Oliy o‘quv yurtlarining nomutaxassislik fakultetlari



Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/174
Sana15.10.2022
Hajmi3,37 Mb.
#853332
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   174
Bog'liq
Узбекист тарихи Дарслик (Муртазаева)

ibn Sino
(980-1037) Buxoro yaqinida joylashgan 
Afshona qishlog‘ida tavallud topgan. Otasi ziyoli, o‘qigan, 
bilimdon kishi bo‘lib asli Balxdan bo‘lgan. Ibn Sino o‘sha davr 
ziyolilar oilasida hukm surgan turmush tarzi tizimi bo‘yicha 
“Qur’oni Karim”ni yoshlik chog‘idan yod ola boshlaydi. Bu 
bilan kifoyalanib qolmasdan otasi unga falsafa, hind hisobi kabi 
sohalarni ham o‘qita boshlaydi. Hatto Abu Abdulloh an -Nashali 
degan kishini o‘g‘liga murabbiy qilib oladi. U o‘spirinlik 
yillarida, 16 yoshida shunchalik chuqur shug‘ullanganki, hatto 
biron-bir kecha ham to‘yib uxlamagan ekan. Fan asoslari bilan 
bunday shug‘ullanish, ko‘p vaqtlar davomida amalga oshirgan 
mashaqqatli mehnat tez orada o‘z samarasini beradi, u 17 
yoshidayoq olim sifatida shakllanib, tabib degan nom chiqara 
boshlaydi. Mukofot sifatida saroy kutubxonasidan foydalanish 
imkoniyatiga sazovor bo‘ladi. 
Biz ko‘rib chiqayotgan davr siyosiy tarixi o‘ziga xos 
xususiyatlarga ega edi. Bu vaqtda ikki sulola (Qoraxoniylar va 
Somoniylar) tarix sahnasida hukmronlik uchun kurash olib 
bormoqda 
edi. 
Mamlakatdagi 
bunday 
beqarorlik 
fan 
arboblarining faoliyatiga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmas edi. 
Ibn Sino ham o‘sha davrda Xorazmda fan va madaniyat xomiysi 
sifatida nom chiqargan Ma’mun (999 -1016) saroyiga boradi. U 
yerda o‘sha davr mashhur olim, faylasuflari Abusaxl Masixiy, 
tabib Abul Xayir Xommar, qomusiy olim sifatida butun 
dunyoda tan olingan Abu Rayhon Beruniy va boshqa mashhur 
olimlar bor edilar. Ammo olimning tinch ijodi bu yerda ham 
ko‘pga cho‘zilmaydi. Xorazmni Mahmud G‘aznaviy egallagach 


165 
u Hamadonga jo‘naydi. O‘sha davrda Hamadon hukmdori 
Shams ad-Davla degan kishi bo‘lib, u kasal bo‘lib qoladi. Ibn 
Sino Buxoro amirini davolaganidek uni h am tuzatib yuboradi va 
evaziga vazir etib tayyorlanadi. O‘sha davrda ham saroy fisqu -
fasod, isyonlar uyasi edi. Ana shunday fisqu -fasodlar tufayli u 
zindonga tashlanadi. Isfaxon hukmdori Alouddavla Hamadonni 
bosib olgach, u zindondan ozod qilinadi.
Ibn Sinoning zamondoshi, uning shogirdi Jurjoniyning 
yozishicha u jismoniy jihatdan juda baquvvat bo‘lgan. Biroq 
shaharma-shahar 
darbadarlikda 
yurish, 
yuqorida 
qayd 
qilganimizdek, kechalari uxlamasdan uzluksiz ishlash va ta’qib 
ostiga olishlar olimning salomatli giga ta’sir ko‘rsatadi va u 428 
xijriy yilning ramazon oyida, 1037 yilning iyun oyida 57 
yoshida vafot etadi. 
Ibn Sino haqiqiy ensiklopedik olim bo‘lib, o‘z davrining 
deyarli 
barcha 
fanlari 
bilan 
muvaffaqiyatli 
ravishda 
shug‘ullangan va ularga oid ilmiy asarlar yaratgan. Turli 
manbalarda uning 450 dan ortiq asarlari qayd qilingan bo‘lsa 
ham, zamonlar o‘tishi bilan ularning ko‘pi yo‘qolib ketgan va 
bizgacha faqat 242 tasi yetib kelgan.
Ibn Sinoning tog‘larni paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi juda 
ajoyib fikrlari, minerologiya va geologiya fanlariga qo‘shgan 
hissasi juda salmoqlidir. Jumladan, u minerollarni to‘rt guruhga 
bo‘lib, ularning original klassifikatsiyasini taklif etadi. Bu 
klassifikatsiya to XIX asrgacha deyarli o‘zgarishsiz saqlanib 
keldi. 
Olimning 
minereologiya 
sohasidagi 
ishlarining 
muhimligi ta’kidlanib, 1956-yilda O‘zbekistonda topilgan 
mineral Avitsenit deb atalgan.
Ibn 
Sino 
botanika 
masalalari 
bilan 
ham 
ko‘p 
shug‘ullangan. Chunki tabobatda ishlatiladigan dorivor 
moddalarning aksariyati o‘simliklardan olinadi. Mashhur shved 
botanigi Karl Linney (1707 -1778) Ibn Sinoning botanika 
sohasidagi xizmatlarini ta’kidlab, tropik mamlakatlarda dengiz 
suvida ham o‘suvchi va doimo yashil holda qoladigan bir 
daraxtni Avitsenna deb atadi. Ham G‘arbda, ham Sharqd a 
“Avitsenna” va “Shayxur-Rayis” nomi bilan shuhrat qozongan 
bobokalonimiz haqiqatan ham mustaqil O‘zbekiston yoshlari 
qalbida o‘z tarixi va bobokalonlari bilan faxrlanish his -
tuyg‘ularini uyg‘otadi. 


166 
Abu Abdulloh Ja’far 
Rudakiy
(960-1041-y.) taxminan 
960-yilda 
Samarqand 
yaqinida 
joylashgan 
Panjrudak 
qishlog‘ida tug‘ilgan. Shuning uchun ham shoirning taxallusi 
shu tug‘ilgan qishlog‘ining nomidan kelib chiqib Rudakiy 
bo‘lib hisoblanadi. Yana boshqa manbalarda aytilishicha, o‘sha 
davrda xalq cholg‘u asboblari orasida “rud” nomli musiqa 
asbobi bo‘lib, shoir uni chalishni juda yaxshi o‘rgangan, 
shuning uchun ham shoir taxallusini shu asbobdan olgan deb 
ham hisoblaydilar. 
Rudakiyning 
tarjimai 
holiga 
bag‘ishlangan barcha 
manbalarda uni kambag‘al oiladan ekanligi, yoshligidayoq 
musiqa asboblarini yaxshi chalishni va ashula aytishni 
sevganligi qayd etiladi. Yosh shoirning o‘zi she’rlar yozishi va 
musiqaga bo‘lgan bunday muhabbati tez orada uni mashhur 
qilib yuboradi. Bu davrda she’riyat, ayniqsa, saroy she’riyati, 
qasidanavislik, ya’ni shaxsga madhiya o‘qib, ko‘klarga ko‘tarib 
maqtash keng avj olgan edi. Qasidanavislikdan asosiy maqsad, 
uning mohiyati maqtov kimning shaxsiga qaratilgan bo‘lsa, 
o‘sha kishini shaxsni ulug‘lashtirish bo‘lgan. Rudakiy esa 
ma’lumotlarga qaraganda, qasida to‘qishga usta bo‘lgan. 
Shuning uchun ham bo‘lsa kerak, uning Somoniylar saroyiga 
taklif qiladilar. U davrda hokimiyat tepasida Nasr ibn Ahmad 
turardi.Shu davrdan boshlab, uning hayotida saroy davri 
boshlanadi. Saroy hayoti o‘zining o‘ta murakkabligi bilan 
ajralib turgan, fisqu -fasodlarga to‘la bo‘lgan. Rudakiy qarigan 
vaqtida saroydan quviladi va qolgan umrini o‘zining ona 
qishlog‘ida faqirlikda o‘tkazadi. Saroydan quvilayotgan paytda 
uning ko‘ziga mil tortib, ko‘r qilinadi.
Rudakiy fors-tojik she’riyatining asoschilaridan biri 
hisoblanadi. 
XI 
asr 
shoiri 
Rashidiyning 
aytishicha, 
Rudakiyning bir million uch yuz ming bayt she’ri borligi 
hisoblab chiqilgan. Ammo bizgacha ming bayt, ikki qismda 
ellik ruboiy, she’rlar, doston va boshqalar yeti b kelgan, xolos. 
Bu asarlarda shoir do‘stlik, muhabbat, yaxshilik qilish, 
birovning dilini og‘ritmaslik kabi ulug‘ insoniy fazilatlarni 
ulug‘laydi. Doimo ezgulik qilishga chorlaydi.
Rudakiyning she’riyati hayot lazzati, hayotning o‘zi ustod 
ekanligi, 
undan 
ko‘p narsalarni bilib, o‘rganib olish 
mumkinligini ta’kidlaydi va shunday qilish lozim ekanligini 


167 
uqtirishga harakat qiladi. Hayot ta’limi butunlay boshqacha 
ta’lim ekanligini, uni ba’zida shirin, ba’zida achchiq ekanligini 
ko‘rsatadi. Bunday ta’limni hech bir o‘qituvchi bera 
olmasligini uqtiradi.
Har bir kishi olmasa hayotdan ta’lim,
Unga o‘rgata olmas hech bir muallim. 
Bizgacha Rudakiy qalamiga mansub “Kalila va Dimna”, 
“Davroni oftob”, “Sindnoma” kabi poemalardan parchalar yetib 
kelgan. Rudakiynin g asarlari haqida gap yuritar ekanmiz, uning 
tili sodda, keng xalq ommasiga juda ham tushunarli 
bo‘lganligini ko‘ramiz. Shuning uchun ham u keng xalq 
ommasi orqali shuhrat topgan. Uning asarlari hozirgi o‘zbek 
tiliga ham tarjima qilingan. 

Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish