Ingliz tili frazeologik birliklari grammatikasiga doir masalalar



Download 14,17 Kb.
Sana13.06.2022
Hajmi14,17 Kb.
#665285
Bog'liq
ARTICLE


Ingliz tili frazeologik birliklari grammatikasiga doir masalalar
Nutqimizdagi gaplarni so’zsiz, birikmasiz yoki frazeologik birikmalarsiz tasavvvur qilib bo’lmaydi. Nutq jarayonida u yoki bu til qonun qoidalari asosida so’zlarni bir biriga bog’lab so’z birikmalar tuziladi. Ularning sintaktik bog’lanishidan foydalanib gaplar yaratiladi. Bunda, albatta, so’z va birikmalarning grammatik xususiyatlarini bilishimiz muhim rol o’ynaydi. Ammo boshqa til birliklari qatorida og’zaki nutqda faol qo’llanuvchi iboralarning ya’ni frazeologik birliklarning leksik va grammatik tabiati ancha murakkab, ularning ko’pgina belgilari hanuzgacha tilshunoslikda jiddiy bahslarga sabab bo’lmoqda. Shuning uchun ham har tomonlama, har xil aspektlarda yondashilgandagina frazeologik birliklarning til tizimida tutgan o’rnini aniqlashga ularning so’z, erkin birikma kabi til birliklaridan farqli vao’xshash tomonlarini ajratishga muvaffaq bo’lamiz. Har qanday tilni tushunish uning qurilishini, tuzilishini, til tizimidagi konstruksiya va modellarini aniqrog’i tuzilishini bilishni talab qiladi. Shunga ko’ra tilshunoslikda barcha til birliklarining leksik – grammatik tarkibi va ichki tuzilishi, grammatik qurilishi o’rganiladi. Til birligi sifatida frazeologik birliklar ham o’ziga xos qurilishga egadir. Frazeologik birliklar haqida gapirganda, uning ham so’zga o’xshab, avvalo, uni tashkil qiluvchi aniq komponentlari, ya’ni, materiali, qolaversa tuzilishidagi sintaktik sxemasi, qurilish modeli hisobga olinadi.
Frazeologik birliklar sintaktik qurilishiga ko’ra so’zga, birikmaga va gapga teng shaklda namoyon bo’ladi. Birikmaga teng keluvchi frazeologik birliklar tuzilishi jihatdan erkin so’z birikmasidan deyarli farq qilmaydi. Bundan ular o’rtasida hech qanday farq yo’q degan xulosa chiqarmaslik kerak. Agar erkin so’z birikmasi o’zining beqarorligi, tarkibi va qo’shma ma’noga egaligi, struktur – semantik o’zgaruvchanligi bilan xarakterlansa, frazeologik birliklar ulardan qat’iyligi(shtamplashganligi),komponentlar ma’nosining qisman va to’la ko’chishi ularning bir butunligi kabi asosiy belgilari bilan farq qiladi. Frazeologik ibora ikkita mustaqil so’zdan iborat bo’ladi, Barqaror grammatik formalar bilan bir biriga bog’lanadi. So’z birikmasi ham mustaqil so’zlarning birikuvidan hosil bo’ladi va o’z leksik ma’nosini saqlagan holda boshqa birikma hosil qilishda ishtirok etaveradi.
Frazeologik birlikni tashkil etgan har ikkala komponentning bir xil yoki turli xil so’z turkumlariga xosligi komponentlarning o’zaro birikuvi, anglatgan ma’nosi, sintaktik funksiyasi bilan bog’liq bo’ladi. Frazeologik birliklarni tashkil etgan komponentlarning qaysi so’z turkumiga xosligini va o’zaro qanday bog’langanligini aniqlash bu til birkmalarining grammatik xususiyatlarini kengroq va chuqurroq ochishga yordam beradi. Shuning uchun ham turli strukturadagi frazeologik birliklarning komponentlari qaysi so’z turkumiga taalluqli ekanligiga ko’ra tahlil etish mumhimdir. Ingliz tilida mavjud bo’lgan frazeologik birliklarning ko’pchiligi formal – grammatik jihatidan so’z turkumlaridan ot, fe’l, sifat va ravishlarga teng bo’lgan iboralardir. Ingliz tili deyarli ...........nutqida boshqa so’z turkumlariga teng frazeologik birliklar juda kam uchraydi Bu o’rinda shunisi qiziqarliki, muayyan so’z turkumiga taalluqli bo’lgan frazeologik ibora komponenti bilan shu turkumdagi leksik birliklarning mavjud grammatik kategoriyalarga munosabati aynan bir xil emas. Frazeologik birikmaning komponenti barcha so’zlar kabi boy grammatik imkoniyatlarga ega bo’la olmaydi, farq frazeologizimning leksik-gramatik tabiatidan kelib chiqadi.
Fraziologik birliklarni grammatik jihatdan o’rganish shuning uchun ham kerakki,uni tashkil etgan komponentlarning uzaro bog’lanishi sintaktik aloqa va munosabatlarga asoslanadi hamda frazeologik birlik yasalishining o’zi ham katigoryalarning struktur-semantik imkoniyatlari chegarasida bo’ladi.
Frazeologik birliklar ham til birligi sifatida o’zini tashqi (boshqa so’zlar bilan aloqasi) va ichki frazeologizm komponentlari orasida aloqa formasiga ega. Frazeologizmlar tashqi formasi jihatidan o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ular quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi:

  1. Komponentlar tarkib, ya’ni, necha komponentdan iboratligi;

  2. O’ziga xos struktur qurilishi;

  3. Komponentlarning variantliligi;

  4. Komponentlarning fakultativligi;

  5. Tashqi va ichki sintaktik aloqaning mavjudligi

Frazeologik birliklar morfologik jihatdan qaysi so’z turkumiga to’g’ri kelsa o’sha turkumga xos belgilarni qabul qiladi. Ularning ichki semantik munosabatlari mavjudligining ishonchli belgilaridan biri o’zgarishga, yangilanishga moyilligidir. Frazeologik birliklarning bu xususiyatidan qiziqchilar, yozuvchilar, askiyachilar, shoirlar keng foydalanadilar. Kontekstga moslab uni o’zgartiradilar. Shunday qilib tilshunoslikda frazeologik birliklarning grammatik qurilishini sintaktik tahlil paytida bir butun holatdan ajratilmasligi va buzilmasligi kerak.
Adabiyotlar:
Download 14,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish