Oliy o‘quv yurtlarining nomutaxassislik fakultetlari



Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/174
Sana15.10.2022
Hajmi3,37 Mb.
#853332
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   174
Bog'liq
Узбекист тарихи Дарслик (Муртазаева)

 
 
Xorazmshohlar davrida o‘zbek davlatchiligi
Xorazm somoniylar davrida ularga tobe edi. X asr oxiri va XI 
asrning boshlariga kelib Xorazm hokimi Ma’mun I va uning o‘g‘li Ali ibn 
Ma’mun Somoniylar davlati tugaganidan so‘ng mustaqil davlat tuzishga 
harakat qilib ko‘rdilar. Lekin Movaraunnahrdagi Qoraxoniylar va 
Xurosondagi G‘aznaviylar davlati oldida Xorazm davlati juda kuchsiz 
bo‘lib, ko‘p hollarda Mahmud G‘aznaviy va uning o‘g‘li Ma’sudga qaram 
edi. G‘aznaviylar davlatining inqirozi va Xurosonda Saljuqiylar 
hukmronligi o‘rnatilgandan keyin Xorazm dastlabki yillarda mustaqil 
siyosat olib borishga harakat qilgan bo‘lsa-da, tez orada Saljuqiylarga 
qaram davlatga aylandi.
Xorazmning mustaqil davlat sifatida shakllanishida ko‘p xizmat 
qilgan hukmdor Qutbiddin Muhammad Otsiz (1127-1156) bo‘ldi. Saljuqiy 
Sulton Malikshoh davrida Xorazmni hukmdori bo‘lgan Anushteginning 
nevarasi Otsiz o‘zi tobe bo‘lgan Saljuqiy sultonlarining har bir xatosidan 
ustalik bilan foydalandi. Ayyor, diplomat va mohir sarkarda bo‘lgan Otsiz 
mustaqil tashqi siyosat olib bordi. U Xorazm yerlarini ancha kengaytirib, 
Sirdaryoning quyi oqimi yerlarini, Mang‘ishloqni bosib oladi. Shundan 
so‘ng u bir necha bor (1138, 1141, 1142, 1147-1148-yy.) Sulton Sanjarga 
qarshi isyon qildi va mag‘lubiyatga uchrab Saljuqiylarga butunlay tobe 
bo‘lib qoldi. Lekin shunga qaramasdan u Xorazmni mustaqilligi uchun 
mustahkam asos yarata oldi. Sulton Sanjarning o‘limidan so‘ng (1157 y.) 
Saljuqiylar davlati deyarli yo‘q bo‘ldi va Xorazmni mustaqil davlat 
sifatida siyosat olib borish uchun keng yo‘l ochildi. Muhammad Otsizning 
o‘limidan so‘ng o‘g‘li Elarslon taxtga o‘tirdi. U otasiga qaraganda ancha 
qulay vaziyatda davlatni boshqardi. Xurosondagi voqealardan foydalanib 
u Kaspiy bo‘yidagi Dehiston hududlari bosib olishga erishdi. Elarslon 
otasi davrida Xorazmning bo‘ysundirilgan ko‘chmanchi turkman va 
qipchoq qabilalari yordamida Movaraunnahrning ichki ishlariga ham tez-
tez aralasha boshladi. 1158 yilda u katta qo‘shin bilan Movaraunnahrga 


152 
bostirib kirdi. Bu vaqtda qoraxitoylarga vassal bo‘lgan qoraxoniylar 
ko‘chmanchi qarluq qabilalari bilan jang olib borishayotgan edi. Elarslon 
qarluqlarga Buxoro va Samarqand uchun olib borgan janglarda yordam 
berdi. Lekin qoraxitoylar qo‘shinlari yordamga yetib kelishi bilan Elarslon 
Xorazmga qaytishga majbur bo‘ldi. U bir necha marta Xurosonga yurish 
qilgan bo‘lsa-da, muvaffaqiyatga erisha olmadi. 1171-1172 yillarda 
qoraxitoylarning katta qo‘shini Xorazmshohning o‘lponini o‘z vaqtida 
to‘lamayotganligini bahona qilib Xorazm ustiga yurish qildi. Elarslonning 
buyrug‘i bilan Sirdaryodagi katta to‘g‘on buzib tashlandi va katta maydon 
suvga bostiriladi. Bu qoraxoniylar qo‘shini yurishini qiyinlashtirdi va 
Xorazmning poytaxti Gurganch (Urganch) ni talon-taroj qilishdan saqlab 
qoldi.
Lekin qoraxoniylarning bu bosqini davrida Elarslon vafot etdi. 
Undan keyin Xorazm taxtini uning kichik o‘g‘li Sultonshoh egallaydi. 
Arslonning katta o‘g‘li Alouddin Takash qoraxitoylar yordami bilan ukasi 
Sultonshohdan taxtni tortib olishga erishdi. Sultonshoh Xurosonga 
qochishga majbur bo‘ldi. Shundan so‘ng Alouddin Takash (1172-1201) 
Xorazmda mahkam o‘rnashib, qoraxitoylarga va’da bergan o‘lponni 
to‘lashdan bosh tortadi. Unga javoban qoraxitoylar Xorazmga yana yurish 
qiladilar, lekin muvaffaqiyatsizlikka uchrab, Sultonshoh ixtiyoriga bir 
kichik qo‘shin qoldirib o‘zlari orqaga qaytadilar. Sultonshoh esa qo‘shin 
bilan Marv shahrini, Seraxs va Tusni egalladi.
Qoraxitoylarning muvaffaqiyatsiz yurishlaridan keyin, Takash o‘z 
davlatini yanada mustahkamladi. Movarounnahrga, Xurosonga bir necha 
bor harbiy yurishlar uyushtirdi. U Movarounnahrni egallay olmagan 
bo‘lsa-da, lekin Xurosonni bir necha tumanlarini bosib oldi. Lekin 
Xorazshoh Takashning Xurosonda kuchli va xavfli raqibi bor edi. Bu 
tobora kuchayib borayotgan G‘uriylar davlati edi. G‘ur viloyati hozirgi 
Afg‘onistondagi Gerirud daryosi bo‘yida, Hirotdan Balxgacha, Qobuldan 
G‘aznagacha cho‘zilgan viloyat bo‘lib, bu yerda asosan forsiy qabilalar 
yashagan. So‘nggi Saljuqiylar davrida G‘ur viloyati o‘z mustaqilligini 
ancha mustahkamladi. 
1150-1151 yillarda g‘uriylar hokimi Alouddin G‘aznaviy sulosasi 
sultoni Bahromshoh ustidan g‘alaba qozonib, G‘azna shahrini vayron 
qilgan edi. G‘aznaviylarga so‘nggi zarbani 1186-1187 yillarda G‘uriylar 
hokimi G‘iyosiddin Muhammad berdi. Shundan so‘ng G‘uriylar hozirgi 
Afg‘onistonni hamda Tojikiston va O‘zbekistonning janubiy hududlarini 
ham ma’lum vaqt egallab turdilar. Xurosonda Saljuqiylarning 
kuchsizlanganidan foydalanib, G‘uriylar sultoni G‘iyosiddin Muhammad 


153 
1175 yilda Hirotni egalladi va Xurosonning markaziy hududlariga 
hujumlar uyushtirib turdi. Qoraxitoylarning vassali hisoblangan 
Xorazmshoh Takash esa Xorazmni qoraxitoylar qo‘lidan qutqarish uchun 
katta kuch sarflashga majbur bo‘ldi. Faqat XII asrning 80-yillarida u 
Xurosonni ba’zi bir hududlarini qo‘lga kiritdi. 1187 yilda u Nishopurni, 
1192 yilda Ray shahrini, 1193 yilda Marv shahrini egalladi. Bag‘dod 
xalifasi Nasr (1180-1225) va G‘arbiy Saljuqiylar sultoni Tug‘rul II 
o‘rtasidagi nizodan foydalanib, Takash qo‘shinlari 1194-yilning mart 
oyida Tug‘rul II ga qarshi urush ochdi va uni yengib Hamadon shahrini 
egalladi. Tug‘rul II esa jangda o‘ldirildi.
Xorazmshohning tobora kuchayib borayotganidan xavfsiragan 
Xalifa Nasr qo‘shinlari Takashga qarshi chiqdilar. 1196 yilning iyul oyida 
xorazmliklar xalifa qo‘shinlarini yengdilar. Shu tariqa Eronning katta 
qismi Xorazmshohlar qo‘liga o‘tdi va davlati, hududi birdaniga ikki 
baravar kengaydi. Xorazm davlati endi Bag‘dod xalifasiga tegishli joylar 
va G‘uriylar bilan chegaradosh bo‘lib qoldi. 1200 yilda Takash vafot etdi 
va shundan keyin Iroqda xalq qo‘zg‘oloni ko‘tarildi. Bu yerdagi Xorazm 
qo‘shinlarining katta qismi qirib tashlandi, qolganlari Xurosongacha 
kelishga majbur bo‘ldi. Xorazmshohlar ichida Takash -eng talantli 
lashkarboshi va hukmdor edi. U juda og‘ir vaziyatda Old Osiyo va O‘rta 
Osiyoning katta qismini birlashtirib qudratli davlat tuzishga muvaffaq 
bo‘ldi.
Lekin Takashning katta xatosi shunda ediki, u o‘zining xotini 
Turkonxotun mansub bo‘lgan qipchoqlar qabilasiga katta erkinliklar 
berdi. Ularni doimo qo‘llab-quvvatladi. Turkonxotunning davlat ishlariga 
aralashuvi Xorazmdagi ichki nizolarini kuchayishiga olib keldi. 
Takashning o‘limidan keyin Xorazm taxtiga uning o‘g‘li Alouddin 
Muhammad o‘tirdi (1200-1220). 1203-yilda Muhammad qoraxitoylarning 
yordami bilan Xurosonni butunlay bosib oldi. Hirotni va yaqin atroflarini 
egalladi, 1207-yilda u o‘z poytaxtiga qaytib, Movaraunnahrni bosib olish 
uchun tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Shu yilning o‘zidayoq Muhammad 
Movaraunnahrga katta kuch bilan harbiy yurish boshladi. Buning sababi 
Buxoroda ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘oloni edi. Bu qo‘zg‘olon 1206-yilda 
Buxoro sadri (hokimi) Muhammad ibn Abdulazizga qarshi qaratilgan edi. 
Buxoro sadrlariga xos barcha yomon xislatlar bu odamda mujassam edi. U 
xalqdan katta soliqlar olib ularni shafqatsizlarcha ezar edi. U diniy rahbar 
bo‘lishiga qaramasdan ayt-ishratga, ovga mukkasidan ketgan edi. 
Buxoroda uning zulmiga qarshi xalq harakatining asosiy kuchlari 
shahar hunarmandlari edi, qishloq aholisi-dehqonlar bu harakatni qo‘llab-


154 
quvvatladi. Bu qo‘zg‘olonning boshlig‘i qalqon yasovchi ustaning o‘g‘li 
Malik Sanjar ismli shaxs edi. Qo‘zg‘olonchilar sadr Muhammadni quvib 
chiqardilar. U qoraxitoylardan yordam so‘radi. Lekin Xorazmshoh 
Muhammad qoraxitoylardan oldinroq harakat qilib, Buxoroni bosib oldi 
va shu tariqa Movarounnahrni Xorazm tarkibiga qo‘shib olish boshlandi. 
Qo‘zg‘olonchilarning boshlig‘i Malik Sanjar Urganchga olib ketildi. 
Movarounnahr 
xalqi 
Xorazmshohni 
qoraxitoylar 
zulmidan 
qutqaruvchi kuch sifatida qarshi oldi. Muhammad Xorazmshoh 
Qoraxitoylarning vassali bo‘lgan Samarqand hokimi (qoraxoniylar 
sulolasidan) Usmon bilan do‘stona munosabat o‘rnatdi. Bu esa 
qoraxitoylarning Samarqandga yurish qilishiga olib keldi va ular shaharni 
bosib oldilar. Bu vaqtda mo‘g‘ul qabilalaridan biri bo‘lgan naymanlar 
qoraxitoylarning Yettisuvdagi yerlariga bostirib kirdilar. Shuning uchun 
qoraxitoylar shoshilinch ravishda orqaga qaytishga majbur bo‘ldilar. 
Qoraxitoylarning 
qiyin 
ahvolga 
tushib 
qolganidan 
foydalangan 
Xorazmshoh Samarqandni egallab (Usmon uning vassaliga aylandi) 
qoraxitoylar ustiga yurish qildi va Talas vodiysida 1210-yilda qoraxitoylar 
qo‘shini ustidan g‘alaba qozondi. Bu g‘alaba tufayli Muhammad 
Xorazmshohning ahvoli ancha mustahkamlandi. Samarqand hokimi 
Usmon Xorazmshohning to‘liq vassaliga aylandi va uning kuyovi bo‘ldi. 
Soliqlarning haddan tashqari oshib ketganligidan norozi bo‘lgan 
Samarqand xalqi 1212-yilda qo‘zg‘olon ko‘tardi. Katta qo‘shin bilan 
Xorazmshohning o‘zi Samarqandga kirib borib qo‘zg‘olonchilardan 
shafqatsizlarcha o‘ch oldi va kuyovi Usmonni ham o‘ldirdi. Shundan 
so‘ng u Movaraunnahrdagi vaziyatni o‘z foydasiga hal etish uchun 
Farg‘onani Usmonning ukasi Qodirdan tortib oldi. O‘zgan shahrini ham 
egalladi va shu tariqa qoraxoniylar sulolasi butunlay tugatildi. 
Qoraxitoylar sulolasini esa ko‘chmanchi naymanlar Quchluq rahbarligida 
tugatdilar. Xorazmshoh O‘rta Osiyoni butunlay egallagandan so‘ng 
G‘arbga yurish qildi va tez orada Eron va Afg‘onistonni bosib oldi. 
Hattoki Bag‘dod xalifasini ag‘darishga urinib ko‘rdi.

Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish