Oliy o‘quv yurtlarining nomutaxassislik fakultetlari



Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/174
Sana15.10.2022
Hajmi3,37 Mb.
#853332
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   174
Bog'liq
Узбекист тарихи Дарслик (Муртазаева)

Abu Rayhon Beruniysiz
(973-1048-y.) tasavvur 
qilish mumkin emas. U o‘z zamonasining barcha fanlari - 
fizika, matematika, astronomiya, geodeziya, tarix, geografiya 
va bir necha boshqa fanlarni puxta egallagan olim bo‘lgan. U 
362 hijriy yili (973 -y.) Xorazmning qadimgi Kat shahrida 
tug‘ildi. O‘sha davrda Kat shahri Xorazmshohlar - Afrig‘iylar 
sulolasining poytaxti bo‘lib, O‘rta Osiyoning Xitoy, Hindiston, 
Yaqin Sharq davlatlari, Kavkaz va Sharqiy Yevropa davlatlari 
bilan bog‘lab turuvchi savdo va madaniy markazlaridan biri 
edi. 
Afsuski, 
Beruniyning 
zamondoshi 
Ibn 
Sinonikiga 
o‘xshagan tarjimayi holi bizgacha yetib kelmagan. Shuning 
uchun u boshlang‘ich ta’limini kimdan, qachon olganligi haqida 
aniq ma’lumotlar yo‘q. Ammo, bir n arsa aniqki, u 
yoshligidanoq ilm-fanga juda ham qiziqqan, qobiliyatli, 
mehnatkash bo‘lgan.
U o‘z ona tili xorazm tilidan tashqari yana bir qancha 
tillarni-so‘g‘diy, fors, hind, yunon va qadimgi yaxudiy tillarni 
ham o‘rgangan. U Hindistonda bo‘lar ekan, t ez orada nafaqat 
Hindiston tarixi, madaniyati, hatto sanskrit tilini ham 
o‘rganadi. Xorazmdagi Ma’mun akademiyasining eng ko‘zga 
ko‘ringan faol ishtirokchilaridan biriga aylanadi. Shu bilan 
birga u shoh Ma’mun II ning eng yaqin maslahatchisi sifatida 
mamlakat siyosiy ishlarida ham faol qatnashadi.
Beruniy Urganchda yashagan davrda Ibn Sino bilan 
yozishma olib borgan. Bizgacha ularning savol -javoblaridan 18 
tasi yetib kelgan. Bu yozishmalar Beruniyning tabiat falsafasi 
va fizika masalalari bilan qanchalik qiziqqanligidan guvohlik 
beradi. Savol-javoblarning mazmunida Aristotelning aql bilan 
his etish orqali chiqargan xulosalariga Beruniy o‘zining 
tuzatish va tajriba orqali aniqlagan xulosalarini qarshi qo‘ygan. 
Ibn Sino esa Aristotelni himoya qilgani ma’lum bo‘ladi. 
Beruniy Xorazmda yashagan vaqtda hali juda yosh 
bo‘lishiga qaramay, Kat shahrida muhim astronomik kuzatishlar 
o‘tkazgan. Bu kuzatishlar uchun o‘zi asboblar ixtiro qilgan. 
Beruniy 22 yoshida o‘zi tug‘ilib o‘sgan vatanni tashlab 
ketishga majbur bo‘ladi va avval Rayga, keyin Jurjonga keladi. 


163 
Bu yerda mashhur tabib, astronom, faylasuf Abu Saxl Iso al -
Masixiy bilan tanishadi va undan ta’lim oladi. Beruniy o‘zining 
mashhur asarlaridan biri bo‘lmish “Qadimgi xalqlardan qolgan 
yodgorliklar” asarini Jurjonda yoza boshlagan.
Tarixdan ma’lumki, 1017-yilda Mahmud G‘aznaviy 
Xorazmni bosib oladi va Beruniyni ham Xorazmshoh saroyidagi 
bir qancha olimlar qatori G‘azna shahriga olib ketadi. Beruniy 
G‘azna shahrida 1017 yildan to 1048 yilgacha hayot kechirgani 
ma’lum. Bu yillar Beruniy hayotida o‘ziga xos davr bo‘ladi. Bir 
tomondan g‘urbatda yashagan bo‘lsa, ikkinchi tomondan ilmiy 
faoliyatda juda ham mahsuldor davri bo‘ladi. Beruniy 
faoliyatini o‘rganuvchi olimlarning fikricha, bunday hol, ya’ni 
davlat ishlariga aralashmagan, siyosiy faoliyatdan chetlashgan 
olim o‘zining butun bo‘sh vaqtini ilmiy-tadqiqot ishlariga 
sarflaydi.
Beruniy tabiat fanlarining rivojiga bebaho hissa qo‘shgan 
olimdir. U o‘zining ilmiy asarlarida dunyoning tuzilishi haqida 
fikr yuritganda Ptolemey fikriga suyansa ham, amalda yerning 
harakati haqida Ptolemey tartibiga zid keluvchi fikrlarni bayon 
qiladi. U “Geodeziya” asarida geotsentrizm bilan bog‘liq 
bo‘lgan ba’zi nazariyalarning to‘g‘riligiga shubha bilan 
qaraganligini 
ochiqdan -ochiq 
bayon 
etadi. 
Bu bilan 

dunyoning 
geliotsentristik 
tuzilishi 
haqidagi 
nazariyani 
ishlashiga hissa qo‘shganlardan biri hisoblanadi.
Beruniy o‘z davrining katta matematigi ham bo‘lgan. U 
matematika masalalariga bag‘ishlangan asarlarida geometriya, 
arifmetika, 
algebra, 
sonlar 
nazariyasi, 
trigonometriya 
tushunchalarini ma’lum tartib bilan ta’riflaydi. Hozirgi zamon 
tadqiqotchilarining 
ko‘pchiligi 
Beruniyni 
trigonometriya 
fanining rivojiga qo‘shgan hissasini juda ham yuksak 
baholashadi. 
Ular 
Beruniyning 
trigonometri yaning 
matematikada mustaqil fan sifatida qaragan olim sifatida 
ko‘rsatmoqdalar. 
Beruniy 1030-yilda “Hindiston” nomi bilan mashhur 
bo‘lgan eng yirik asarini yozadi. Bu asar juda katta ahamiyatiga 
ega bo‘lgan asar bo‘lib, bu haqda juda ko‘p g‘arb va sharq 
olimlari 
o‘zlarining 
fikr-mulohazalarini 
bildirganlar. 
Beruniyning bu asari ustida 20 yil ish olib borgan E.Zaxau 
uning arabcha tanqidiy teksti bilan ingilizcha tarjimasini 1888 -


164 
yilda Londonda nashr ettiradi. Ana shu olim “hindshunoslikda 
Beruniyga teng keladigan biror olim na undan oldin va na 
undan keyin bo‘lganligini bilmaymiz”-degan edi. Yirik 
arabshunos olim R.Rozen “Hindiston” asari qadimgi va o‘rta 
asr g‘arb va sharq adabiyotida “misli ko‘rilmagan” -deb 
baholaydi. Hind olimlaridan Hamid Rizo esa “O‘rt a asr va 
yangi zamon mualliflaridan hech biri Hind madaniyatining 
chigal masalalarini ilmiy ruhda tushunish bo‘yicha Abu Rayxon 
Beruniy erishgan yutuqlariga erisha olmadi. Beruniyning 
“Hindiston” asari klassik namuna bo‘lib qolishi bilan birga o‘z 
muallifining qadimgi hind madaniyati va faniga tortig‘idir” -
degan edi. 
Abu Ali 

Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish