Abu Saidning adolatli boshqaruvi Davlat hududini kengayishi Hokimyatni mustahkamlanishiga ahamiyat



Download 84,53 Kb.
bet1/3
Sana10.02.2022
Hajmi84,53 Kb.
#441786
  1   2   3
Bog'liq
Abu Said va uning avlodlari davrida Movaraunnahrda siyosiy jarayonlar


Abu Said va uning avlodlari davrida Movaraunnahrda siyosiy jarayonlar
Reja:

  1. Abu Saidning adolatli boshqaruvi

  2. Davlat hududini kengayishi

  3. Hokimyatni mustahkamlanishiga ahamiyat



Abu Said davrida Movarounnahr
1451 yili yozida Samarqand yaqinidagi Sheroz qishlog‘idagi jangda Mirzo Abdullo o‘ldirilib, taxt Sulton Abusaid Mirzo (1451-1469) qo‘liga o‘tdi. Temuriylar davlatining Xuroson yerlari
Shohruxning boshqa bir nevarasi, Boysunqur Mirzoning o‘g‘li Abulqosim Bobur qo‘lida saqlanib qolib, u to vafoti (1457) ga qadar Xuroson taxtini boshqarib turdi. Abulqosim Bobur Temuriylar saltanatini birlashtirishga, o‘zaro fitna, o‘zboshimchaliklarga chek qo‘yishga ham harakat qildi. Lekin, 1454 yili uning Samarqandga yurishi muvaffaqiyatsiz tugab, 40 kunlik shahar qamalidan keyin u yana orqaga qaytishga majbur bo‘lgan edi. 1456 yili u Xuroson davlati markazini Mashhadga ko‘chiradi. 1457 yili Abulqosim Bobur Mashhadda vafot etgandan so‘ng, Xuroson yerlari uchun kurash yana avj oldi. Bunday vaziyatdan ustalik bilan foydalangan Movarounnahr hukmdori Sulton Abusaid 1457 yili Xurosonga yurish qilib Hirotni egallaydi. Shu tariqa Abusaid Temuriylar davlatining ikkala qismini birlashtirishga muvaffaq bo‘ladi. Sulton Abusaid Mirzoning (1451-1469) hukmronlik davrida davlat hududlari kengayib, uning chegaralari Sharqiy Turkistondan to Iroqqacha, Sirdaryodan to Hindiston chegaralarigacha bo‘lgan yerlarni o‘z ichiga oldi. O‘z hukmronligi davrida Abusaid doimiy ravishda hokimiyatini mustahkamlashga, isyonkor amaldor-noiblarni jazolashga asosiy e’tiborini qaratdi. Shuningdek, u birmuncha iqtisodiy va madaniy tadbirlar o‘tkazishga ham urindi. Lekin, uning bu sohadagi ishlari o‘zining ijobiy natijasini bermadi, ma’rifat va madaniyat Mirzo Ulug‘bek davridek yuqori darajaga chiqa olmadi. Abusaid o‘z hokimiyatini mustahkamlash yo‘lida ko‘plab qirg‘in-barot ishlarini amalga oshirdi, ko‘zga ko‘ringan obro‘li shaxslar turli jazolarga mubtalo etildi. Sulton Abusaid Mirzo Xuroson, Eron, Xorazmdagi siyosiy tarqoqlikni ham butkul tugata olmadi. Hirot taxtiga da’vogarlardan biri Umarshayxning evarasi, yosh temuriy shahzoda Sulton Husayn (1438-1506) Abulqosim Bobur vafotidan (1457 y.) keyin Xuroson mulki uchun o‘z harakatlarini boshlab yuborgan edi. U XV asrning 60-yillaridan katta harbiy otryadga bosh bo‘lib, 1461-1464 yillarda Hirot, Obivard, Niso, Mashhad va Xorazmda hokimiyat uchun goh muvaffaqiyatli, goho muvaffaqiyatsiz kurashlarni olib bordi. 1469 yili erta bahorda temuriylarga avvaldan tegishli bo‘lgan G‘arbiy Eron yerlarini qaytarib olish maqsadida Sulton Abusaid Mirzo Oqqo‘yunlu
turkmanlariga qarshi yurishni boshlaydi. Biroq, Oqqo‘yunlular hokimi Uzun Hasan (1453-1478) tomonidan Ozarbayjonning Mug‘on dashtida bo‘lgan jang vaqtida o‘ldiriladi. Abusaidning o‘g‘illari Sulton Husayn bilan toju-taxt uchun kurashishga botina olmay, Movarounnahrga qaytib ketdilar. Sulton Husayn esa 1469 yil 24 martda tantanali ravishda Hirotga kirib keldi. Natijada Temuriylar saltanati yana ikki qism: Xuroson va Movarounnahrga bo‘linib ketdi.

Download 84,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish