15-ma’ruza.
Suniiy optik anizotropiya. Deformatsiya natijasida xosil bo‘ladigan anizotropiya. Keyer effekti. Qutblanish tekisligining aylanishi. Zeyeman effekti.
Reja
1.Suniiy optik anizotropiya.
2.Deformatsiya natijasida xosil bo‘ladigan anizotropiya.
3.Keyer effekti.
4.Qutblanish tekisligining aylanishi.
4.Zeyeman effekti.
Agarda optik moddadan tabiiy yoruglik o‘tkazsak unda ikkilanib sinish bo‘lmasa bunday moddalarni izotop moddalar deyiladi.
Izotop moddalar deformatsiya elektr yoki magnit maydonlariga kiritilsa anizatrop bo‘lib qolar ekan. Anizatrop o‘lchami bo‘lib, ularda xosil bo‘lgan O va AO lardan xosil bo‘lgan yo‘llar farqi bo‘lar ekan.
A) Zeyebek va Bryusterlar X!X asr boshlarida optik anizatrop qattiq jismni mexanik deformatsiya (siqish, cho‘zish, egish, va boshqalar) bo‘lib qonunlarini topganlar.
Buning uchun qalinligi d bo‘lgan optik anizatrop moddani ikkita ayqashtirilgan Nikol prizmalarining orasida joylashtiriladi, undan nur o‘tkazilgan xolda deformatsiyalanadi.
Deformatsiya natijasida bo‘lgan yo‘llar farqi qo‘yilgan kuchlanishga (RG‘/S=F/d) proporsionaldir.
V – moddaning xususiyatiga bog‘liq bo‘lgan koeffitsent.
Suniy optik anizotropi xodisasini optik moddalarni (shishalarni) tayyorlash vaqtida texnologiya qoidalarini saqlamasligi natijasida xosil qilingan qoldiq deformatsiyalarni aniqlash uchun ishlatiladi.
B) Keyer effekti
Kuchli bir jinsli elektr maydonida suyuq yoki qattiq izotrop modda joylashtirilsa, ularda anizotropi bo‘lishi kuzatilgan va buni Keyer effekti deyiladi.
Keyer effektini kuzatish uchun ayqashtirilgan Nikol prizmalari orasida Keyer yacheykasi joylashtirilib, unga elektr kuchlanish (elektr maydon xosil qilinadi) ulanadi. Keyer yacheykasi izotrop shisha idishdan iborat bo‘lib, uning ichiga yassi kondensator joylashtiriladi va bu idish tekshiriluvchi suyuqlik, gaz quyiladi yoki kondensator ichiga qattiq jism o‘rnatiladi.
Kondensator plastinkalariga elektr kuchlanish berilganda xosil bo‘lgan yo‘llar farqi
K - keyer doimiysi, d –suyuuflik, gaz, jism qalinligi, a- kondensator qoplama larining orasidagi masofa, U – berilgan elektr kuchlanish, Ye – qoplamalar orasidagi kuchlanganlik.
Keyer effekti juda xam qisqa vaqt (tokka ulansa bo‘ladi, tok olinsa bo‘lmaydi) bo‘lib o‘tadi. Shuning uchun xam Keyer yacheykasi zatvor (juda tez biror narsani o‘chirib yoqish yoki teskaricha.) ro‘lini o‘ynaydi.
Bu vaqt 10-9 -10-10 sek.
Shuning uchun xam 1926-yillarda Tager kinoga kartinalarga (ovozsiz kinolarga ) ovoz berish uchun ishlatgan va xozir xam ishlatmoqda.
Zeyeman effekti
Moddaning magnit maydoniga kiritilganda uning spektr sochilishi , spektr yutilishi, qutblanishi va shu modda ichida yoruglik tarqalish tezligi o‘zgaradi.
Spektr yutilishi va spektr sochilishining o‘zgarashini spektral chiziqlarning ajralishi deyiladi.
Jismni magnat maydoniga kiritganda asosan jismni tashkil qilgan atom yoki molekulalardagi orbitalar bo‘yoicha aylanib yurgan elektronlarga ta’sir qiladi.
Magnit maydon (N0) yo‘q bo‘lganda elektronlar orbitalar bo‘ylab va elektron o‘zi o‘qi atrofida (spin) xarakat qiladilar(aylanadilar)
Masalani osonlashtirish uchun biz elektronlarni faqat orbita bo‘yicha xarakat qiladi deb xisoblaymiz va buni normal Zeyem an effekti deyiladi.
Normal Zeyeman effekti Lorens klassik elektron nazariyasiga asosan tushuntiriladi.
Qutblari N – shimoliy va S – janubiy bo‘lgan magnit maydon xosil qiladigan qurilma berilgan bo‘lib, qutblari bo‘yi bo‘yicha teshilgan bo‘lsin va bu qutblar orasiga yoruglik manbaini joylashtiramiz. Ikki xil effektni yani bo‘ylama va ko‘ndalang effektni qaraymiz.
Undan tashqari elektron orbita bo‘ylab o‘ngga va chapga aylanishi mumkin.
1.Magnit maydoni bo‘lmaganda (N0) elektronga tasir qiluvchi kuchlar
G‘kulonG‘markaz qochirma
G‘ F
v
r
r
m v
II magnit maydoni bo‘lganda N0
Xarakatlanayotgan elektron magnit maydoniga kiritilsa Lorens kuchi tasir qiladi.
Dispersiya formulasi
Do'stlaringiz bilan baham: |