Oliy o‘quv yurtlarining nomutaxassislik fakultetlari



Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/174
Sana15.10.2022
Hajmi3,37 Mb.
#853332
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   174
Bog'liq
Узбекист тарихи Дарслик (Муртазаева)

Buxoro amirligi
Mang‘itlar sulolasining asoschisi Muhammad Rahimbiy 1747-yilda 
eroniy qizil boshlarni tor-mor keltirib, Buxoroda hokimiyatni to‘la o‘z 


252 
qo‘liga olgan edi. U barcha viloyat, shahar va qabilalar boshliqlarini 
Buxoroga taklif qilib, markaziy hokimiyatni kuchaytirishga qaratilgan 
dasturini e’lon qilib, bo‘ysunmaganlarni qatl qilaman deb ogohlantirdi. 
Muhammad Rahimbiy Abdulmo‘min (1747-1748), Ubaydulla 
Sulton (1748-1756) nomlaridan davlatni boshqargan davrida Miyonqal’a, 
Nurota, Hisor, Qobodiyon, Boysun, Shahrisabz, Urgut viloyatlariga bir 
necha bor yurish qilib, ularni o‘ziga bo‘ysundirdi. Bu muvaffaqiyatlar 
uning rasmiy hokimiyatni ham qo‘lga olishiga yo‘l ochib berdi. 
Abulfayzxonning qiziga uylanib, xonlar avlodi bilan qarindosh bo‘lgan 
Muhammad Rahimbiyga amir unvoni berildi va oq kigizda ko‘tarilib oliy 
hukmdor deb tan olindi. Uning 1757-1758-yillarda markaziy hokimiyatni 
kuchaytirish uchun olib borgan urushlari bir qancha vayronagarchiliklarga 
sabab bo‘ldi. Xiva xonligiga o‘z ta’sirini o‘tkazishga muvaffaq bo‘lgan 
Muhammad Rahimbiyni Qo‘qon, Balx, Toshkent, Marv va Qunduz kabi 
mustaqil mulklar hukmdorlari Buxoroning qonuniy hukmdori deb o‘z 
elchilarini jo‘natganlar. 
1758-yil 24-martda vafot etgan Muhammad Rahimbiy o‘rniga 
mang‘it urug‘idan bo‘lgan Miyonqal’a hokimi Doniyolbiy (1758-1785) 
taxtga ko‘tarildi. Doniyolbiy Muhammad Rahimbiyning nabirasi 
Fozilto‘rani xon taxtiga o‘tkazib, hokimiyatni o‘z qo‘lida saqlab qoldi. 
Markaziy hokimiyatni mustahkamlash uchun yangi soliqlar tizimini joriy 
qilib, bir qancha ma’muriy chora tadbirlarni amalga oshirgan Doniyolbiy 
ko‘p vaqtini bebosh amirlarni bo‘ysundirish, isyonlarni bostirishga sarf 
qildi. U 1784 yilda Buxoroda ko‘tarilgan qo‘zg‘olon sababli hokimiyatni 
shahar aholisi orasida obro‘liroq bo‘lgan o‘g‘li Shohmurodga topshirdi. 
Amiri Ma’sum (“Begunoh amir”) nomini olgan amir Shohmurod 
(1785-1800) o‘z hukmronligi yillarida saroyda kamtarona yashab, bir 
qancha soliqlarni kamaytirdi, Buxoro ahliga tarxon yorlig‘ini berib, ba’zi 
to‘lovlardan ozod qildi, xalq orasida zolimligi bilan tanilgan amaldorlarni 
jazoladi. Madrasa ta’limini olgan Shohmurod fiqh ilmi haqida “Ayn ul-
hikmat” nomli risola yozib, unda ilgari surilgan qoidalarni barcha 
viloyatlarga joriy etdi. U pul islohoti o‘tkazib tijorat ishlarini tartibga 
soldi, 
suv 
inshootlarini 
yaxshilash 
bilan 
ishlab 
chiqarishning 
rivojlanishiga zamin yaratdi. Bularning hammasi markaziy hokimiyatning 
nisbatan kuchayishiga va Shohmurodning umrini oxirigacha davlatni 
boshqarishiga imkon berdi. 
1800-1826-yillarda Buxoro taxtini boshqargan amir Haydar davrida 
har 3-6 oyda uzluksiz ichki urushlar va qo‘zg‘olonlar bo‘lib turdi. 1800-
yilda Qarshi va Kattaqo‘rg‘ondagi, 1804-yilda Marvdagi, 1821-1825-


253 
yillarda Miyonqal’a qo‘zg‘alonlari amirlik siyosiy hayotidagi muhim 
voqealar bo‘ldi. Ayniqsa, xalq Xiva qo‘shinlarining talonchilik 
yurishlaridan ko‘p zarar ko‘rar edi. 1806-yilda Eltuzarxon boshliq 
xivaliklarning hujumini qaytarish uchun butun Buxoro ahli safarbar 
qilindi va Amudaryo bo‘yigacha taqib qilingan xivaliklar daryodan kechib 
o‘tishda ko‘p kishilaridan va Eltuzarxondan ajralishdi. Bundan keyin ham 
Xiva xonligi qo‘shinlari amirlik hududiga bir necha bor bostirib kirishgan. 
Amir Xaydar hukmronligi davridagi katta qo‘zg‘olonlardan biri bu 
Miyonqal’a qo‘zg‘oloni edi. 1821 yilda amir amaldorlarining Miyonqal’a 
ahlidan xiroj yig‘ishdagi talon-tarojga qo‘l urganligi sababli qo‘zg‘olon 
boshlangan. Qo‘zg‘olonchilar Kattaqo‘rg‘on, Chelak, Yangiqo‘rg‘on 
hududlarini qo‘lga olib amir odamlarini haydab yuborishgan. 1822-yilda 
Qo‘qon va Xiva xonlari hujumini qaytarish bilan mashg‘ul bo‘lgan amir 
Haydar qo‘zg‘olonchilarni bostira olmaydi. Xitoy-qipchoqlar boshchilik 
qilayotgan qo‘zg‘olonchilar amirning inisi Is’hoqbekni o‘zlariga amir 
qilib Samarqand va Karmanaga yurish qiladilar. 1825 yil bahorigacha 
qo‘zg‘olonchilar 
bilan 
amir 
o‘rtasidagi 
kurashlar 
natijasida 
qo‘zg‘olonchilarni tamomila yenga olmagan amir yon bosishga, ularning 
mulki daxlsizligi to‘g‘risida yorliq berishga va bir qancha amaldorlarni 
jazolashga majbur bo‘lgan. 
1826 yilda amir Haydarning uchinchi o‘g‘li Nasrullo (1826-1860) 
taxtga o‘tirdi. U o‘z yo‘liga to‘siq bo‘lishi mumkin bo‘lgan akalarini 
shavqatsizlik bilan qatl ettirdi va bir oy mobaynida kuniga 50-100 kishini 
qatl qilish bilan “Qassob amir” degan nomni oldi. Ayniqsa urushlar 
paytida bo‘ysunmagan shahar va qishloqlar aholisini qattiq qirg‘in qildi.
Amir Nasrullo hokimiyatni qo‘lga olgandan keyin Shahrisabz, Kitob 
hokimliklari o‘zlarini mustaqil deb e’lon qilgan edilar. Boshqa bir qancha 
bekliklar ham amirga rasmangina bo‘ysunishgan. Amir Nasrullo ularni 
yagona davlatga birlashtirish, markaziy hokimiyatni kuchaytirish yo‘lida 
qat’iyat bilan kurash olib bordi. Bunda u o‘zining amaldor xizmatkorlar 
tabaqasiga va harbiy qo‘shiniga tayanib ish ko‘rdi. 1840 yilda Amir 
Nasrullo Xo‘jand va O‘ratepani Qo‘qon xonidan tortib olib Shahrisabz, 
Kitob, Yakkabog‘ bekliklarini ham o‘ziga bo‘ysundirdi va 1842 yilda 
Qo‘qon xonligini egallashga muvaffaq bo‘ldi. U yerda Qo‘qon xoni 
Muhammad Alixonni oila a’zolari bilan va shoira Nodirabegimni ham 
vahshiylarcha qatl ettirdi.
Bu paytda Xiva xoni Olloqulixonning Buxoro hududlariga bostirib 
kirganligining xabarini eshitgan Amir Nasrullo o‘z qo‘shinlarini Xiva 
xonligi yerlariga olib kelib, Xazoraspni qamal qildi, ammo mag‘lubiyatga 


254 
uchradi. Shunday og‘ir sharoitda ham Amir Nasrullo Buxoro amirligi 
viloyatlarini birlashtirish uchun kurashni davom ettirdi. Bu kurash 30 yil 
davom etdi. Shahrisabz bekligini bo‘ysundirish uchun Amir Nasrullo 32 
marta yurish qilib 1856 yildagina o‘z maqsadiga erishdi. Shunday qilib 
Buxoro hududlarini to‘la bo‘ysundirgan Amir Nasrullo Buxoroning 
so‘nggi mustaqil hukmdori bo‘lib qoldi. Undan keyin hukmdorlik qilgan 
Sayid Muzaffarxon (1860-1885) davrida Shahrisabz, Kitob beklari yana 
Buxoroga bo‘ysunishdan bosh tortdilar. Buxoro Rossiya vassaliga 
aylangandan keyin (1868) bu shaharlar ham ruslarga bo‘ysundirildi. 
Mang‘itlar sulolasi hukmronligi davrida davlat tizimida anchagina 
o‘zgarishlar amalga oshirildi. Amir oliy hukmdor bo‘lib, davlat hayotiga 
tegishli siyosiy, iqtisodiy, diniy va boshqa barcha masalalar uning qo‘lida 
edi. Markaziy ijroiy hokimiyat saroy ayonlaridan tashkil topgan bo‘lib, 
Arkda joylashgan. Davlat boshqaruvida bosh vazir-qushbegi, devonbegi, 
parvonachi, otaliq, dodhox, xudaychi, mirzaboshi kabi saroy ayonlari va 
shayxulislom, qozikalon kabi diniy rahbarlarning mavqei katta bo‘lgan. 
Mahalliy boshqaruv amir tomonidan tayinlangan viloyat beklari va uning 
qo‘l ostidagi mirshabboshi, soliq yig‘uvchi amaldorlar, qozi, rais, qishloq 
oqsoqollari qo‘lida bo‘lgan. 
Mang‘itlar sulolasi davrida amirlik 30 ta beklik va tumanlardan 
iborat ma’muriy birliklardan tashkil topgan. Har bir beklik hokimi 
xirojning bir qismini amirga yuborib turgan.
Buxoro amirligida yerga egalik munosabatlari iqtisodiy hayotda 
katta ahamiyatga ega bo‘lib, yer egaligining davlat, xususiy, vaqf kabi 
turlari bo‘lgan. Qishloq aholisining katta qismi yersiz dehqonlar bo‘lib, 
ular ijaraga yer olib ishlaganlar. Shahar aholisining asosini tashkil qilgan 
hunarmandlar hayoti ham og‘ir soliqlar sababli juda qiyin kechgan. 
XVIII asr oxiri XIX asr birinchi yarmida Buxoro aholisining 
umumiy soni haqida aniq ma’lumotlar yo‘q bo‘lib, taxminan 2 mln. 
atroflarida bo‘lgan. Ularning ko‘pchiligini o‘zbeklar, shahar va ba’zi 
qishloqlarda 
tojiklar, 
janubiy-g‘arbiy 
tumanlarda 
ko‘chmanchi 
turkmanlar, kam sonli arab va yahudiylar tashkil etgan. 
Buxoro amirligining xalq xo‘jaligida dehqonchilik, chorvachilik, 
hunarmandchilik, savdo-sotiq sohalari katta ahamiyat kasb etgan. 
Aholidan xiroj, zakot, boj, to‘la, yaksara, nimsara kabi soliqlar undirib 
olingan.
XVIII asrning ikkinchi yarmida Rossiya-Buxoro savdo va 
diplomatik aloqalari ancha rivojlandi. Bunda 1774-1776, 1779-80 yillarda 
Ernazar Maqsudov boshchiligida va 1797-yildagi Polvonquli qo‘rchi 


255 
elchiliklari katta ahamiyat kasb etdi. XIX asr boshlarida Rossiya-Buxoro 
aloqalari ancha faollashdi. Bu XIX asrning 20-yillarida O‘rta Osiyoga 
siqilib kirishga harakat qilayotgan inglizlar bilan ruslar o‘rtasidagi 
raqobatning keskinlashuviga olib keldi. Amirlik qo‘shni xonliklar 
Afg‘oniston, Hindiston, Eron davlatlari bilan ham savdo aloqalari olib 
bordi. Yirik savdo-sotiq markazi bo‘lgan Buxoroda 1848 yilda 38 ta 
karvonsaroy, 9 ta tim va ko‘plab bozorlar mavjud bo‘lgan. 
Buxoro shahri amirlik davrida ham islom dinining markazi 
hisoblangan. Bu davrda boshlang‘ich ta’lim maktabi va oliy ta’lim 
beruvchi madrasalar faoliyati ham ancha yuksaldi. Bu yerda faqat O‘rta 
Osiyodangina emas, balki Volga bo‘ylari, Shimoliy-G‘arbiy Hindiston, 
Afg‘oniston va boshqa mamlakatlardan ham bilim olish uchun talabalar 
kelishar edi. Bu paytda Buxoro amirligining har bitta shaharida 
madrasalar bo‘lib, Buxoro shahrining o‘zidagi 103 ta madrasadan 60 tasi 
asosiy ta’lim maskani sifatida mashhur bo‘lgan. Madrasada o‘qitish 3 
bosqichda amalga oshirilgan bo‘lib, uning barcha xarajatlari, mudarrislar 
va boshqa xizmatchilarning maoshi, talabalar nafaqasi, kutubxona 
xarajatlari va boshqalar madrasaga biriktirilgan vaqf yerlaridan keladigan 
daromad hisobiga qoplangan. Madrasada fiqh, shariat asoslari, adabiyot, 
til, tarix, falakiyot, mantiq, falsafa, matematika fanlari o‘qitilgan bo‘lsa 
ham dunyoviy ta’limga nisbatan diniy ahloqiy ta’lim berishga asosiy 
e’tibor qaratilgan. Bu davr madaniy hayoti haqida adabiyot, tarix, 
hattotlik, musiqa san’ati yodgorliklari, me’morchilik obidalari muhim 
ma’lumotlar beradi. 
XIX asr adabiy hayotining ko‘zga ko‘ringan namoyondalari Mirzo 
Sodiq Munshiy, shoir Hoziq, shoir Mujrim, Muhammad Sharif Shavqiy, 
Mulla Qurbon Xiromiy, Ahmad Donish (1827-1897), Ochildi Murod, 
Meri Kattaqo‘rg‘oniy (1830-1899) va boshqalar o‘z asarlari bilan 
adabiyot rivojiga katta hissa qo‘shganlar. “Mang‘it hukmdorlari tarixi” 
she’riy usulda bitilgan asarlar, “Chor darvesh”, “To‘tinoma”, Poraxo‘r 
qozilar”, “Murid ovlovchi” kabi asarlar bu davr adabiyotining ajoyib 
namunalaridir. 
Mang‘itlar hukmronligi davrida ham o‘rta asr tarixnavisligining 
yetakchi an’analari saqlanib qolganligini quyidagi asarlarda ko‘ramiz: 
Mullo Ibodullo va Muhammad Shariflarning “Tarixi amir Haydar” va 
“Dastoni amironi mang‘it”, Mirolim Buxoriyning “Fathnomayi-sultoniy”, 
Mirzo Abdulazim Somiyning “Tarixi salotini mang‘itiya”, “Dahmayi 
shohon” kabi asarlari, Muhammad Sharif ibn Muhammad Naqining “Toju 
tavorix” asarini, Ahmad Donishning “Mang‘itlar xonadoni hukmdorlari 


256 
tarixidan qisqacha risola” asarini va Mirzo Sodiq Munshiyning “Tarixi 
silsiloti mang‘itiya” (“Mang‘it hukmdorlari tarixi”) asarlari mang‘it 
amirlari tarixi haqidagi birlamchi manbalardir. 
XVIII asr ikkinchi yarmi-XIX asr birinchi yarmi Buxoro amirligi 
me’morchiligi o‘ziga xos uslubda rivojlandi. Bu davrda amirlikning bir 
qancha shaharlarida masjid va madrasalar bunyod etildi. Buxoro shahrida 
qurilgan Domullo Tursunjon (1796-1797) madrasasi, Xudoydod 
me’moriy majmuasi (1777-1855), Ernazar elchi madrasasi (1795), 1807 
yilda qurilgan Chorminor majmuasi, Qarshida qurilgan Mir Muhammad 
madrasasi kabi me’moriy yodgorliklar o‘zbek xalqining noyob madaniy 
merosidir. 

Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish