150
katta qo‘shin bilan saljuqiylar ustiga yurish qildi. 1040-yilda Mari
yaqinidagi Dandanakon degan joyda hal qiluvchi jang bo‘lib,
bunda
Ma’sud armiyasi qattiq mag‘lubiyatga uchradi. Jangdan zo‘rg‘a qochib
qutulgan Ma’sud tez orada (1040-y.) vafot etdi. Uning vorislari
g‘aznaviylar davlatining avvalgi qudratini tiklashga muvaffaq bo‘la
olmadilar.
G‘aznaviylarga tegishli Xuroson asta-sekin saljuqiylar qo‘liga o‘tdi.
Saljuqiylar davlatining bosh sultoni bo‘lib, Tog‘rulbek (1038-1063-y.)
saylandi. U katta istilochilik yurishlari olib borib, Balxni, Iroqning
shimoli,
Ozarbayjonni, Kurdistonni va Qo‘histonni ham bosib olishga
erishdi. 1055-yilda u katta qo‘shin bilan Bag‘dodga kirib keldi va
xalifadan o‘z nomiga xutba o‘qitishni talab etdi. Shundan so‘ng xalifa
diniy hokimiyatni o‘z qo‘lida saqlab qolib dunyoviy hokimiyatni sulton
unvoni bilan Tog‘rulbekka topshirdi. Saljuqiylar davlatining poytaxti qilib
Tog‘rulbek Ray shahrini tanladi. Uning hukmronligi
davrida saljuqiylar
Kavkazda Vizantiya qo‘shinlariga ham katta zarba berdilar. U
Movaraunnahrda hukmronlik qilayotgan qoraxoniylar bilan do‘stona
munosabatlar o‘rnatdi. Lekin uning vorisi Alp Arslon (1063-1072)
Amudaryoning o‘ng sohilidagi yerlarga bir necha bor harbiy yurishlar
uyushtirdi. Vizantiya imperatori Roman IV Diogen qo‘shinlarini mag‘lub
etdi. Undan keyin taxtga o‘tirgan Malikshoh (1072-1092) 1089-yilda
qoraxoniylar o‘rtasidagi ichki nizolardan foydalanib Buxoro va
Samarqandni egalladi va katta o‘lja bilan orqaga qaytdi. Lekin
Qoraxoniylar Saljuqiylarning yarim vassaliga aylandilar. Malikshohning
o‘limidan keyin Saljuqiylar davlatida taxt uchun o‘zaro
kurashlar qizib
ketadi va 1118 yilda hokimiyat buyuk saljuqiylar sulolasining so‘nggi
yirik vakili Sulton Sanjar (1118-1147) qo‘liga o‘tadi. Uning davrida
Saljuqiylar davlatining poytaxti Marv shahriga ko‘chirildi. U
Movarounnahrdagi qoraxoniylarning ichki ishlariga, siyosatiga katta ta’sir
o‘tkaza olishga erishgan saljuqiylardan edi. 1141-yilda qoraxitoylar bilan
Sulton Sanjar va uning vassali, ittifoqdosh qoraxoniy Mahmudxonning
birlashgan qo‘shinlari o‘rtasida, Samarqand yaqinidagi Qatvon cho‘lida
bo‘lib o‘tgan jangda qoraxitoylarning g‘alaba qilishi Saljuqiylar davlatini
ancha zayiflashtirdi. Saljuqiylarning mag‘lubiyatidan Xorazmshoh
Qutbiddin Muhammad
Otsiz ustalik bilan foydalanib, 1141-yilning
qishida saljuqiylarning poytaxti Marvni bosib oldi, 1142-yilda esa
Nishopurga yurish qildi. Lekin Sulton Sanjar Xorazm qo‘shinlarini
Xurosondan quvib chiqardi va Xorazmshoh Otsizni yana o‘ziga
bo‘ysundirishga erishdi. Sulton Sanjarning harakatlariga qaramasdan
151
Saljo‘qiylar davlati o‘zining avvalgi qudratini yo‘qota bordi.
Saljo‘qiylarga hal qiluvchi zarbani Balx va Xuttalon viloyatlarida
yashovchi ko‘chmanchi Guz qabilalar berdilar. Ular Sulton Sanjar
qo‘shinlarini tor-mor etib, uni asir oldilar. Guzlar himoyasiz qolgan Marv,
Nishopur
shaharlarini talab, o‘t qo‘ydilar. Sulton Sanjar 1156-yilda
asirlikdan qochishga muvaffaq bo‘lsa ham saljuqiylar davlatini tiklay
olmadi va bir yildan keyin vafot etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: