o‘rni qanday?
Matn nima? Uning turlariga misol keltiring.
Qanday matn ikki va undan ortiq suhbatdoshning turli mazmundagi fikr-axborot almashinuvini ifodalaydi?
Matnning qaysi turi so‘zlashuv va badiiy uslubga xos bo‘lib, savol- javob, taklif, xabar-ma’lumot, da’vat, iltimos kabi muloqot mazmunini ifodalashga xizmat qiladi?
Uyga vazifa. “Men tanlagan kasb” mavzusida matn yarating.
Do'stlaringiz bilan baham: |