Oliy o‘quv yurtlarining nomutaxassislik fakultetlari


XV asrning 2-yarmida Movaraunnahr va Xuroson. Temuriylar



Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/174
Sana15.10.2022
Hajmi3,37 Mb.
#853332
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   174
Bog'liq
Узбекист тарихи Дарслик (Муртазаева)

XV asrning 2-yarmida Movaraunnahr va Xuroson. Temuriylar 
saltanatining inqirozga yuz tutishi 
 
O`zaro toju-taxt uchun kurash Abdullatifni razillik botqog‘iga 
botirib uni o`z otasining qotiliga aylantirdi. Garchi u taxt egasi bo`lsa-da, 
xalq uni “padarkush” (otasining qotili) sifatida la’natlar, Ulug‘bek 
tarafdorlari unga dushmanlik ko`zi bilan qarar edi. Bunday bir paytda 
Abdullatif xurofotchi din ahllari, darveshlar guruhi bilan ham 
yaqinlashishga harakat qildi. Biroq qotil padarkush taxtda uzoq o`tira 
olgani yo`q. 1450-yilning 8-mayida, shahar handag‘i yonida, Bog‘inavdan 
nariroqda unga qarshi suiqasd qilinib o`ldiriladi. Bu xususda so`z yuritgan 
tarixchi Mirxond fitnachilar tap tortmasdan harakat qilib, uning kesilgan 
boshini Registondagi Ulug‘bek o`zi qurdirgan madrasa peshtog‘iga 
namoyishkorona tarzda ilib qo`yadilar, deb ta’riflagan edi. Bu qotillikdan 
so`ng, tezda Samarqand taxtiga temuriylardan biri Mirzo Ulug‘bekning 
jiyani hamda kuyovi Mirzo Abdullo o`tiradi. Buxoroda esa hokimiyat 
Mironshohning nevarasi Sulton Abu Said qo`liga o`tadi. Mirzo Abdullo 
o`zining bir yillik hukmronlik davrida mamlakatda barqarorlikni 
tiklashga, Mirzo Ulug‘bekning madaniy sohadagi ishlarini davom 
ettirishga, markaziy hokimiyatni kuchaytirishga harakat qiladi. U taxt 
uchun da’vogarlar Alouddavla va Abu Saidlar bilan kurash olib borib, 
Samarqandga qarshi yurish qilgan Abu Said qo`shinini tor-mor keltiradi. 


232 
Abu Said Sirdaryo ortiga qochib, Dashti Qipchoq o`zbeklari xoni 
Abulxayrxondan (1428-1468) taxtni egallash uchun yordam so`rab 
murojaat qiladi. 1451-yili yozida Samarqand yaqinidagi Sheroz 
qishlog‘idagi qattiq jangda Mirzo Abdullo o`ldirilib, taxt Sulton Abu Said 
Mirzo (1451-1469) qo`liga o`tadi. Temuriylar davlatining Xuroson yerlari 
Shohruhning boshqa bir nevarasi, Boysunqurning o`g‘li Abulqosim Bobur 
qo`lida saqlanib qolib, u to vafoti (1457) ga qadar Hirot taxtini boshqarib 
turadi. Bu vaqtga kelib o`zaro siyosiy tarqoqlik yanada avj oladi. Birgina 
Xurosonning o`zi o`ndan ortiq qismga bo`linib ketadi. O`zaro taxt uchun 
muttasil kurashlar mamlakat iqtisodiy va madaniy hayotiga katta zarar 
yetkazib, inqiroziy holatlarga sabab bo`la boshladi. Abulqosim Bobur 
Xurosonni o`z qo`li ostida birlashtirishga, Shohruh davlatidagi madaniy 
hayotni tiklashga harakat qildi. Lekin 1454 yili uning Samarqandga 
yurishi muvaffaqiyatsiz tugab, 40 kunlik shahar qamalidan keyin u yana 
orqaga qaytishga majbur bo`lgan edi.
1457-yili Abulqosim Bobur Mashhadda vafot etgandan so`ng Hirot 
taxti, Xuroson yerlari uchun kurash yana avj oldi. Bunday vaziyatdan 
ustalik bilan foydalangan Movarounnahr hukmdori Sulton Abu Said 
Mirzo 1457 yili Xurosonga yurish qilib Hirotni egallaydi. Shu tariqa Abu 
Said temuriylar davlatining ikkala qismini birlashtirishga muvaffaq 
bo`ladi. Sulton Abu Said Mirzoning (1451-1469) hukmronlik davrida 
davlat hududlari kengayib, uning chegaralari Sharqiy Turkistondan to 
Iroqqacha, Sirdaryodan to Hindiston chegaralarigacha bo`lgan yerlarni o`z 
ichiga oldi. O`z hukmronligi davrida Abu Said doimiy ravishda 
hokimiyatini mustahkamlashga, isyonkor amaldor-noiblarni jazolashga 
asosiy e’tiborini qaratdi. Shuningdek, u birmuncha iqtisodiy va madaniy 
tadbirlar o`tkazishga ham urindi. Lekin, uning bu sohadagi ishlari o`zining 
yaxshi natijasini bera olmadi. Ma’rifat va madaniyat Ulug‘bek davridek 
gullab yashnamadi. Shuningdek, Abu Said Xuroson, Eron, Xorazmdagi 
siyosiy tarqoqlikni ham butkul tugata olmadi. Hirot taxtiga da’vogarlardan 
biri Umarshayxning evarasi, yosh temuriy shahzoda Sulton Husayn 
(1438-1506) Abul Qosim Bobur vafotidan (1457 y.) keyin Xuroson mulki 
uchun o`z harakatlarini boshlab yuborgan edi. U XV asr 60-yillaridan 
katta harbiy otryadga bosh bo`lib, 1461-1464-yillarda Hirot, Obivard, 
Niso, Mashhad va Xorazmda hokimiyat uchun goh muvaffaqiyatli goho 
muvaffaqiyatsiz kurashlarni olib bordi.
1469-yili erta bahorda temuriylarga avvaldan tegishli bo`lgan 
G‘arbiy eron yerlarini qaytarib olish maqsadida Sulton Abu Said 
Oqqo`yunlo` 
turkmanlariga 
qarshi 
yurishni 
boshlaydi. 
Biroq, 


233 
oqqo`yunlo`lar 
hokimi 
Uzun 
Hasan 
(1453-1478) 
tomonidan 
Ozarbayjonning Mug‘on dashtida jang vaqtida o`ldiriladi. Abu Saidning 
o`g‘illari Sulton Husayn bilan toju-taxt uchun kurashishga botina olmay, 
Movaraunnahrga qaytib ketadilar. Sulton Husayn esa 1469-yil 24-martda 
tantanali sur’atda Hirotga kirib keladi. Natijada temuriylar saltanati yana 
ikki qism: Xuroson va Movaraunnahrga bo`linib ketadi. Movaraunnahr 
esa ketma-ket sulton Abu Saidning o`g‘illari Sulton Ahmad (1469-1494), 
Sulton Mahmud (1494-1496) hamda Mahmudning o`g‘li Sulton Ali Mirzo 
(1496-1501)lar tomonidan mustaqil ravishda boshqarildi. Lekin ko`p 
holda ayniqsa Sulton Ahmadning davlat boshqaruvidagi kaltabin, uquvsiz 
va sustkashligi, Sulton Mahmud va Sulton Ali Mirzolarning davlat 
ishlarining o`z holiga tashlab, aysh-ishratga mukkalaridan ketganligi bois 
ushbu hukmdorlar davrida o`zaro tarqoqlik yanada kuchayadi. Ayrim 
viloyat noiblari, amirlarning ta’siri o`sib, ko`pincha ular mustaqil faoliyat 
yo`liga o`tib ola boshlaydilar. Siyosiy hayot, ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlarda ruhoniylarning, ayniqsa so‘fiylarning ta’siri yanada 
kuchayadi. Xususan, shu davrning ko`zga ko`ringan diniy arbobi Xoja 
Ubaydulloh Ahror (1404-1490), mamlakatda ta’sirli shaxsga aylanib, 
o`zaro kurash nizolar vaqtida mamlakat tinchligini saqlash yo`lida bir 
necha marotaba bu kurashlarni to`xtatib qolishga muvaffaq bo`ldi. El-yurt 
tinchligi, osoyishtaligi yo`lidagi uning faoliyati, vatanparvarligi, albatta, 
e’tiborga sazovordir.
Temuriylar davlatining janubida ahvol o`zgacha edi. Sulton Husayn 
(Boyqaro) (1469-1506) davlati o`z tarkibiga Xorazm, Xuroson, Eronning 
bir qismini olgan bo`lib, u temuriylar tarixida oxirgi yirik davlat arbobi 
bo`lib qoldi. Uning deyarli 40 yillik hukmronlik davri ham o`zaro 
kurashlardan xoli bo`lmasa-da, lekin mamlakatda iqtisodiy va madaniy 
hayot yuksak darajada saqlanib qoldi. Mamalakat obodligi, farovonligi, 
iqtisodiy hayotning bir me’yorda kechishi, fan-madaniyatning 
yuksalishida o`z davrining tadbirli va oqil hukmdori Sulton Husaynning 
roli nihoyatda katta bo`ldi. 

Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish