muzoriylar
deb yuritilgan.
209
Buyuk hoqon hisoblangan O‘gedey (1229-1241 yy.) davridayoq
mo‘g‘ullar o‘zlariga xizmat ko‘rsatayotgan ayrim kishilar, katta yer
egalari, savdogarlarga turli yorliq va payzalar bera boshladilar. Payza
qimmatbaho metall (oltin, kumush) yoki jez, yog‘och taxtalardan
ishlangan bo‘lib, unga no‘yonning muhri qo‘yilar edi. Bunday payzaga
ega bo‘lgan kishilar, shu jumladan, elchilar, soliq yig‘uvchilar va boshqa
shaxslar aholidan turli yig‘im, to‘lovlarni talab qilib olish huquqiga ega
edilar. Ko‘plab beriladigan payza egalari aholidan tekinga ot-ulov, yem-
xashak, yotar-joy, oziq-ovqat talab qilishga haqli ham edi. Savdo
yo‘llarida joylashgan bekatlar
“yom” (jom)
deyilib, ularning xizmati va
harajati mahalliy aholi bo‘ynida edi. Bu bekatlar bo‘ylab davlat ishlari
bo‘yicha ko‘plab elchi, chopar, vakil va boshqalar o‘tib, ularga xalq
tekinga xizmat qilib, ularni ta’minlab turishi ham lozim edi. 1235-yildan
boshlab hoqon farmoniga ko‘ra, har bir yomning aloqa xizmati va harakati
2 ta tuman aholisiga yuklatildi. “Yomlar bo‘yidagi aholida toqat va majol
ham qolmagan edi”,-deb yozgan edi Rashididdin.
Mahalliy aholi-hunarmand, dehqon, chorvador, kim bo‘lishidan
qat’iy nazar umum hashar ishlarida qatnashishi va tekinga ishlab berishi
shart edi. Mo‘g‘ullarning ichki xo‘jalik hayotni savdo-sotiq sohasini bir
oz jonlantirish borasidagi chiqargan past qiymatli tangalari aholi ichida
o‘z o‘rnini topmadi. Aksincha, zo‘rlik po‘pisaga qaramay, 1232-yildan
boshlab Samarqandda pul muomalasi tugatildi, savdo-sotiq ayriboshlov
darajasiga tushib qoldi. Farg‘ona, Shosh, Termiz va boshqa viloyatlarda
mo‘g‘ul istilosidan so‘ng pul zarb etish o‘z-o‘zidan tugagan edi. Natijada
tez orada Movaraunnahrda pul muomalasi butkul izdan chiqdi.
Mislsiz jabr-zulm, aholining xo‘rlik va qashshoqlik domiga
tashlanishi, soliqlarning haddan ziyod o‘sishi, mehnatkash aholining tinka
madorini quritib yubordi. Aholi ichida mo‘g‘ullarning zo‘ravonligi va
istibdodiga qarshi norozilik harakati tobora kuchayib, bu norozilik
ayniqsa, 1238-yilgi Mahmud Tarobiy qo‘zg‘olonida o‘z aksini namoyon
qildi. Bu ozodlik qo‘zg‘oloni 1238-yil Buxorodan uch farsah (taxminan
18-21 km) uzoqlikdagi Tarob qishlog‘ida boshlandi. Bu qo‘zg‘olonda
mo‘g‘ullar va mahalliy zodagonlar zulmidan ahvoli og‘irlashgan
hunarmand, dehqon va kambag‘al aholi, ayniqsa, faol qatnashadi.
Qo‘zg‘olonga esa asli Tarob qishlog‘idan bo‘lgan g‘alvir yasovchi
hunarmand usta Mahmud Tarobiy boshchilik qiladi.
Mahmud Tarobiy avval o‘z qishlog‘ida istilochilar zulmi,
bedodligiga qarshi otashin chaqiriqlar bilan chiqadi. O‘z atrofiga yig‘ilgan
qo‘zg‘olonchilarga murojaat etib: “Yey haq toliblari, qachongacha
210
kutamiz
va
intizorlik
tortamiz.
Ro‘yi
zaminni
tangridan
qo‘rqmaydiganlardan pok qilmoq lozim. Kimning qanday qurolga qurbi
yetsa, qilichmi, o‘q-yoymi, kaltakmi, qo‘lga olsin. Qo‘ldan kelgancha
tangridan qo‘rqmaydiganlardan birontasini ham tirik qo‘ymaslik lozim”,-
degan so‘zlar ozodlik kurashiga xalqni da’vat etadi. Shu paytda
Sherozdan kelgan harbiy anjomlar ortilgan karvon qo‘zg‘olonchilarning
qurollanishiga yordam beradi. Qo‘zg‘olon kuch-qudrati oshib
borayotganligini, xalq qo‘zg‘olonchilar tarafiga o‘tib borayotganligini
ko‘rgan mo‘g‘ul no‘yonlari Movarounnahr hokimi Mahmud Yalavochdan
yordam so‘rashga majbur bo‘ladilar. Mahmud Tarobiy o‘zining ko‘plab
tarafdorlari bilan Buxoro tomon yo‘l oladi. Buxorolik aqoid (diniy ilm)
olimi, mashhur shayx Shamsiddin Mahbubiy ham qo‘liga qurol olib, o‘z
safdoshlari bilan qo‘zg‘olonchilar safiga qo‘shiladi. Tarixchi Juvayniy
Mahmud Tarobiy haqida shunday deb yozgan edi: “U akobir, boy-
badavlat kishilarni haqorat qildi, sharmandasini chiqardi, o‘ldirtirdi,
ularning bir qismi esa undan qochib qutildi. U oddiy xalqqa va
darbadarlarga, aksincha, iltifot va marhamat ko‘rsatdi”. Darhaqiqat
Mahmud Tarobiy Buxoro ahliga muruvvat namunalarini ko‘rsatdi.
Buxorodan qochgan mo‘g‘ul harbiylari va buxorolik zodagonlar
Karmanaga kelib panoh topgan edilar. Bu yerda ular ma’lum kuch
to‘plab, Mahmud Tarobiy ustiga harbiy yurishni boshlaydilar. Bundan
xabardor bo‘lgan Mahmud Tarobiy dushmanga qarshi kurashish
maqsadida shahar chetidan Karmana yo‘liga katta harbiy kuch bilan
chiqadi. Ikki o‘rtadagi qattiq jangdan so‘ng istilochilar yengilib orqaga
chekindilar. Qo‘zg‘olonchilar mo‘g‘ullarni to Karmanagacha quvib
bordilar. Ushbu jangda mo‘g‘ullardan 10000 kishi qirib tashlandi. Lekin
bu zafarli jangda qo‘zg‘olonchilar rahbarlari Mahmud Tarobiy va
Shamsiddin Mahbubiylar halok bo‘ldilar. Qo‘zg‘olonchilar endilikda
shahid ketgan Mahmud Tarobiyning o‘rniga uning ukalari Muhammad va
Alini rahbar etib saylaydilar. Lekin bu yangi rahbarlarning harbiy
tajribalari yo‘q, xalq ularni yaxshi tanimas, omma ichida ular nufuzga ega
emas edilar. Bu esa qo‘zg‘olonning borishiga salbiy ta’sir o‘tkazdi.
Oradan bir hafta o‘tmay mo‘g‘ullarning Yelduz no‘yon va Chag‘an
qo‘rchi boshchiligidagi yangi qo‘shini qo‘zg‘olonni bostirib uchun yetib
keldi. Ikki tomonlama jangda Mahmud Tarobiy tarafdorlari butkul tor-
mor qilinib, ikkala tomondan 21 mingdan oshiq jangchi halok bo‘ldi.
Mahmud Tarobiy boshchiligidagi ushbu xalq ozodlik qo‘zg‘oloni
xalqimiz ozodlik kurashlari tarixida o‘ziga xos iz qoldirdi. U, avvalo,
istilochilar va ular tomoniga o‘tib ketgan mahalliy zodagonlarning
211
umumiy zulmiga qarshi ko‘tarilgan kurash edi. Bu ozodlik qo‘zg‘oloni
mo‘g‘ul istilochilariga ular qanchalik shavqatsiz tuzum o‘rnatmasinlar,
xalq hamisha o‘z ona vatani ozodligi yo‘lida kurashdan cho‘chimasligini
namoyon qildi. Mo‘g‘ullar bu qo‘zg‘olondan so‘ng bosqoqlar tomonidan
yig‘iladigan soliq va o‘lponlarni tartibga keltirishga harakat qildilar.
Mahmud Torobiy qo‘zg‘olonidan keyin Chig‘atoy qo‘zg‘olonni
bostirishda sustkashlik qilgan, degan maqsadda, Mahmud Yalavochni o‘z
amalidan chetlashtirib, uni Movaraunnahrdan chiqartirib yubordi. Tez
orada xoqon uni Dasin (Pekin)ga shahar noibi etib jo‘natadi. Shundan
so‘ng Movaraunnahr noibi hamda ijaradori sifatida Mahmud
Yalavochning o‘g‘li Ma’sudbek tayin etiladi. U o‘limiga qadar (1289 y.)
shu lavozimni egallab turadi.
XIII asrning ikkinchi choraklaridan boshlab, mo‘g‘ullarning ichida
ham endilikda ma’lum siyosiy nizolar, parokandaliklar kelib chiqa
boshlaydi. 1241-yilga kelib bosib olingan Rusiya, Volga bo‘yi, Ural va
boshqa yerlardan Oltin O‘rda davlati tashkil topadi. Mo‘g‘ullar 1256-yili
Xulagu boshchiligida Eron, Kurdiston, Iroq va Yaqin Sharqning boshqa
yerlariga hujum qiladilar. Mo‘g‘ul xonlari o‘rtasida oliy hukmdorlik
uchun kurash avj oladi. Ayniqsa, buyuk hoqon Guyukxonning (1246-
1249) o‘limidan so‘ng bu kurash keskin kuchayadi. 1251-yili hokimiyat
tepasiga Botuxon va Berkaxonlarning qo‘llab-quvvatlashlari bilan
Tulining to‘ng‘ich o‘g‘li Munqa (1251-1259) ulug‘ xon sifatida saylanadi.
U dastlab Chig‘atoy ulusini mulk sifatida tugatadi va uni Botuxon bilan
bo‘lib oladi. Keyinchalik Munqaning o‘limidan so‘ng Chig‘atoyning
nevarasi Olg‘uxon (1261-1266) Oltin O‘rdaga qarshi kurashib, Chig‘atoy
ulusini qayta tiklashga muvaffaq bo‘ladi.
XIII asrning 60-70-yillariga kelib, rasman yagona hisoblangan
mo‘g‘ul imperiyasi aslida Erondagi Xulagiylar, Movaraunnahrdagi
Chig‘atoylar, Oltin O‘rda deyarli mustaqil qismlariga bo‘linib ketgan edi.
Har bir ulus xoni o‘zini tamomila mustaqil sanab, payt kelganda qo‘shni
uluslarga o‘lja uchun hujum ham qilib turar edilar. Masalan 1272-yili
Xulagiylarning Oqbek boshchiligidagi askarlari Kesh va Nahshab
shaharlarini, 1273-yil yanvarida Buxoroni talon-taroj etadilar. Buxoro
dahshatli qirg‘in-barotni boshdan kechirib, yetti yilgacha vayrona tarzda
yotadi. Mo‘g‘ullar to‘g‘risida so‘z ketganda yana bir muhim xususiyatni
e’tiborga olmoq kerak bo‘ladi. Bosib olingan yerlarda mo‘g‘ul harbiy
sarkardalari, no‘yonlari, zodagonlari orasida siyosiy dunyoqarash o‘zgara
boshlaydi.
212
Ba’zi no‘yon, xonlar, harbiy ma’murlarning kichik qismi, ularga
ergashgan mahalliy zodagonlar, savdogarlar, diniy ulamolar va boshqalar
o‘troq hayotga o‘tish, markaziy hokimiyatni kuchaytirib, savdo-sotiqni
rivojlantirish tarafdorlari edi. Dehqonchilik va savdo-sotiq xazinaning
asosiy manbayi bo‘lishi mumkin edi. Buning uchun esa shahar va
qishloqlarni tiklash, ekinzorlarni o‘zaro payhon etishga chek qo‘yish,
soliqlarni tartibga tushirish, shaharlar rivoji, savdo, hunarmandchilikka
homiylik qilish darkor edi. Yuqorida ta’kidlangan madaniylashish
tarafdorlari safiga Munqaxon (1251-1259) va Chig‘atoy noibi, hoqonning
yaqin maslahatchisi Ma’sudbek (1238-1289) ham kirar edilar. Munqaxon
shubhasiz tadbirli va zehnli Movaraunnahr noibi Ma’sudbekning ta’siri
ostida ba’zi bir ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirdi.
Butun mo‘g‘ullar imperiyasida soliqlar bir xil tarzda undirilmas edi.
Masalan, Xitoyning shimoli, Movarounnahrda badavlat kishi 10 dinor,
kambag‘al 1 dinor to‘lasa, Xurosonda badavlat kishi 7 dinor, kambag‘al
esa 1 dinor to‘lar edi va xakozo. Munqaxon soliq va xashar ishlarini
tartibga solish borasida maxsus farmon-yorliq chiqardi. Unga ko‘ra
Chingizxon o‘limidan so‘ng berilgan payza va yorliqlar bekor etildi,
yomlar bo‘ylab aloqa vositasi uchun ajratiladigan otlar soni belgilanib,
aholidan ortiqcha ot-ulov talab etish, yomlar uchun belgilangan otlarda
shaxsiy maqsadda foydalanish ta’qiqlab qo‘yildi. Munqaxoning
qonunlashtirib qo‘ygan chora-tadbirlari aholini behisob soliq va
yig‘inlardan ozod etib, ularning tinchlik-osoyishtaligini bir muncha
ta’minladi, shahar hayotining, ichki va tashqi savdoning rivojlanishiga
qisman imkon yaratib berdi. Bu islohotlar natijasida mamlakatning
ayniqsa shimoliy-sharqiy rayonlari, jumladan Farg‘ona vodiysida xo‘jalik,
iqtisodiy hayotda jonlanish sodir bo‘la boshlaydi.
Ayniqsa, xo‘jalik-iqtisodiy hayotni bir me’yorga tushirish, savdo va
pul muomalasini izga solishda Chig‘atoy ulusi noibi Ma’sudbekning
xizmati va islohotlari katta o‘rin tutgan. Ma’sudbek mo‘g‘ul qoonlariga
shaxsan yaqinligi ham uning islohotlar o‘tkazilishga imkon ham bergan
edi. 1271-yili mo‘g‘ullarning madaniy, o‘troq hayot tarafdorlari madadi,
Talas qurultoyi (1269-y.) qarorlariga tayanib, Ma’sudbek yangi pul
(moliyaviy) islohot o‘tkazishga kirishdi. Unga ko‘ra, har qanday shaxs
o‘ziga kerakli tangalarni zarbxonalarga olib borib, uni xohlagan tarzda,
lekin bir xil hajm, qiymat, vaznda zarb etish mumkin edi. Avval boshida
qiyinchilik bilan kechgan bu jarayon XIII asrning 80-yillariga
kelgandagina faollasha bordi. Tez orada 16 ta yirik shahar va viloyatlarida
bir xil vazn va yuqori qiymatga ega sof kumush tangalar zarb etilib,
213
muomalaga kiritildi. Garchi atrofdagi islohotlarga qarshi mo‘g‘ul
harbiylari Erondan, Yettisuvdan Movaraunnahrga vayronagarchilik
keltirib chiqaruvchi kurashlarni amalga oshirib tursalarda, lekin islohotlar
borishiga to‘sqinlik qila olmadilar. Ma’sudbek 1273-1276-yillari qayta
talangan Buxoroning tiklanishiga o‘zi bosh qosh bo‘ldi. 1282-83-yillarda
Buxorodagi zarbxonalar to‘laqonli ishlashga kirishdi. Savdo-iqtisodiy
munosabatlar rivojlanib borayotgan Farg‘ona vodiysida esa Chig‘atoy
xoni Duvaxon (1291-1306) davrida Andijon shahriga ham asos solindi.
XIV asrning 1-yarmiga kelib, Chig‘atoy ulusida mo‘g‘ullarning
o‘troqlashuv jarayoni kuchayib, mo‘g‘ul zodagonlarining katta qismi
savdo doiralari bilan yaqinlashib, islom madaniyati ta’siriga berilishi
kuchayib bordi. Movarounnahr madaniy o‘lkasi bilan yaqin aloqa
o‘rnatib, o‘troq hayot kechirishga intilgan Chig‘atoy xonlaridan biri
Kebekxon (1309, 1318-1326) bo‘ldi. U butunlay Movarounnahrga
ko‘chib kelib, o‘z qarorgohini Nasaf shahri yonida barpo etdi.
Keyinchalik bu saroy o‘rnida yangi Qarshi shahri yuzaga keldi. Kebekxon
davlatni idora etish, uning ma’muriy tuzilishini qayta tashkil etish,
iqtisodiy hayotni tartibga solish maqsadida 2 xil ma’muriy va moliyaviy
islohot o‘tkazdi. Ma’muriy islohotga ko‘ra mahalliy tuzilmalar
tumanlarga, viloyatlarga aylantirildi. Mahalliy hokimlar-maliklar,
sadrlarning o‘rinlari turkiy-mo‘g‘ul urug‘ boshliqlari qo‘liga o‘tdi.
Noiblik esa merosiy bo‘lib qoldi. Bu islohot davlatni birmuncha
mustahkamlashda o‘zining ijobiy samarasini berdi.
Ma’sudbek davrida pul islohoti amalga oshirilgan bo‘lsa-da,
Kebekxon uni takomillashtirmoqchi bo‘ldi. Jumladan, u Xulagiylar va
Oltin O‘rda tangalari namunasida 2 xil pul: yirik kumush tanga-“dinor” va
mayda kumush tanga “dirham” lar zarb ettiradi.
Dinor (2 misqol, 8 gr. atroflarida) 6 ta dirhamdan iborat bo‘lib qoldi.
Kebek nomidan tangalar asosan Buxoro va Samarqandda zarb etilar edi.
Shuningdek, O‘tror zarbxonasi ham faol ishlay boshladi.
Kebekxonning islohotlari anchadan beri o‘troq hayot, mahalliy aholi
madaniyati bilan yaqinlashuviga qarshi bo‘lgan guruhlarning ham
faoliyatini
kuchaytirib
yuboradi. Kebekxoning
ukasi
Oloviddin
Tarmashirin (1326-1334) akasining siyosatini davom ettirib, o‘troq hayot
an’analarini qattiq turib himoya qiladi. U islom dinini qabul qilib, islom
dinini Chig‘atoy ulusining rasmiy diniga aylantiradi. Tarmashirin
siyosatidan norozi ko‘chmanchi mo‘g‘ul zodogonlari isyon ko‘tarib 1334-
yilda uni o‘ldirishadi. Tarmashirindan so‘ng hokimiyat tepasida bo‘lgan
Changshi (1334), Bo‘zan (1334-1338), Eson-Temur (1338-1342),
214
Muhammad (1342-1343)lar davrida Movarounnahrning ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy hayotida sezilarli o‘zgarishlar bo‘lganligi yo‘q. Aksincha,
mahalliy qabilalar hokimiyati, urug‘ boshliqlarining ta’siri bu paytga kelib
yanada kuchayib, Chig‘atoy hokimiyatining qudrati pasaya boshlaydi.
XIV asrning 40-yillariga kelib, Yettisuvda Dug‘lot amirligining
yuzaga kelishi, amalda Chig‘atoy ulusining tarqab ketishidan, o‘rniga
Movarounnahr amirligi yuzaga kelganligidan dalolat berar edi. Chig‘atoy
xonlarining so‘nggi vakilaridan biri Qozonxon (1343-1346) markaziy xon
hokimiyati kuch-qudrati ta’sirini ko‘tarib, ichki siyosatda Kebekxon-
Tarmashirin yo‘lini tutishga harakat qildi. U ko‘chmanchi harbiylarga
qarshi kurash olib borib Qashqadaryo vohasida hatto ularga qarshi
tayanch markazi etib-Zanjirsaroy qal’sini ham barpo etgan edi. Qozag‘on
boshchiligidagi bir guruh ko‘chmanchi, talonchilik siyosati tarafdorlari
1346-yili fitna natijasida Qozonxonni o‘ldirishga muvaffaq bo‘lishadi.
Qozag‘an o‘ziga amir unvonini olib, davlat boshqaruvini o‘z qo‘liga
oldi. Movarounnahr Qozag‘on davridayoq bir necha yarim mustaqil
qismlarga bo‘lib ketgan edi. Mamlakatda siyosiy tarqoqlik avj olib, o‘zaro
nizolar yanada kuchaygan edi. Kesh (Shahrisabz) atrofidagi yerlar Hoji
Barlos boshchiligidagi barlos urug‘iga, Xo‘jand Boyazid Jaloyiriyga
qaram bo‘lib qoldi, Balx va uning atrofidagi yerlar Qozog‘onning
nevarasi amir Husaynga tobe bo‘ldi, Shiburg‘on esa Muhammadxo‘ja
Apverdi qo‘liga o‘tib ketdi. Bundan tashqari Buxoroda diniy ulamolardan
iborat sadrlar, Xuttalonda mahalliy hokimlardan bo‘lishi Kayxusrav,
Termizda-sayidlar,
Badaxshonda o‘zboshimcha mahalliy shohlar
hokimiyatni qo‘lga olishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |