Oliy o‘quv yurtlarining nomutaxassislik fakultetlari



Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/174
Sana15.10.2022
Hajmi3,37 Mb.
#853332
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   174
Bog'liq
Узбекист тарихи Дарслик (Муртазаева)

yalavoch
yoki 
yalafar
deb atalgan.
Hoqonlik hududlari el, viloyatlarga bo‘lingan. Ijtimoiy tuzumda 
mavqei ancha baland hisoblangan yirik zamindorlar-dehqonlar qatlami 
qoraxoniylar davrida o‘z ahamiyatini yo‘qotdi. O‘rta Osiyo ko‘hna 
zodagon toifasining bunday ahvolga tushishiga asosiy sabab siyosat 
maydonida yuz bergan sulolalar o‘rtasidagi taxt almashuvi, eng ta’sirli 
jihati esa ko‘chmanchilik sharoitiga moslashgan el-uluslarining o‘troq 
aholi hududlarining ishg‘ol etishidir. 


148 
Somoniylar zamonida mazkur sulola uchun xos markazlashgan 
davlat tuzumidan qoniqmagan aslzoda dehqonlar qoraxoniylarni qo‘llab-
quvvatlagan edilar. Yirik xonadon sohiblari-qoraxoniylar hokimiyatda 
uzoq davr tura olmadilar va vaqti kelib biz hududimizning asosiy 
hukmdorlari bo‘lib qolamiz deb o‘ylashgan edi. Ularning bunday 
rejalarini tushungan yag‘mo va jikillarning boshliqlari zodagonlarni 
quvg‘in qila boshladilar. Buning oqibatida keksa boy qatlam vakillari o‘z 
ekinzorlari, uy-joylari, mulklari va boyliklaridan mahrum bo‘ldilar. 
Dehqon degan nom endilikda faqat oddiy jamoatchiga nisbatan 
aytiladigan bo‘lib qoldi. Aslzodalar o‘zlarining daromad manbayi-yer-
mulkdan mahrum bo‘la boshlagan sari oddiy jamoatchi ziroatkorlar 
ijarachilarga aylana bordilar. Bu paytda yerlar egasiz va qadrsiz bo‘lib 
qoldi. Unumdor joylar yaylovlarga aylandi. Biroq keyingi voqealar 
jarayonida Movaraunnahr ijtimoiy hayotida jonlanish yuz berganligi 
haqida ma’lumotlar bor. 
Qoraxoniylarda oddiy xalq 
budun
deyilgan. Soliq to‘lovchi fuqaro 
rayiyat
deb atalgan. Qabila boshliqlari 
bek 
deyilgan, savdogarlar 
sart
deb 
atalgan. 
Qoraxoniylar 
davlatida 
hunarmandchilik 
(kulolchilik, 
to‘quvchilik, shishasozlik, temirchilik, zargarlik), shuningdek ziroat va 
chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlovchi sohalar taraqqiy etgan. 
Shuningdek, qimmatbaho toshlar, oltin, mis, temir qazib olingan. 
Shaharsozlik inshootlari pishiq g‘ishtdan bunyod etilgan. Xonlikda yer 
egaligining 
iqto
shakli keng tarqalgan. Manbada shunday deyiladi: 
“Iqtoga sohib bo‘lganlar (muqtalar) shuni bilishlari lozimki, ular faqatgina 
rayiyyatdan haq molini yaxshilik bilan olishga haqlidirlar va odamlar o‘z 
tanuv mollari, bola-chaqalari, asbob-uskunalari bilan xavfsiz bo‘lishlari 
shart. Agar odamlar saroyga kelib, o‘z hollarini ma’lum qilmoqchi 
bo‘lsalar, ular qarshilik qilmasinlar va qaysi bir muqta shunday qilsa 
qo‘lini qisqartirib, iqtosini tortib olish, o‘ziga jazo berib, boshqalarga ibrat 
etib ko‘rsatish kerak. Ularga shuni bildirib qo‘yish lozimki, mulk ham, 
rayiyat ham xonnikidir. Muqtalar va valiylar ularni boshlarida shahnadek 
turib, 
podshoni 
rayiyat 
bilan 
birga 
xavfsizlikdan 
saqlaydilar 
(“Siyosatnoma”). Hoqon, vaqf, jamoa mulklari qoraxoniylar tasarrufidagi 
asosiy yer-mulklar hisoblanadi. 
Qoraxoniylar davlatida saljuqiylarda bo‘lgan kabi iqto egasi o‘z 
mulkida ishlayotgan ziroatkorlardan belgilangan miqdorda qonun bilan 
qayd etilgan soliqdan boshqa ortiqcha mahsulot yoki haq olishga huquqi 
bo‘lmagan. Majburiy ravishda biror-bir mahsulot tortib olinsa, bunday 


149 
vaziyatda iqtoning ma’lum miqdori qirqib olingan yoki umuman tortib 
olingan. 

Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish