XIII asr 2-yarmi va XIV asr 1-yarmidagi madaniy hayot
XIII asr II-yarmida XIV asr I-yarmida xo‘jalik, iqtisodiy hayotdagi
siljishlar,
savdo-sotiqning
rivojlanishi,
qolaversa,
Chig‘atoy
mo‘g‘ullarining tobora o‘troq hayotga moslasha borishi, bosqinchilik
vaqtida tanazzulga yuz tutgan madaniy hayotning nisbatan jonlanishiga
olib keldi. Avvalo shaharsozlik bilan bog‘liq binokorlik va me’morchilik
yo‘lga qo‘yila boshlandi. Mahalliy diniy ulamolar va dunyoviy
zodagonlar, gohida mo‘g‘ul zodagonlarining ba’zilari qurilish ishlariga
homiylik qila boshlashdi. Me’morchilikda alohida o‘rin tutgan
ganchkorlik, g‘isht o‘ymakorligi, koshinpazlik, me’moriy xattotlik qayta
tiklandi. Movaraunnahr, Xorazmda mahalliy binokorlar ishtirokida
xonaqo, maqbara, masjid, madrasa, saroy, minoralar qad ko‘tara boshladi.
215
Shu davrlarda barpo etilgan ko‘pgina me’moriy obidalar u yoki bu
ko‘rinishda hozirgi kunlargacha yetib kelgan.
Jumladan,
Buxorodagi
Sayfiddin
Boharziy
maqbarasini
birinchilardan barpo etilgan me’moriy bino sifatida ko‘rish mumkin.
Taniqli buxorolik shayx Sayfiddin Boharziy nufuzli diniy ulamolardan
biri bo‘lib, u 1258-yili olamdan o‘tgan edi. Uning qabri ustida tez orada
katta maqbara va honaqo barpo etildi. 1333-yili Buxoroda bo‘lgan arab
sayyohi ibn Battuta ushbu maqbaraga yuqori baho bergan edi.
Shuningdek, mana shu davrlarda barpo etilgan Buxorodagi Qusam ibn
Abbos maqbarasi ziyoratxonasi, Xo‘ja Ahmad maqbarasi, Qo‘hna
Urganchdagi Najmiddin Kubro va To‘rabekxonim maqbarasi, masjid va 2
ta baland minoralar (minoraning hozirgacha saqlangan qismi 62 metrni
tashkil etadi, minoralarning bittasi XX asr boshlarida qulab tushgan),
Xo‘janddagi Duvaxon maqbarasi (keyinchalik vayron bo‘lgan) va
boshqalarni tilga olib o‘tish mumkin. Qarshidagi buzilib ketgan saroy,
Ma’sudbek hukmronligi davrida (1238-1289) Buxoroda barpo etilib, 1000
tacha talabaga mo‘ljallangan “Ma’sudiya”, “Xoniya” madrasalari va
boshqalar to‘g‘risida manbalarda ma’lumot berib o‘tiladi.
Ko‘rilayotgan davr binokorligi va me’morchiligida pishiq g‘isht,
koshin, parchin, me’moriy o‘ymakor g‘ishtlar hamda ganch va ohak, pista
ko‘mir, qumlardan tayyorlangan maxsus qorishmalar kabi qurilish
mahsulotlaridan ham binolarni qurishda hamda ularni me’moriy jihatdan
bezashda keng foydalaniladi. Monumental binolarning aksariyati esa bir
yoki ikki gumbazli, toqu ravoqli va peshtoqli bo‘lgan. Naqshinkor g‘isht,
koshinlar, kitoba (lavha) bilan naqsh berish an’analari davom ettirilgan.
Shuningdek naqshlarning turli tuman, guldor bo‘lishi, o‘ymakor amaliy
san’at qayta tiklanganligidan ham darak berar edi. Kulolchilik, misgarlik,
zargarlikda ham naqsh bilan ishlov berish holati avj oladi.
Shubhasiz, Chingiz O‘rdalarining bosqini Movarounnahr va
Xuroson ilm fan, adabiyot o‘choqlariga katta zarba bo‘lib tushadi. XIII
asr-XIV asr oxirlariga qadar mo‘g‘ullar qadami yetmagan yoxud ularning
ta’siri kam bo‘lgan Dehli sultonligi, janubiy Yeron, Kichik Osiyo, qisman
Suriya va Misrda ilm-fan, ma’rifat, adabiyot taraqqiy eta boshlagan edi.
Faqatgina XIV asr oxiri- XV asr boshlariga kelibgina ma’rifat, madaniyat
o`choqlari yana Movarounnahr va Xurosonga ko`chadi.
XIII asr-XIV asrning 2-yarmida fors-tojik adabiyotida ayniqsa
Jaloliddin Rumiy (1207-1272), Muslihiddin Sa’diy Sheroziy (1219-1293),
Amir Xusrav Dehlaviylarning (1253-1325) o`rni va mavqei ko`tarilib, ular
jahon adabiyoti olamiga taniladilar. Asli Balx shahridan bo`lgan Rumiy
216
14 yoshligida o`z oilasi bilan mo`g‘ul bosqinidan qochib Kichik
Osiyoning Ko`niya sultonligiga borib qoladi. Ko`niya, Halab, Damashqda
tahsil olib, buyuk tasavvuf ilmi shoiri va faylasufi bo`lib taniladi. U
she’riyatda so`fiy-falsafiy janrni rivojlantirib, o`zining 36 ming baytdan
iborat “Masnaviyi-ma’naviy” degan dostonini yaratadi. Sa’diy esa islom
olamida o`zining “Guliston” va “Bo`ston” asarlari, g‘azallari, ahloqiy
fikrlari bilan keng shuhrat qozonadi. Uning asarlarida Ona-Vatanga
muhabbat, insonparvarlik, mehr-muhabbat g‘oyalari hamisha barq urib
turadi. U o`z asarlarida kishilarni o`zaro hamjihatlik va totuvlikka,
hukmdorlarni adolat va insofga chaqirib, salbiy xususiyatlarni qoralab
chiqadi. Sa’diy o`z umrini ona shahri Sherozda tugatgan.
Xusrav Dehlaviy Hindiston shimoliga mo`g‘ul bosqinidan qochib
borgan asli Kesh (Shahrisabz) lik kishilar xonadonida dunyoga keladi. U
Dehlida sulton saroyida yashab, o`zining ajoyib “Xamsa” dostonini,
Hindistonda hozirgacha mashhur “Xizrxon va Duvalra”ni, “Miftah al-
futuh” (G‘oliblik kaliti) “Nuh sipehr” (Falakning to`qqiz gumbazi) kabi
asarlarni yozadi. XIII asrning 2-yarmidan boshlab tarixnavislik ham rivoj
topa boshlaydi. Bu davrda asli G‘ur viloyatidan bo`lgan Abu Umar
Minhojiddin Juzjoniyning 1260-yil yozilgan “Tabaqoti Nosiriy” (Nosirga
atalgan tabaqalar), Oloviddin Ota Malik Juvayniyning “Tarixi
jahongo`shaiy”
(Jahon
fotihi
tarixi),
Fayzulloh
Rashididdin
Hamadoniyning “Jomý at-tavorix” (Tarixlarning jamlanishi) Shahobiddin
an-Nasaviyning “Siyrat as-sulton Jaloliddin Mankburni” (sulton Jaloliddin
Mankburning hayot faoliyati) kabi nodir tarixiy asarlari ham jahon yuzini
ko`rdi.
Bu asarlar o`z vaqtida mo`g‘ullar istilosi va undan keyingi davrni
o`rganish bobida birinchi darajali manbalar hisoblanadi. Bu paytda
shuningdek, islom ahloq-odob va taqvodorligi asosida turkiy tildagi
adabiyot ham rivoj topa boshladi. Xorazmdagi bu adabiyotning bir vakili
mashhur faylasuf shoir va mutafakkir Pahlavon Mahmud (1247-1326)
hisoblanadi. U nafaqat shoir, mutafakkir bo‘libgina qolmay, Hindiston,
Sheroz, Rumda ham beli yerga tegmagan kurashchi polvon ham edi.
Xuddi shu ma’noda “Pahlavon” taxallusi unga haqli ravishda berilgan.
Xalq ichida esa uni yana behad saxovatli, bag‘rikeng, adolatli inson
sifatida hurmati katta edi. U g‘oliblikdan tushgan mukofotlarni yetim-
yesir, nogironlarga hadya etar, po‘stindo‘zlik hunaridan kelgan
daromadini atrofidagi kambag‘allar bilan baham ko‘rar edi. O‘z yonidan
hatto Xiva yaqinida maqbara ham barpo etadi. Uning mardligi, tantiligi,
haqparvarligi to‘g‘risida bizning kunlarimizga qadar turli hikoyat,
217
rivoyatlar ham yetib kelgandir. Uning insonga xos bo‘lgan ajoyib
fazilatlarni ulug‘lovchi ruboiylari xalq orasida keng tarqalgan bo‘lgan. U
inson aql-zakovati, ahloqiy kamolati va ahloqiy pokligini qadrlaydi.
Turkiy tilda ijod qilgan yana bir shaxs, bu nomi bizga hali yaxshi
tanish bo‘lmagan Nosiriddin Burhonuddin Rabg‘uziydir. U XIII asr oxiri-
XIV asr boshlarida yashab, ijod qilgan. Bizgacha uning birgina “Qissayi
Rabg‘uziy” (Qissasul anbiyo) asari yetib kelgan. Bu asarda muallif o‘zini
“Rabot o‘g‘uzining qozisi Burhon o‘g‘li Nosiriddin” deb tanishtiradi.
Ushbu asar islom dinini qabul qilgan mo‘g‘ul beklaridan biri bo‘lmish
Nosiriddin To‘qbug‘aning iltimosiga ko‘ra hijriy 709 (milodiy 1309-
1310) yilda yozilgan. Ushbu asar 72 qismdan iborat bo‘lib, payg‘ambarlar
(Dovud, Sulaymon, Muhammad) haqidagi qissalar, diniy rivoyat va
hikoyatlar, xalq og‘zaki ijodi, tarixiy asarlar, diniy kitoblar asosida bayon
etilgan diniy-falsafiy, tarixiy, ahloqiy asardir. Ushbu asar xalq orasida,
baxshi va oqinlar orasida hamisha mashhur bo‘lib kelgan. Asarda bayon
etilgan ahloqiy fazilatlar, ta’lim-tarbiya, ma’rifat xususida fikrlar hozirgi
kunga qadar o‘zining dolzarb ahamiyatini yo‘qotmagan.
Bu paytga kelib turkiy adabiyot rivoji bilan bir qatorda, tasavvuf, din
ilmlarining ham rivojlanishi ko‘zga tashlanadi. Tasavvuf ilmining
mashhur namoyondasi, naqshbandiylik tariqatining asoschisi Bahovuddin
Naqshband (Sayid Muhammad ibn Jaloliddin) (1318-1389)-avvalo o‘z
mehnati bilan halol kun ko‘rish g‘oyasini yoqlaydi. Uning “dil ba yoru,
dast ba kor” (ya’ni diling xudoda bo‘lsinu, qo‘ling mehnatda bo‘lsin)
degan shiori keyinchalik juda mashhur bo‘lib ketdi. Uning nomi xalq
orasida ma’lum va mashhur bo‘lib ketib, Buxoro yaqinidagi qabri
musulmonlar ziyoratgohlaridan biriga aylanib qolgan edi. Mustaqillik
inoyati bilan bu ajdodimizning nomlari qayta tiklanib, uning qabri
joylashgan yer obod va ko‘rkam ziyoratgoh tusini oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |