Referati. Toshkent 2023



Download 113,36 Kb.
bet1/3
Sana07.01.2023
Hajmi113,36 Kb.
#898240
TuriReferat
  1   2   3
Bog'liq
5.1-5.2

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universititeti



EKR 61-guruh talabasi Islomov Azizbekning “Iqtisofiy ta’limotlar tarixi”

fanidan tayyorlagan referati.




TOSHKENT 2023

AMIR TEMURNING IJTIMOIY-IQTISODIY QARASHLARI


Amir Temur va Temuriylar davri tarixda uyg‘onish davri sifatida XIV–XV asr Markaziy Osiyo tarixida “oltin asr” deb ataladi. Buyuk sohibqiron Amir Temur dunyodagi eng kuchli va katta saltanatlardan birini barpo etgan bo‘lib, u harbiy san’ati, davlatni qanday asoslarga tayanib boshqarganligi, shuningdek, o‘z raiyatining farovonligi yo‘lida olib borgan islohotlari davrlar osha tadqiqotchilar hamda siyosatchi, arboblarning diqqat-e’tiborini tortib kelgan. Bugungi kungacha Amir Temurga bag‘ishlab yaratilgan jiddiy asarlar soni Yevropa tillarida 700 dan ziyod, sharq tillarida esa 900 dan ko‘pdir. Bu asarlarda Amir Temur shaxsi va saltanatining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayoti alohida qiziqish bilan o‘rganilgan63. Amir Temur (1336–1405) davlatni boshqarishda mamlakat mustaqilligiga, el-yurt osoyishtaligiga, uni obod etishga katta ahamiyat berib, o‘ziga xos maktab yaratdi. Jumladan, Sohibqiron davlatida saltanatning markaziy ma’muriyatini bosh vazir – devonbegi boshliq quyidagi yetti vazirdan iborat arkoni davlat boshqargan:

  1. Mamlakat va raiyat ishlari bo‘yicha vazir.

  2. Sipoh vaziri, ya’ni harbiy ishlar bo‘yicha vazir.

  3. Tijorat vaziri.

  4. Saltanat ishlarini yurituvchi vazir. Ana shu to‘rt vazirdan tashqari, chegara viloyatlari va tobe mamlakatlar ishlarini nazorat qilib turish uchun maxsus uch nafar vazir tayin etilgan. Ular mazkur viloyat va mamlakatlardan davlat xazinasiga kelib tushadigan daromadlarni nazorat qilish va ularga bog‘liq moliyaviy masalalar bilan mashg‘ul bo‘lgan64. O‘z navbatida, ular saltanatning bosh nazorat hay’ati – “xolisa”ni tashkil etishgan. Amir Temur davlatni boshqarishda mulkchilik munosabatlariga jiddiy e’tibor qaratgan. Uning ta’biricha, davlatu saltanat uch narsa: mulk, xazina va lashkar bilan tikdir65. Bosh hukmdor tomonidan yirik mulkdorlarga biron xizmatlari evaziga taqdim etiladigan yer-mulkning tarxonlik66, tanxoh67 va tuyul68 yorliqlari asosida berilishi keng tarqalgan. Shu bilan birga, turli yorliqlar asosidagi maosh, yer-mulk berilishi va unumli foydalanish tizimi nazorat ostiga olingan. “Hukm qildimki, – deya ta’kidlaydi Amir Temur,

davlat tomonidan belgilangan butun maoshlarning to‘liq ma’lumotlarini devonbegi va vazirlar avval menga bildirsin, so‘ngra tanxoh berilsin.... O‘nboshi, yuzboshilarga maosh shahar omonligi69 xazinasidan va podsholik mulki daromadidan naqd pul hisobida yozilsin. Mingboshilarga viloyat ichidagi ekinzorlardan tuyul bersinlar. Amirlar va amir ul-umarolarga esa chegaralardagi viloyatlardan biri tuyul qilib belgilansin... Qaysi amirga tuyul berilar ekan, uni uch yilgacha
o‘z holiga qo‘ysinlar. Uch yil o‘tganidan so‘ng uni tekshirib ko‘rsinlar. Agar mamlakat obod, raiyat rozi ekan, shu holicha qoldirsinlar. Agar ahvol bunga ters bo‘lsa, ul viloyatni xolisaga70 o‘tkazib, uch yilgacha o‘sha yer egasiga haq berilmasin”. Bu davrda yer va mulkchilikning asosan to‘rtta shakli, ya’ni:

  • mulki devoniy – davlat yerlari;

  • mulk – xususiy yerlar;

  • mulki vaqf – madrasa va ibodatxonalar tasarrufidagi yerlar; Oʻsha asar. 109-bet. Tarxonlik yorligʼi – mulk egasini soliq, to‘lov va boshqa majburiyatlardan ozod etilishini

kafolatlovchi, odatda, amirlar, beklar, saroy amaldorlari, sayyidlar va boshqa yuqori tabaqa vakillariga beriluvchi hujjat. S.Saidqosimov (rahbar), А.Аhmedov, B.Аhmedov va boshqalar. Аmir Temur jahon tarixida. – T.: Sharq, 2001, 104-bet. Tanxoh – saroy xizmatchilari, lashkarboshilar va boshqalar uchun maxsus xazinadan beriladigan
maosh pul, baʼzida alohida xizmat ko‘rsatgan beklarga tanxoh sifatida yer-suv berilgan. Xalqaro Аmir

  • jamoa yerlari mavjud bo‘lgan. Dehqonchilik yerlarining eng katta qismi davlat mulki hisoblangan. Ularga avvalgidek yurt hukmdorlari – sulton yoki amir egalik qilgan.

Amir Temur va temuriylar davrida suyurg‘ol keng qo‘llanilgan. U Amir Temur davlati tashkil topishi arafasida joriy qilinib, yerlar hajmi, sharti hamda yer va yorliqqa ega shaxslarning tabaqasi jihatidan turlicha bo‘lgan. Suyurg‘ol yerlari ba‘zan oliy hukumat farmoniga binoan avloddan avlodga meros qoldirilgan. Egasiga o‘z suyurg‘oli doirasida amaldorlar tayinlash, soliqlar va boshqa to‘lovlarni to‘plash hamda aybdorlarni jazolash huquqi berilgan. Qayd etish kerakki, buyuk Sohibqiron hukumatga aloqador har qanday mansab egalaridan o‘z ishiga, xususan, mulkchilik masalasiga tartib, mas’uliyat va adolat bilan yondashishlarini qattiq talab qilgan. Aksincha ish tutib, mol-mulkka zarar yetkazganlariga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan. Agar kimda-kim qarovsiz yerlarni obod qilsa, koriz qursa yoki bog‘ yaratsa, soliq to‘lovlari bo‘yicha muayyan imtiyozlardan foydalangan. Xarob bo‘lib yotgan egasiz yerlar xolisa tarafidan obod qilingan. Mabodo, egasi bo‘lsa-yu, obod qilishga qurbi yetmasa, unga bu ishni amalga oshirishi uchun turli asboblar va kerakli narsalar berilgan. Dehqonchilikka mo‘ljallangan yerlardan olinadigan asosiy soliq xiroj (yoki mol) deb nomlangan.



Download 113,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish