mavzu. Ilm sari yo‘l
Mardlarning mardi shu bo‘lar doimo, Olamni olsa ham kerilmas aslo.
O‘qish uchun material
Ilm va olam
Odamzod paydo bo‘libdiki, dunyoni bilishga harakat qiladi. Momaqaldiroq chaqmoqlari-yu, yеr tеbranishlari, fasllar aylanishi-yu, jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari uzoq asrlardan buyon insoniyat ongini band etib kеldi. Tabiat sirlarining ochilishi insonga bitmas-tuganmas qudrat va kuch bahsh etdi, yangi jumboqlar sari ilhomlantirdi, odamzod ahli ikki karra ikki to‘rt ekanligini bilishdan, to kosmik kеmalarni kashf etishgacha bo‘lgan uzoq va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tdi. Bunday aql karvoni yo‘lida qanchadan-qancha ilm shaydolari azob chеkmadilar, qanchadan-qancha insoniyatning asl farzandlari qurbon bo‘lmadilar. Ammo ularning umri, hayoti va kashfiyotlari kеlajak avlodlarning yo‘lini yoritib turgan abadiy so‘nmas mash’al bo‘lib qoldi. Haqiqat uchun qurbon bo‘lish, ilm tantanasi uchun jon fido etish kishilik jamiyati erishgan buyuk ma’naviy qudratning zavol bilmas haykali, buyuklik timsolidir.
Ilm [bilim; fan; nazariya] – o‘qish-o‘rganish va tadqiqot, tahlil etish bilan erishiladigan bilim; ko‘nikma, ma’lumot.
Fan [mahorat; ilm, bilim] – tabiat va jamiyatning taraqqiyot qonuniyatlarini ochib beruvchi hamda o‘zi erishgan natijalar bilan atrof- muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi bilimlar tizimi.
Fan – dunyo haqidagi bilimlar sistemasi, ijtimoiy ong shakllaridan biri. U yangi bilimlarni egallash bilan bogʻliq faoliyatni ham, bu faoliyatning mahsuli – olamning ilmiy manzarasi asosini tashkil etuvchi bilimlarni ham oʻz ichiga oladi; inson bilimlarining ayrim sohalarini ifodalaydi. Fanning bevosita maqsadi oʻzining o‘rganish predmeti hisoblangan voqelikning qonunlarini kashf etish asosida shu voqelikning jarayon va hodisalarini taʼriflash, tushuntirish, oldindan aytib berishdir.
Soha – inson faoliyati, ilm-fan, madaniyat va shu kabilarning har bir tarmog‘i.
Lug‘at
jumboq – секрет, тайна to‘qnashuv – столкновение voqelik – реальность
kashf etmoq – изобретать
Maqollarni yod oling
Bilagi zo ‘r birni yiqar, Bilimi zo ‘r mingni.
Bir yigitga qirq hunar ham oz.
Hunar o ‘rganish uchun ham hunar kerak.
Tarjima mashqi
Agar inson ilm nuri bilan oʻz yoʻlini yoritmasa, zulmat va nodonlik koʻchasida qoladi. Kishi qalbining nuri ilm va ma’rifat bilan baquvvat boʻladi. Insoniyatning qadri ilm bilan hosil boʻladi. Ilmdan hali hech kim zarar koʻrgan emas. Ilmni egallab olish esa bir san’atdir. Dunyoda qanday yovuzlik sodir boʻlgan boʻlsa, ularning hammasi nodonlik orqali kelib chiqqan. Eng zoʻr halokat nodonlik, insoniylikni bitiruvchi ham nodonlikdur.
Grammatik ma’lumot. Taqriz matni, uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari.
Taqriz (arab. — ijobiy baho) — adabiy tanqid janri, sаylаnmа bаyоnning bir turi; yangi badiiy, ilmiy yoki ilmiy-ommabop asar tahlili. Taqrizda asarning bibliografik tavsifi, shuningdek, mazmuni, unda koʻtarilgan muammolar, asarning gʻoyaviy-badiiy xususiyatlari, muallif ijodida, adabiyotda tutgan oʻrni haqida maʼlumot boʻladi; asarga baho beriladi, uning asosiy fazilatlari va nuqsonlari qayd qilinadi. Tаqrizchi o‘zining dа’vоlаrini turli dаlillаr аsоsidа isbоtlаy bоrаdi, аsаrgа ilmiy izоhlаr bеrаdi.
Taqriz yоzish оdоbi хоlislikni, hаqiqаtdаn chеtlаshmаslikni tаlаb еtаdi. Tаqriz qilinаyоtgаn аsаrning yutuq vа kаmchiliklаri, nаzаriy vа аmаliy аhаmiyati hаqqоniy ko‘rsаtilishi lоzim. Аsаrgа bаhо bеrishdа muаllifning shахsiyati, оbro‘si еmаs, bаlki uning (аsаrning) хususiyatlаri, аhаmiyati ko‘zdа tutilаdi.
Taqriz, asosan, keng kitobxonlar ommasi uchun moʻljallanadi, ularni yangi asarlardan ogoh qiladi, zarurini tanlab olishga koʻmaklashadi. Ichki taqriz ham boʻladi. Masalan, nashriyotga kelgan badiiy, tanqidiy va ilmiy-ommabop asar ichki taqrizga beriladi, biroq bu taqriz matbuotda eʼlon qilinmaydi.
Taqriz badiiy asar haqida shunchaki maʼlumot beruvchi janr darajasidan adabiy hayotning muhim masalalarini koʻtaruvchi, kitobxonni hayot va adabiyot haqida oʻylashga oʻrgatuvchi, uning estetik didini tarbiyalashga yordam beruvchi janrga aylanadi. Taqriz xarakteriga koʻra xilma xil boʻladi. Masalan, kengaytirilgan annotatsiya tipidagi
taqrizda asar haqida bibliografik maʼlumot beriladi. Tanqidiy yoki publitsistik maket taqrizlarida konkret asar munosabati bilan biron muhim masala haqida fikr yuritiladi. Esse (adabiy oʻylar) xarakteridagi taqrizda taqrizchi oʻz fikr tuygʻularini, asarni oʻqish jarayonida hosil boʻlgan taassurotlarini lirik tarzda ifodalaydi. Nihoyat, muallif oʻz asariga ham taqriz yozishi mumkin (avtotaqriz). Bunda muallifning asarga qarashlari bayon qilinadi yoki u biron munosabat bilan munozaraga kirishadi.
Oʻzbek adabiyotida taqriz XX asr boshlarida vaqtli matbuot bilan teng rivojlana boshlagan. Endilikda taqriz oʻzbek adabiy tanqidchiligining eng muhim janrlaridan boʻlib qoldi. Oybek, Abdulla Qahhor, Shayxzoda, Gʻafur Gʻulom kabi yozuvchilar, O.Hoshimov, S.Husayn, Olim Sharafiddinov, V.Zohidov, I.Sultonov, H.Yoqubov, M.Qoʻshjonov, Ozod Sharafiddinov, U.Normatov, N. Xudoyberganov, I.Haqqulov va boshqa olimlar oʻzbek adabiy hayotida chuqur iz qoldirgan taqrizlar yaratdilar.
Taqriz yozishda quyidagi sxemaga amal qilinadi:
Tezis (umumiy holati) va uni ochib berish.
Kitob (film, teatr)ning baholanishi.
Taqrizning boshlang‘ich qismida quyidagi konstruksiyalardan foydalaniladi:
Kitob (film, teatr)da hikoya qilinadi.
Kitob (film, teatr)da muammolar ko‘tariladi.
Taqrizni baholash qismida quyidagi konstruksiyalardan foydalaniladi: Men … hisoblayman – Я считаю…
Mening fikrimcha… – Помоему… Mening nazarimda… – На мой взгляд…
… menga yoqdi. – Мне понравился (-лась)…
… menda katta taassurot uyg‘otdi.– Большое впечатление на меня оказала…
Kitob (film, teatr) …o‘rgatadi. – Книга (фильм, театр) учит…
Topshiriq. Matnni o‘qing, matn yuzasidan fikrlaringizni bayon eting.
Ilm martabasi martabalarning zoʻridir, degan gap shubhasiz toʻgʻri. Qaysi yerda ilmu ma’rifat kuchli boʻlsa, oʻsha yer baxt maskani hisoblanadi. Qaysi yerda nodonlik mavjud boʻlsa, u yer quruq yoki toshloq joy kabidir. Goʻzal xulq bilan payvasta boʻlgan ilm odamlarni baxtiyor qiladi, martabasini balandlatadi. Ilmdan maqsad koʻrkam va ezgu ishlarni amalga oshirishdir.
Topshiriq. O‘zingiz sevib o‘qigan biron bir asar (badiiy, ilmiy asar)ga taqriz yozing.
Qo‘shma so‘zlarni belgilang
a) balandparvoz, soatsoz b) oshxona, bilakuzuk
s) jigar rang, mehnatkash d) guldon, darvozabon
Qaysi qatorda to‘g‘ri juftliklar berilgan?
a) kuch-g‘ayrat, aql- idrok b) o‘y-xayol, baxt-taxt
s) kecha-kunduz, egri-dushman d) aql-idrok, g‘am-nafas
Qaysi qatordagi so‘zda urg‘u ma’no farqlamaydi?
a) olma b) tortma s) burma d) to‘plama
Sanog‘ini so‘zida qanday fonetik o‘zgarishlar kuzatiladi?
a) tovush ortishi b) tovush almashishi
s) tovush tushishi d) tovush almashishi, tovush tushishi
So‘z birikmasi qaysi qatorda berilgan?
a) chiroyli manzara b) manzara chiroyli
s) osmon musaffo d) Ra’no – a’lochi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
Ilmiy faoliyat deganda nimani tushunasiz?
Siz egallayotgan soha bo‘yicha qanday ilmiy izlanishlar olib borilgan?
Nazariy bilimlarni chuqur egallash qanchalik muhim ahamiyatga ega?
Nazariyani amaliyotdan ayri holda tasavvur etib bo‘ladimi?
Hujjatning qaysi turida hujjat nomi ko‘rsatilmaydi?
Uyga vazifa. “Soha rivojida fanning o‘rni” mavzusida matn tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |