YAXSHIDAN BOG’ QOLADI.
Ko`klam kunlarining birida Sulton Husayn (1) da yolg`iz o`tiraverib zerikib ketibdi-da, do`sti Mir Alisherdan xabar olgani yo`l olibdi.
Mir Alisher yeng shimarib bog`da ishlayotgan ekan. Buni ko`rgan Sulton Husayn otidan tushib, do`sti bilan so`rashgach:
– Hormang, do`stim! Nega shoirlar majlisida ko`rinmay qo`ldingiz desam, bog`bonlikni kasb qilibsiz-da! – debdi.
Mir Alisher ham belbog`i bilan peshonasidagi terni artar ekan:
–(2) kelsa ko`chat ek, gul ek, degan ekan keksalar. Shu bog`dagi olmalarni, olchalarni qo`porib tashlab, o`rniga uch-to`rt tup yong`oq ekyapman, – deb javob beribdi.
– Ey do`stim-ey, qarigan chog`ingizda bog` qilishni sizga nima keragi bor, axir? Bu yong`oqlaringiz qachon hosilga kiradi-yu, siz qachon (3)sidan yeysiz?
– Do`stim, (4 )dan bog` qoladi, degan naqlni eshitganmisiz? Men bu (5) larni o`zim uchun emas, ko`cha changitib yurgan bolakaylar, balkim ularning ham bolalari uchun ekyapman. Bir kun kelib, shu ko`chatlarning har biri azim daraxt bo`ladi, hosil beradi, odamlar uning mevasidan totib ko`rishganda: “Bu bog` Mir Alisherdan qolgan!” deyishsa, shuning o`zi menga har qanday ne’matlardan lazzatliroqdur, deb javob beribdi.
Matn 135-so’zdan iborat bo’lib, 6-sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan.
Topshiriqlar
1-5 topshiriqlar. Yuqoridagi berilgan raqamlar o’rniga sinonimlardan mosini qo’ying.
1. a)saroy b)qasr c)ko’shk d)qal’a
2. a)bahor b)ko’klam c)yashil fasl d)ikkinchi fasl
3. a) meva b)samar c)danak d)mag’iz
4. a)yaxshi b)ezgu c) samimiy d)saxiy
5. a)ko’chat b)nihol c) daraxt d) yog’och
6-topshiriq. Yuqoridagi matndan narsa-buyum otlarini topib yozing. Masalan, ko’chat…
7-topshiriq. Ko`klam kunlarining birida Sulton Husayn (1) da yolg`iz o`tiraverib zerikib ketibdi-da, do`sti Mir Alisherdan xabar olgani yo`l olibdi. Ushbu gapdagi so’zlarni so’z turkumlariga ajrating. Masalan, ko’klam – ot so’z turkumi, …
8-topshiriq. Yuqoridagi matndan shaxs otlarini toping. Masalan, do’st…
9-topshiriq. Mir Alisher ham belbog`i bilan peshonasidagi terni artar ekan. Ushbu gapdagi belbog’ so’ziga ta’rif bering.
10-topshiriq. – Ey do`stm-ey, qarigan chog`ingizda bog` qilishni sizga nima keragi bor, axir? Ushbu gapda kelishikning qaysi turlari qo’llangan?
a)tushum, o’rin-payt b)o’rin-payt, chiqish
c)o’rin-payt, tushum, jo’nalish d)qaratqich, jo’nalish, tushum
11-topshiriq. Ko`klam kunlarining birida Sulton Husayn (1) da yolg`iz o`tiraverib zerikib ketibdi. Ushbu gapda qo’llangan yo;g’iz so’zining so’z turkumini aniqlang.
a)ot b) ravish c) fe’l d) olmosh
12-topshiriq. Matnga mos keluvchi maqollardan topib yozing.
13-topshiriq. Matn mazmunidan kelib chiqib nega insonlar daraxt ekishlarining sababini ayting.
14-topshiriq. Siz matnga yana boshqa qanday nom bergan bo’lardingiz?
15-topshiriq. Rasm asosida 3-4 gapdan iborat kichik matn tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |