Oliy o‘quv yurtlarining nomutaxassislik fakultetlari


Amir Temur vafotidan so`ng Temuriylar davlatidagi ijtimoiy-siyosiy



Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/174
Sana15.10.2022
Hajmi3,37 Mb.
#853332
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   174
Bog'liq
Узбекист тарихи Дарслик (Муртазаева)

Amir Temur vafotidan so`ng Temuriylar davlatidagi ijtimoiy-siyosiy 
vaziyat 
Sohibqiron Amir Temur Xitoyga qilinayotgan harbiy yurish vaqtida 
qattiq og‘rib, 1405-yil 18-fevral kechasi O`tror hokimi Berdibekning 
saroyida vafot etadi. O`z davrining mohir tabiblari va ularning sardori 
bo`lmish taniqli tabib Fayzulloh Tabriziyning davo-korlari buyuk 
hukmdor tanasidagi og‘irlikka davo bo`la olmadi. Qazosiga qadar ixtiyori 
o`zida bo`lgan Sohibqiron Amir Temur o`ziga voris va taxt valiahdi etib 
nevarasi Pirmuhammad Jahongirni vasiyat qilib qoldiradi. Amir Temur 
barpo etgan buyuk saltanat (jami o`z ichiga 27 ta o`lka va viloyatlarni jam 


224 
etgan) garchi Temurning mahorati va kuch-qudrati ila mustahkam turgan 
bo`lsa-da, lekin u ichki jihatdan siyosiy ancha zaif, umumiqtisodiy asosga 
ega bo`lmagan edi. O`g‘illar, nabiralarga mamlakatni qism-qismlarga 
bo`lib berilganligi va suyurg‘ol tartibi ham Temur davlati parokandaligini 
kuchaytirar edi. Temur jasadi Samarqandda dafn etilishi va motam 
marosimlari tugamasdanoq, toju-taxt uchun shahzodalar o`rtasida o`zaro 
kurash kuchayib ketdi.
Kobul 
va 
shimoliy 
Hind 
mulklarning 
hokimi 
bo`lmish, 
Pirmuhammadni ko`pchilik taxt egasi sifatida ko`rishni xohlamas ham 
edi. Buning ustiga u ancha uzoqda bo`lib, Samarqandga tezlik bilan etib 
kelish uchun imkoni ham yo`q edi. Temur vafotidan so`ng Movarounnahr, 
Xuroson, Eron, Ozarbayjon, Iroq va boshqa yerlarda notinchlik boshlanib, 
g‘alayonli vaziyatlar yuzaga kela boshladi. Sekin asta Temur kuch-qudrati 
bilan barpo etilgan buyuk saltanatga putur yeta boshladi. Fosih Havofiy 
Temurdan so`ng tirik qolgan uning o`g‘il va nabiralarini sanab, jami 
ularning soni 36 taga etishini ta’kidlagan edi. Ayniqsa ular orasida 
Shohruh (1377-1447)ni va uning o`g‘li Ulug‘bek (1394-1449) alohida 
hurmat bilan tilga olib o`tilgan. Shu davr muarrixlari taxt egaligiga 
ko`proq Shohruhni ma’qul ko`rib, uning insoniy sifatlariga yuqori baho 
berar edilar. Shohruh taxt egasi bo`lishidan avvalroq ham o`zining oqil va 
ilmli, zukko va taqvodorlik sifatlari bilan hurmat qozongan edi. 
Shuningdek, bu vaqtda Temurning boshqa bir o`g‘li Mironshoh (1366-
1408) ham hayot bo`lib, u ham asosiy taxt da’vogarlaridan biri hisoblanar 
edi.
Temurning sadoqatli amirlaridan ko`pchiligi, jumladan Shohmalik 
va Shayx Nuriddinlar ham toju taxt Shohruh Mirzoga tegishi tarafdori 
edilar. Shunday bir vaqtda Mironshoh Mirzoning o`g‘li, shimoliy yerlar 
(Toshkent, Sayram, Turkiston) hokimi Xalil Sulton (1384-1409) 
shoshilinch ravishda, o`zining ming chog‘li askari bilan 1405 yilning 18 
mart kuni Samarqandni egallaydi va o`zini Movarounnahr hukmdori deb 
e’lon qiladi. Hatto u Pirmuhammadga tegishli Amudaryoning o`ng 
betidagi yerlarni ham o`z tasarrufida deb e’lon qiladi. Avval boshda uni 
qo`llagan Movarounnahr amirlari, harbiy sarkardalar ko`p o`tmay undan 
ixloslari qayta boshlaydi. Xalil Sulton va ayniqsa uning xotini Shodimulk 
poytaxtda ko`plab nojoiz ishlarga izn berishadi, Temur davridayoq nufuzli 
bo`lgan ba’zi amaldor, zodagonlar mulklarini tortib ola boshlashadi.
Davlat xazinasi o`z holicha sovurila boshlanib, hokimiyatga ko`plab 
nomaqbul kishilar kela boshlaydi. Shohruh bilan birinchi o`zaro nizodan 
so`ng Xalil Sulton garchi uning oliy hukmdorlik huquqini tan olsa-da, 


225 
Movarounnahr uning ixtiyorida qolajagini ma’lum qiladi. Xalil Sultonni 
Iroq tomonidan boshqa bir kuch otasi Mironshoh Mirzo ham qo`llab-
quvvatlay boshlaydi. Siyosiy kaltabinlik yo`lini tutgan Xalil Sultondan 
norozilik tobora kuchaya boshlaydi. Farg‘ona hokimi Amir Xudoydod 
Xalil Sultonga qarshi bosh ko`taradi. Shohruhning sadoqatli kishisi 
bo`lmish Shayx Nuriddin O`tror hokimi, o`z ukasi bo`lmish Berdibek 
bilan birga boshqa bir isyon ko`tarilishiga sababchi bo`ladi. Xalil 
Sultonning ukasi Mirzo Sulton Husayn Amudaryo bo`ylarida o`z akasiga 
qarshi bosh ko`taradi. Xorazm esa Oltin O`rdalik taniqli sarkarda Amir 
Idiku o`zbek tomonidan ishg‘ol etiladi.
1405-1406-yillarda Xalil Sultonning Shohruh, Pirmuhammad 
qo`shinlari bilan Movarounnahr taxti uchun bir necha bor harbiy 
to`qnashuvi sodir bo`ladi. Butun Temur saltanati o`zaro toju taxt 
kurashlari domiga tortiladi. Yagona hisoblangan saltanat Shohruh 
boshqarayotgan Xuroson, Balxdan to Hind yerlarigacha bo`lgan yerlarga 
hokim Pirmuhammad, G‘arbiy eron, Ozarbayjon, Iroq tasarrufida bo`lgan 
Mironshoh va uning avlodlari (Umar Mirzo, Abu Bakr) yerlariga bo`linib 
ketdi. Movaraunnahr Xalil Sultonga rasman qarashli deb hisoblansa-da, 
Turkiston, O`tror, Sayramda Amir Berdibek, Farg‘onada esa Amir 
Xudoydod hukmronlik qilishar edi. Barcha Temuriylarni saltanatning 
yuragi bo`lmish, Movaraunnahrni egallash istagi tark etmas edi.
Movaraunnahr hokimi Xalil Sultonning o`z holicha ish tutishi, 
temuriy zodagon, amirlarning kamsitilishi, musulmon ulamolari, jumladan 
naqshbandiya tariqatining taniqli shayxi Muhammad Porsoning 
tahqirlanishi muxolif kuchlarning dushmanligini kuchaytirib yubordi. Shu 
vaqtning o`zida o`zaro fitna g‘alayonlarning navbatdagi qurbonlari ham 
paydo bo`ladi. 1407 yil 22 fevralda taxt valiahdi hisoblangan 
Pirmuhammad o`zining vaziri Pirali Toz tomonidan suiqasd natijasida 
o`ldiriladi. (Keyinchalik o`zini Pirmuhammadning “qasoskori” deb e’lon 
qilgan Shohruh Pirali Tozni Hirotda qatl etadi). 1408-yil 22-aprelda esa 
qoraqo`yunli turkmanlar bilan jangda hokimiyat uchun boshqa bir 
da’vogar Mironshoh Qora Yusuf tomonidan Ozarbayjon va Iroq uchun 
bo`lgan jangda o`ldiriladi. Natijada Ozarbayjon va Iroq temuriylar 
tasarrufidan chiqadi.
1409-yil boshida esa siyosiy vaziyat yanada keskinlashadi. Amir 
Xudoydod shu vaqtda Xalil Sultonni Samarqand yonidagi Sheroz 
qishlog‘ida mag‘lubiyatga uchratib, uning o`zini asirlikka oladi. Xuroson 
hokimi Shohruh esa o`ziga qarashli bo`lgan Mozandaron va Mashhadda, 
so`ngra uning ilkiga o`tgan Seyiston va Kirmonda o`z hokimiyatini 


226 
mustahkamlaydi. So`ngra butun e’tiborini Movaraunnahrga qaratadi. 
Sheroz jangidan bir oz avval Shohruh Xalil Sultonga Movaraunnahr taxti 
uchun jang qilish xususida yorliq ham yuborgan edi. Shohruh saltanat 
markazidagi bedodliklarga bundan buyon befarq bo`la olmasligini e’lon 
qildi. 1409-yil 25-aprelida u Amudaryodan o`tib Samarqand tomon jadal 
yo`l oladi. Xalil Sultonni qo`lga olgan Amir Xudoydod qo`shinlarini 
Shohruh yuborgan harbiy qism tor-mor etib, Xalil Sultonni asirlikdan 
ozod qilishadi. Oliyjanob insoniylik sifatlariga ega bo`lgan temuriy 
Shohruh Mirzo o`zaro gina-kudratlarni unutib, uni yaxshi kutib oladi. 
Amir Xudoydod esa mamlakatdan qochib ketadi. 1409-yilning dekabriga 
qadar Shohruh Mirzo Movaraunnahrda tinchlik osoyishtalik o`rnatib, 
Xalil Sulton va boshqa temuriy shahzodalar tarafdorlariga qarshi keskin 
choralar ko`radi, izdan chiqqan xo`jalik hayotni, savdo-sotiqni tiklaydi.
Temuriylar saltanatining taqdiri oydinlashib, Xuroson hokimi 
bo`lmish Shohruh Mirzo (1405-1409) temuriylar davlatining oliy 
hukmdori (1409-1447) sifatida e’tirof etildi. Tarixda esa Shohruhning 
deyarli 40 yillik barqaror hukmronlik davri boshlanadi. O`zaro nizo va 
fitnalardan, iqtisodiy, savdo munosabatlarini chippakka chiqargan 
vayronagarchilik urushlardan charchagan xalq, markazlashgan kuchli 
davlat sari intilayotgan Shohruh Mirzoning hatti-harakatlarini qo`llab-
quvvatlar edi. Chunki faqatgina kuchli, markazlashgan davlatgina o`zaro 
osoyishtalik, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashi mumkin edi. Shohruh 
Temur davlati o`zagini saqlab qolishga muvaffaq bo`ldi. Shu bilan birga u 
deyarli barcha o`lka, viloyat noiblarini o`z lavozimlaridan chetlashtirib, 
o`ziga ishonchli hisoblagan qarindosh-urug‘larini bu lavozimlarga qo`ya 
boshlaydi. Jumladan, Balx va Badaxshon-Ibrohim Sultonga, Sheroz-
Suyurg‘atmishga, Qobul va Qandahor-Qaydu Mirzoga, Xurosonning bir 
qismi - Boysunqur Mirzoga, G‘arbiy Eron hamda Iroqi Ajamning bir 
qismi - Sulton Muhammadga, Fors viloyati-Abdullo Mirzolarga suyurg‘ol 
tarzida bo`lib beriladi.
Shu yo`l bilan Shohruh boshqaruv tizimi qulay va ixcham bo`ladi 
deb o`ylagan edi. Lekin keyinchalik ishonchli qondoshlar ichidan ham 
isyonkor noiblar chiqa boshlaydi. Xususan, Shohruhning nevarasi Sulton 
Muhammad Eron noibi etib tayinlangach, markazga bo`ysunishdan bo`yin 
tovlay boshlaydi. So`nggi marotaba Shohruh isyonkor nevarasini 
o`limidan sal avval (1446-y.) Eronga yurish qilib, uning jazosini berib 
qo`yishga majbur bo`lgan edi. Yagona Shohruh davlatida Movaraunnahr 
qismining alohida o`rni bor edi. Davlatning markaziy poytaxti Hirot 
shahri hisoblansa, Movaraunnahrning markazi Temur poytaxti bo`lmish 


227 
qadimiy Samarqand shahri hisoblanar edi. Movarounnahr yerlarining 
boshqaruvi esa Ulug‘bek qo`liga topshirilgan bo`lib, u umrining oxiriga 
qadar (1449-y.), 40 yil mobaynida bu yerlarni boshqarib keldi. 1409-yili 
Movaraunnahr qo`lga olingandan so`ng Shohruh Ulug‘bekni shu 
o`lkaning noibi etib tayinlaydi. 15 yoshli o`smir davlat boshqaruvi ishlari 
uchun yosh ekanligi hisobga olinib, taniqli amir Muboriziddin 
Shohmalikni unga otaliq etib tayinlab, boshqaruv ishlari amalda 
otaliqning qo`lida mujassamlashadi.
Movaraunnahrlik amirlarning ba’zilari Ulug‘bek va Shohmalik 
hokimiyatlarini tan olishni istashmaydi. Jumladan, 1410-yilda qayta bosh 
ko`targan Shayx Nuriddin g‘alayoni faqatgina Shohruh Mirzoning 
aralashuvi tufayli bostirilib, noiblik o`rni Ulug‘bekning o`ziga qoldiriladi. 
1411-yili Movaraunnahrda ancha muxolif kuchlariga ega bo`lgan va 
Ulug‘bekning mustaqil 
xatti-xarakatlariga to`sqinlik qilayotgan 
Muboriziddin Shohmalik Shohruh bilan birga Hirotga qaytib ketadi. 
Ulug‘bek Mirzo esa shu yildan boshlab Movaraunnahrning “Yagona va 
qonuniy sultoni” sifatida hokimiyatni boshqaradi. 
Shohruh va uning o`g‘li Ulug‘bek o`z siyosatlarining ustuvor 
yo`nalishlari etib avvalo mamlakat hududlarini kengaytirish hamda 
markaziy hokimiyatni mustahkamlash deb bildilar. Shohruh 1413 yili 
Eronni o`z qo`li ostiga oladi. O`sha yili Shohruh qo`shini yordamida 
Ulug‘bek Oltin O`rda xonlari ixtiyoridagi Xorazmni tortib oladi. Bu 
kurashda faol ishtirok etgan Shohmalik Xorazm noibi etib tayinlanadi. 
Ulug‘bek 1414-1415-yillarda o`z amakivachchasi amirzoda Ahmad 
hukmron bo`lib turgan Farg‘onani uning qo`lidan tortib oladi. 
Shuningdek, uning Qoshg‘arga nisbatan siyosati ham muvaffaqiyatli 
tarzda hal bo`ladi. Avval boshda sobiq Farg‘ona hokimi Ahmad 
Qoshg‘ardan panoh topgan edi. Lekin temuriylar bilan munosabatlarni 
keskinlashtirmaslikni lozim deb hisoblagan Qoshg‘ar hokimi Shayx Ali 
To`g‘ay Ulug‘bek bilan o`zaro muzokaralar olib boradi. Natijada, 1416-
yili u “Buyuk amirning ruhi, himoyasiga” o`tish istagini bildirib, 
Qoshg‘arni Ulug‘bek yuborgan vakillar Siddiq va Alilar qo`liga 
topshiradi.
Ulug‘bek shimoldagi qo`shnilari bo`lmish Dashti Qipchoq va 
Mo`g‘ulistondagi ichki siyosiy ahvol barqarorligi va u yerlarda o`ziga 
ittifoqchi bo`lgan kishilarni hokimiyat tepasida bo`lishini istar edi. Shu 
sababdan ham uning aralashuvi hamda harbiy ko`magi bilan Dashti 
Qipchoqda O‘rusxonning nabirasi Shahzoda Baroqxon hokimiyat tepasiga 
keladi. Mo`g‘ulistonda esa Ulug‘bekning yordami bilan Shermuhamadxon 


228 
raqibi Vaisxonni engib Mo`g‘uliston taxtini egallaydi. Ulug‘bek bu xonlar 
orqali shimolda va sharqda o`z ta’sirini o`tkazishga va o`ziga ishonchli 
ittifoqchilarga ega bo`lishini ko`zlagan edi. Avval Shermuhammadxon 
Movaraunnahr ichki ishlariga aralashishga harakat qilib, o`z valine’matiga 
nisbatan nohaq munosabatda bo`la boshlaydi. 1424-yili noyabr oyida 
Shohruhning rizoligi bilan Ulug‘bek Mo`g‘uliston ustiga yurish 
boshlaydi. Uning asosiy kuchlari 1425-yil erta bahorida Chu daryosidan 
o`tib, Issiqko`l yaqinida mo`g‘ullarni tor-mor keltiradi.
Bu jang Ulug‘bek olib borgan jiddiy urushlarning birinchisi va 
so`nggisi edi. Tez orada shimoldan yana boshqa bir xavf paydo bo`ladi. 
Ulug‘bek yordami bilan avval Dashti Qipchoq, so`ngra Oltin O`rda 
hokimiyatini qo`lga olgan Baroqxon Movaraunnahr sultoni muruvvatini 
yoddan chiqardi. U Sirdaryo bo`yidagi yerlar va shaharlarni (O`tror, 
Sabron, Sig‘noq) talab, u yerlarga o`z da’vosi bilan chiqadi. 1427-yilning 
boshida Ulug‘bek Dashti Qipchoqqa harbiy yurishga otlanadi. Bu 
yurishda Ulug‘bek qo`shini mag‘lubiyatga uchrab o`zi Toshkentga 
chekinadi. Dashti qipchoqliklar bilan bo`lgan jang mag‘lubiyati 
Ulug‘bekka shunchalik katta ta’sir ko`rsatadiki, u otasining o`limigacha 
shaxsan o`zi harbiy qo`shinga bosh bo`lib, yurishlarni boshqa amalga 
oshirmaydi. 1428-yili Mirzo Ulug‘bek tomonidan amalga oshirilgan pul 
islohoti Movaraunnahr ichki iqtisodiy hayotida muhim rol o`ynadi. 
Shuningdek, zamondosh tarixchilarning ma’lumotlariga ko`ra, jumladan 
Davlatshoh Samarqandiyning yozishicha, Mirzo Ulug‘bek hukmronligi 
davrida soliqlar miqdori ham bir muncha pasaytirilgan ekan. Mirzo 
Ulug‘bek, shunday qilib, otasi tiriklik vaqtida garchi tashqi siyosat 
borasida birmuncha mustaqil harakat qilgan bo`lsa-da, lekin u haqiqatda 
otasi Shohruh Mirzoning Movaraunnahrdagi ishonchli va itoatkor hokimi 
bo`lib qoladi. Ulug‘bek ichki va tashqi siyosat borasida otasi bilan 
bamaslahat ish tutar, soliqlarning bir qismini muntazam Hirotga jo`natar, 
xutba va tangalarda otasining nomi zikr etilardi. Shuningdek, u vaqti-vaqti 
bilan otasiga hisob berib turar, harbiy yurishlari vaqtida unga moddiy va 
harbiy ko`mak yetkazib berishga majbur edi.
Shohruhning keksayishi bilan toju taxt uchun zimdan paydo bo`lgan 
nizolar ham faollasha boradi. Ulug‘bekning onasi Gavharshodbegim 
(1457-y. vafot etgan) siyosiy ishlarga faol aralasha borib, nevarasi 
Alouddavlani taxt vorisi sifatida ko`rishni istar edi. Shohruhning yana bir 
hayot bo`lgan o`g‘li Muhammad Jo`ki (1402-1444) ham o`zini taxt egasi 
sifatida ko`rishga haqli deb hisoblar edi. Toju-taxt uchun zimdan 
boshlangan kurash 1444-yili Shohruh og‘ir xasta bo`lib qolganda ayniqsa 


229 
yaqqol namoyon bo`lgan edi. Shohruh xastalikdan tuzalib, 1446-yilning 
so`ngida o`zining oxirgi harbiy yurishini amalga oshiradi. Fors va Iroq 
Ajamda uning nevarasi Sulton Muhammad bobosiga qarshi qo`zg‘olon 
ko`tarib, Hamadon va Isfahonni bosib oladi. Garchi Shohruh isyonni 
bostirib, qo`zg‘olonchilarni jazolasa-da, lekin yana xastalanib 1447-yil 
12-martda Ray viloyatida olamdan o`tadi. Shohruhning o`limi Xuroson va 
Movaraunnahrda o`zaro temuriy shahzodalar o`rtasida toju-taxt uchun 
kurashni boshlab yuboradi. Mamlakat yana sarosima, tahlika, beqarorlik 
domiga tortiladi. Shariat va urf-odatga ko`ra o`z-o`zidan oliy hukmdorlik 
yagona voris Mirzo Ulug‘bek qo`liga o`tishi kerak edi. Lekin Boysunqur 
Mirzoning o`g‘illari Alouddavla va Abulqosim Bobur Ulug‘bekka qarshi 
harbiy harakatni boshlab yuboradi. Xuroson-Alouddavla qo`liga, 
Mozandaron va Jurjon Abulqosim Bobur ixtiyoriga o`tadi. Sulton 
Muhammad esa G‘arbiy Eron va Forsda o`zini mustaqil hukmdor deb 
e’lon qiladi. Muhammad Jo`kining o`g‘li Abu Bakr esa Balx, Shibirg‘on, 
Qunduz, Bag‘lonni bosib oladi. Mamlakatning talon-taroj, parokanda 
bo`lishini oldini olish maqsadida Ulug‘bek muammolarni tinch-muzokara 
yo`li bilan yechmoqchi bo`ladi. Jumladan u Alouddavla bilan o‘zaro 
muzokaralarni boshlaydi. Alouddavla Ulug‘bekning o`g‘li Abdullatifni 
asir olib, uni Hirotdagi Ixtiyoriddin qal’asiga qamab qo`ygan edi. 
Ulug‘bek yuborgan vakil sadr Nizomiddin Mirak Mahmud, 
Movarounnahr sultonining Hirotga yurish niyati yo`q ekanligi va bu 
da’vodan u voz kechishini bildiradi. Ikki o`rtadagi chegara Murg‘ob 
vohasi deb belgilanib, Abdullatifga Balx hokimligi lavozimi beriladi.
Lekin hech qancha o`tmasdan Abdullatif va Alouddavla o`rtasidagi 
munosabatlar yana keskinlashadi. Abdullatifning o`z holicha Hirotga 
qarshi yurishi muvaffaqiyatsiz tugaydi. U otasi Ulug‘bekka yordam so`rab 
murojaat qiladi. 1448-yil bahorida Ulug‘bek va Abdullatifning 90.000 
kishilik birlashgan qo`shini Hirotdan 14 farsah uzoqlikdagi Tarnob degan 
joyda Alouddavla qo`shinini tor-mor keltiradi. Alouddavla jang 
maydonidan qochadi. Hirot deyarli jangsiz egallanadi. Mashhadgacha 
bo`lgan yerlarni Ulug‘bek, Astrobodgacha bo`lgan yerlarni Abdullatif o`z 
ixtiyorlariga olishadi. Ulug‘bek bu harbiy yurishni uzoq davom ettira 
olmas edi. Chunki, Dashti Qipchoqdagi ko`chmanchilarning talonchilik 
yurishlari bu paytga kelib, tez-tez amalga oshib turar, mamlakatga 
sharqdan mo`g‘ullar xavf solib turar edilar. Qolaversa hukmdor poytaxtni 
uzoq vaqt egasiz qoldirishi mumkin emas edi.
Tarnob jangi muvaffaqiyatli yakunlangan bo`lsa-da, lekin Ulug‘bek 
va shahzoda Abdullatiflar o`rtasida munosabatlarning sovuqlashuviga 


230 
ham olib keladi. Ulug‘bek bu g‘alabani ko`proq boshqa bir o`g‘li 
Abdulaziz nomi bilan bog‘lar, g‘alaba yorliqlarida Abdullatif nomi 
Abdulazizdan so`ng tilga olinar edi. Abdullatif garchi Hirot taxtiga 
o`tirsa-da, lekin Shohruh xazinasi undan olib qo`yiladi. Garchi bu 
Ulug‘bek tomonidan ma’lum bir nohaqlik deb hisoblansa-da, lekin bu 
bilan Ulug‘bek bundan buyon asosiy poytaxt Samarqand, Xuroson 
davlatning bir bo`lagi degan g‘oyani shu xatti-harakati bilan anglatmoqchi 
bo`ladi. O`ta hokimiyatparast va shuhratparast, mol-dunyoga o`ch 
Abdullatif uchun shuning o`zi otasiga qarshi bosh ko`tarish uchun katta 
bahona edi. Abdullatif Hirotda 15 kuncha hukmronlik qilib, so`ng 
Amudaryodan o`tib, Movaraunnahrga keladi. Bu paytda Abulqosim 
Bobur qo`shini esa Hirotga yaqinlashib kelayotgan edi. Ulug‘bek farmoni 
bilan Abdullatif yana Balxga noib etib tayinlanadi. Balxda Abdullatifning 
otasiga qarshi hatti-harakatlari kuchayib, o`z xolicha u xorijiy 
savdogarlardan olinadigan “tamg‘a” solig‘ini bekor qiladi. Bu soliq esa 
o`z navbatida davlat daromadining asosiy manbalaridan biri edi. Otasiga 
qarshi kayfiyatdagi kishilarni o`z atrofiga yig‘ib, hatto Abulqosim Bobur 
bilan ham Ulug‘bekka qarshi yashirin til biriktiradi. Bu paytda Ulug‘bek 
davlatining siyosiy ahvoli ham ancha murakkab tarzda turar edi. Ulug‘bek 
Abulxayrxon boshchiligidagi dasht qo`shinlariga qarshi kurashishga 
to`g‘ri keladi. Samarqand noibi etib qoldirilgan o`g‘li Abdulaziz esa 
“amirlar xonadoniga tazyiq o`tkazyapti” deb ovoza tarqalib, bundan 
amirlarning noroziligi juda kuchayib ketadi. Shuningdek Ulug‘bek 
turkmanlarning ¨rali boshchiligidagi isyonini, temuriy shahzodalardan 
Abusaidning Samarqand atrofidagi hatti-harakatlarini ham bostirishga 
to`g‘ri keladi. Davlat yaxlitligi, temuriylar birligini saqlash maqsadida 
Ulug‘bek Abdulazizni o`zi bilan birga olib, makkor o`g‘li Abdullatifga 
qarshi kurashga otlanadi. Abdullatif esa otasining og‘ir ahvolidan 
foydalanib, tezda ochiq isyon yo`liga o`tadi. U Amudaryodan kechib 
o`tib, Termiz, Kesh, Hisorni qiyinchiliksiz egallaydi.
1449-yilning oktabr oyi boshida Samarqand yaqinidagi Damashq 
qishlog‘ida Mirzo Ulug‘bek va shahzoda Abdullatif o`rtalaridagi jang, 
Ulug‘bek mag‘lubiyati bilan tugaydi. Mag‘lub bo`lgan Mirzo Ulug‘bek 
poytaxt Samarqand tomon yo`l oladi. Lekin xiyonat yo`liga o`tgan, 
Samarqandda hokim etib qoldirilgan, Mironshoh qavchin uni shaharga 
kiritmay, darvozalarni berkitib qo`yishga buyruq beradi. Shuningdek 
Shohruhiya qal’asi qutvoli Ibrohim mamluk ham uni qal’aga qo`ymaydi. 
Shundan so`ng Ulug‘bek keyingi hatti-harakatlari foydasiz ekanligini 
anglab, Abdullatifga taslim bo`lishga majbur bo`ladi. Mirzo Ulug‘bek toju 


231 
taxtdan voz kechib, Makkaga haj safariga ketishga izn so‘raydi. Abdullatif 
hajga ruxsat berib, Amir Muhammad Xusravni unga hamroh qilib 
jo‘natadi. Lekin, oradan hech qancha o‘tmasdan, shahar qozisi 
Shamsiddin Muhammad Miskinning qarshiligiga qaramay, ulamolarning 
yashirin fatvosi bilan otasining o‘limini uyushtiradi. O‘z davrining 
mashhur hukmdori va zabardast olimi Mirzo Ulug‘bek 1449-yilning 27-
oktabrida Samarqand yaqinida fojiali tarzda o‘ldiriladi. Oradan 2-3 kun 
o‘tmasdan inisi Abdulaziz va Ulug‘bekning sadoqatli to‘rt nafar amiri qatl 
etiladi.
Roppa-rosa qirq yil (1409-1449) davom etgan, manbalar tili bilan 
aytganda “temuriylar saltanatining yorqin gavhari” Mirzo Ulug‘bek 
hukmronligi shu tariqa o‘z poyoniga yetadi. Bu davr keskin, murakkab 
kurashlar sahnasida o‘tsa-da, biroq Mirzo Ulug‘bek o‘z davlatini 
mustahkamlash, birlikni saqlash, iqtisodiy barqarorlikni yuzaga keltirish, 
madaniy hayotni yuksaltirish borasidagi xizmatlari temuriylar tarixida 
alohida ahamiyatga ega bo‘ldi.

Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish