Oliy o‘quv yurtlarining nomutaxassislik fakultetlari



Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/174
Sana15.10.2022
Hajmi3,37 Mb.
#853332
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   174
Bog'liq
Узбекист тарихи Дарслик (Муртазаева)

al-Xorazmiy 
(783-850) qadimgi 
Xorazm diyorida tug‘ilib, voyaga yetadi. G‘oyatda o‘tkir zehn 
egasi va noyob qobiliyat sohibi bo‘lgan al -Xorazmiy yoshlik 
chog‘idan boshlab aniq va tabiiy fanlarni o‘rganishga qiziqdi, 
arab, fors, hind va yunon tillarini egalladi, bu tillarda yozilgan 
kitoblarni qunt bilan o‘qib, mutolaa qildi. U dastlabki ta’limni 


158 
xususiy muallimlardan oldi va so‘ngra o‘sha davrning yirik 
ma’rifat markazlaridan biri bo‘lgan Marv madrasasida o‘qidi. 
Xalifa Xorun ar-Rashidning o‘g‘li Ma’mun xalifalik taxtiga 
o‘tirgach (813 y.) Muhammad Muso al-Xorazmiyni o‘zi bilan 
birga Bag‘dodga olib ketadi va u yerda tashkil etilgan “Bayt ul -
Hikma”ga boshliq etib tayinladi. Bag‘dodda u Suriya, Iroq, 
Eron, Xuroson va Movaraunnahr olimlari bilan ijod qiladi.
Xorazmiy 
matematika, 
geometriya, 
astron omiya, 
geografiya, tarix ilmi va boshqa fanlar sohasida barkamol ijod 
qildi. Uning “Al Jabr al muqobala” (“Tenglamalar va 
qarshilantirish”), “Hisob al-Hind” (“Hind hisobi”), “Kitab surat 
al-Arz” (“Yer surati haqida kitob”), “Kitab at -Tarix” (“Tarix 
kitobi”), “Kitab al-Amal Bil Usturlabat” (“Usturlob bilan 
ishlash haqida kitob”) kabi asarlari olimga jahonshumul shuhrat 
keltirdi. Xorazmiy yaratgan 20 tadan ortiq asardan bizning 
davrimizgacha faqat 10 tasigina yetib kelgan.
Xorazmiy ijodi merosida “Aljabr va al-muqobala” 
kitobining ilmiy ahamiyati nihoyatda buyukdir. Bu kitobi bilan 
u matematika tarixida birinchi bo‘lib algebra faniga asos soldi. 
“Al-gebra” atamasi ushbu kitobning “al-jabr” deb yuritilgan 
qisqacha nomining aynan ifodasidir. Xorazmiy nomi esa 
matematikada “algoritm” atamasi shaklida o‘z ifodasini topdi. 
Uning “Al-jabr” asari asrlar davomida avlodlar qo‘lida yer 
o‘lchash, ariq chiqarish, bino qurish, merosni taqsimlash va 
boshqa turli hisob va o‘lchov ishlarida dasturilamal bo‘lib 
xizmat qildi. Xorazmiyning bu risolasi XII asrdayoq Ispaniyada 
lotin tiliga tarjima qilinadi va qayta ishlanadi. Keyinchalik 
asrlar davomida Yevropa olimlari Xorazmiy asarlarini qayta -
qayta ishlab, u asosda asarlar yozadilar. Xorazmiyning 
arifmetik risolasi hind raqamlar iga asoslangan o‘nlik pozitsion 
hisoblash sistemasi Yevropada, qolaversa, butun dunyo 
taraqqiyotida buyuk ahamiyat kasb etdi, algebrani mustaqil fan 
darajasiga ko‘tardi. 
Olimning “Kitob at-Tarix” (“Tarix kitobi”)da Xuroson , 
Kichik Osiyo va Movarounnahrning VIII-IX asrlar tarixiga oid 
qisqa va aniq ma’lumotlar o‘z ifodasini topgan. Xorazmiyning 
“Zij” (“Astronomik jadval”), “Quyosh soati haqida risola” 
asarlari falakiyotshunoslik fanining rivojlanish taraqqiyotiga 
katta hissa qo‘shdi. 


159 
Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Nosir 

Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish