Sobir uni ko‘tarib otga mindiradi.
Chu!
Men hayday? – so‘raydi Zulfiya.
Qo‘rqmaysanmi? Ot yomon, olib qochib ketadi.
Meni ushla sen.
Sobir uning yelkasidan ushlab oladi.
Ketdik. Voy, chopib ketayapti-ku!
Ot bo‘lgandan keyin chopadi-da. Qo‘rqma, tezroq haydayver. Zulfiya haqiqiy aravakashlarga o‘xshatib:
No-o-o! Jonivor, no-o-o! – dedi. Ot qattiqroq chopa boshlaydi.
Qani, men olay, – Sobir cholning qo‘lidan chelakni oldi.
O‘h-ho‘! Muncha muzdek?
Quduqning suvi-da, – dedi Nazir ota g‘urur bilan.
Tag‘in meshda olib keldim. Ko‘p ichmang, o‘g‘lim, tomoq og‘rig‘i bo‘lib qolasiz.
Topshiriq. Matnni o‘qing, dialogning qurilishiga e’tibor qarating.
... Alisher o‘rtog‘ining aytganini eshitmadi shekilli:
– Ov qilmoq, merganlik — ermak narsa, lekin eng zo‘r zaruriyat maktabdir. Turmushning ko‘p sirlarini maktab o‘rgatadi. Suhbatning bunday keskin o‘zgarganidan shoshib, bir on jim qolgan bolalarning kattarog‘i:
Kim o‘rgatdi senga bu gaplarni? — deb so‘radi Alisherga tik qarab.
Bilaman-da, otam hamisha:”Olim odam xor bo‘lmaydi”,— deydilar.(Oybek)
Topshiriq. “Fakultet kutubxonasida” mavzusida dialog tuzing.
Tayanch so‘zlar: kutubxonachi, o‘quv zali (qiroatxona), kitoblar javoni, ilmiy va badiiy kitoblar, darslik va qo‘llanmalar, osoyishtalik.
Dialog so‘zining ma’nosi –
yun. dialogos – munosabat, muloqot s) lot. dialogos – fikr almashish, xabar
yun. dialogos – gaplashish, suhbat d) lot. dialogos – eshitish, gaplashish
Dialog bu –
ikki yoki undan ortiq kishining nutqiy muloqoti, suhbat;
adabiy – badiiy matn komponenti, asardagi personajlarning nutqiy muloqoti berilgan o‘rinlar;
s) falsafiy – publisistik mazmun yo‘nalishidagi janr, unda qo‘yilgan masala bir necha kishining suhbatida;
d) barcha javoblar to‘g‘ri
Quyida berilgan hayot haqidagi falsafiy fikr kimning qalamiga mansub?
Bir odam uchun emas, balki hamma odamlarning farog‘atini ko‘zlash hamisha muhim masala bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.
L.Tolstoy s) A. Jomiy
A. Blok d) M. Behbudiy
Qaysi jihatlari bilan dialog monologdan farqlanadi?
har bir fikr to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbatdoshga qaratilgan bo‘ladi
sintaktik qurilishi monologik nutqqa qaraganda sodda tuziladi
s) voqealar keng izohlanmaydi
d) barcha javoblar to‘g‘ri
Dialogik matn qaysi uslublarga xos?
a) so‘zlashuv uslubi va ilmiy uslubga b) so‘zlashuv uslubi va badiiy uslubga
s) so‘zlashuv uslubi va rasmiy uslubga d) so‘zlashuv uslubi va publitsistik uslubga
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
Hayot falsafasi haqida qanday tasavvurga egasiz?
Sizningcha, hayot go‘zalligining siri nimada?
“Hayoti bejiz o‘tmabdi” degan fikrni izohlay olasizmi?
Dialog janri qaysi davr adabiyotida ancha faol bo‘lgan?
Dialogik matnning ma’no munosabatiga ko‘ra necha turi mavjud?
Uyga vazifa. “Hayot mening tasavvurimda” mavzusida kichik matn tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |