“ustod”
,
keyinchalik
“Shayx ul-islom”
deb atalgan. “Ustod” dan so‘ng o‘z
lavozimi bo‘yicha ruhoniylar orasida
“xatib”
turgan. U jome’
masjidlarida juma namozida xutba o‘qish huquqiga ega bo‘lgan. Bu
davrda Buxoro Sharqdagi islom olamining eng nufuzli markazlaridan
biriga aylanadi. Movarounnahrdagi dastlabki madrasalarning bu yerda
barpo etilishi ham bejiz emas.
Yer egaligining quyidagi shakllari mavjud bo‘lgan:
Mulki sultoniy
- shaxsan amirga tegishli yer-suv, tegirmon,
do‘konlar. Bu mulkni qishloq chorikorlari ijaraga olganlar. Yana yer
egaligining toma (umrbod berilgan yer), iqto (merosiy) turlari bo‘lgan.
Xususiy shaxslarga tegishli mulk:
hukmdor tabaqa xonadoni,
dehqon-zodagonlarga, sayyidlar, sipohsolor, badavlat savdogarlarga
tegishli mulklar hisoblangan. Shartli yer egaligi ham bo‘lgan.
Vaqf mulklari:
diniy muassasalar va madrasalarga tegishli mulk.
Bu mulkni muassasa mutavallisi boshqargan.
141
Jamoa mulki:
yaylov, tog‘ yonbag‘irlaridagi lalmi yerlar.
Xiroj hajmi shariat va davlat qonunlari asosida belgilangan.
Somoniylarning birgina Buxoro va Karmana viloyatlari xirojidan tushgan
daromadi 116866 dirxamni tashkil qilgan.
Somoniylar davrida yerlar qaytadan taqsim qilindi. Yer egalarining
yangi guruhi tashkil topdi. Ularning ko‘pi sipohiylardan chiqqan edi.
Masalan, Alpteginning Xurosonda va Movarounnahrda 500 qishlog‘i
bo‘lib, biror shahar yo‘q ediki, unda uning qasri yo bog‘i, yoxud
karvonsaroyi bo‘lmasa. Uning tasaruffida minglab otlar va chorva mollari
bo‘lgan.
Somoniylar davrida qudratli markazlashgan davlatning vujudga
kelishi natijasida Movaraunnahr va Xurosonda ma’lum barqarorlik qaror
topdi. Bu holat mamlakat iqtisodiy hayotiga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo tez sur’atlar bilan rivojlana
boshladi. Movaraunnahr va Xuroson bu vaqtda Sharqning iqtisodiy
jihatdan eng rivojlangan o‘lkalaridan hisoblangan. Tarixchilar va
geograflar bu borada juda yaxshi ta’riflar yozib qoldirganlar. Ular, bu
yerlar juda serhosil, tabiiy boyliklarga boy, unda ko‘plab qishloq va
shaharlar borligini, aholi uchun kerakli hamma narsalar mavjudligini zo‘r
ehtiros bilan bitganlar.
Xuroson va ayniqsa, Movaraunnahr dehqonchilik o‘lkalari qatoriga
kirgan. Bu yerlarda dehqonchilik asosan sun’iy sug‘orishga asoslangan.
Ko‘plab soy va daryolardan chiqarilgan katta-kichik kanallar mavjud
bo‘lgan. Buxoro vohasida Shopurkon, Shohrud, Karmana, Poykand,
Samarqand vohasida Barj (Darg‘om), Barmsish, Buzmadisoy, Ishtixon
kabi kanallar shahar va qishloqlarni suv bilan ta’minlagan. Bundan
tashqari bunday kanallar Xorazm, Qashqadaryo, Farg‘ona va Shoshda
ham bo‘lgan. Manbalarga qaraganda Shosh aholisi xalifa Mutasimga
(833-842) murojaat qilib vohada suv yetishmasligi tufayli kanal
qurilishiga
yordam
so‘ragan.
Sun’iy
sug‘orishga
asoslangan
dehqonchilikdan tashqari lalmikor dehqonchilik ham yaxshi yo‘lga
qo‘yilgan.
Dalalarda bug‘doyning turli navlari, arpa, sholi va boshqa boshoqli
ekinlar ekilgan. Qishloq xo‘jaligida paxta yetishtirishga alohida ahamiyat
berilgan. Paxta, ayniqsa, Zarafshon, Qashqadaryo va Marv vohasida ko‘p
ekilgan. Bog‘dorchilik ham yaxshi rivojlangan. Bog‘larda olma, shaftoli,
nok, behi, anor, anjir, yong‘oq kabi turli mevalar yetishtirilgan. Uzum
yetishtirish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Ayniqsa, Samarqand, Marv, Hirotda
yetishtirilgan uzumlar juda qadrlangan. Umuman Xuroson va
142
Movaraunnahrning mevalari o‘zining turli navlari va yuqori sifatliligi
bilan butun Sharqda dong taratgan. Juda ko‘p quruq mevalar Yevropaning
turli shaharlariga jo‘natilgan.
Umuman, Somoniylar davrida Xuroson va Movaraunnahr qishloq
xo‘jaligining turli tarmoqlari xususan, dehqonchilik yaxshi rivojlangan.
Somoniylar davrida dehqonchilik bilan bir qatorda hunarmandchilik ham
keng sur’atlar bilan tarqalgan. Shahar aholisining ko‘p qismi
hunarmandchilikning turli sohalari bilan mashhur bo‘lishgan. Manbalarda
qayd qilinishicha, Movaraunnahrda, ayniqsa to‘qimachilik yaxshi taraqqiy
qilgan. Bu yerlarda ipak va jundan tayyorlangan turli-tuman gazlamalar
o‘zining yuqori sifatliligi, bejirim va nafis naqshlari bilan ajralib turgan.
Buxoroning Zandana, Samarqanddagi Vedar va Surxondaryodagi
Darzangi to‘qimachilarining mahsulotlari faqatgina Movaraunnahr va
Xurosondagina emas, balki Iroq, Еron va Hindistonda ham ma’lum
bo‘lgan. Xususan, Narshahiyning yozishicha, Zandanada tayyorlangan
gazlamalarga Sharq bozorida ehtiyoj juda katta bo‘lgan. Ibn Xavqal va
Muqaddasiyning qayd etishicha, Vedarda tayyorlangan yuqori sifatli
gazlamalar aholining yuqori tabaqalari orasida juda qadrlangan. Bu
gazlamalardan asosan amirlar, vazirlar, turli amaldorlar, qozilar o‘zlariga
liboslar tiktirganlar. Vedar gazlamasi hatto Xuroson parchasi ham deb
atalgan. Gazlamalarning turli navlari bundan tashqari Keshda, Nasafda,
Dabusiyada va ko‘pgina boshqa shaharlarda ham tayyorlangan.
Kulolchilik ham Somoniylar davrida o‘z taraqqiyotining eng yuqori
bosqichlariga ko‘tarilgan. Kulolchilik charxini yanada mukammallanishi
natijasida idishlarni bezashda sirlardan foydalanishni kashf etilishi bu
borada katta yutuq bo‘ldi. Natijada idishlarni turlari ham, shakllari ham
ko‘paydi. Ularning sifati keskin darajada oshdi. Idishlar turli rangdagi
sirlar bilan bezatila boshlandi. Manbalarda qayd qilinishicha, ayniqsa,
Samarqand, Binket va Marv kulollari tayyorlagan idishlar o‘zining bejirim
shakli, yuqori sifati, ajoyib va nafis naqshlari bilan ajralib turgan.
Еpigrafik naqsh bilan bezatilgan turli-tuman idishlar ayniqsa, diqqatga
molikdir. Shu davrga oid shaharlarda olib borilgan arxeologik
izlanishlarga qaraganda, kulollar shaharlarda mahalla-mahalla bo‘lib
yashaganlar. Mana shunday mahallalar Samarqandda, Marvda, Aхsikatda,
Termizda ochib o‘rganilgan.
Bu davrda shishasozlik ham keng rivojlangan. O‘rta Osiyo
shishasozlari turli shakldagi katta-kichik shisha idishlarni tayyorlaganlar.
Idishlar asosan ko‘kimtir va shaffof rangdagi shishalardan tayyorlangan.
Ularning ma’lum qismi naqshlar bilan bezatilgan. Shishasozlarning
143
ustaxonalari Niso, Marv, Termiz, Poykant kabi shaharlarda ochib
o‘rganilagan. O‘rta Osiyo shishasozlarining mahsulotiga boshqa
o‘lkalardan ehtiyoj katta bo‘lgan.
Somoniylar davrida metallurgiya sohasida ham katta yutuqlar qo‘lga
kiritilgan. Yozma manbalar va olib borilgan arxeologik qazish ishlarga
qaraganda bu davrda kon sanoati taraqqiyotida katta o‘zgarishlar ro‘y
bergan. Bu davrda Badaxshonda kumush, oltin, billur, lojuvard kabi
qimmatbaho metall va toshlar qazib olish davom etgan. Ustrushonaning
Mink tumanida katta miqdorda temir rudasi, Buttamda oltin, kumush, mis
va boshqa metallar, Tuzkon ko‘lida tuz, Farg‘onadagi Nokad degan
joydan oltin, kumush, Isfara yaqinida toshko‘mir qazib olingan.
Farg‘onada neft ham borligi yozma manbalarda qayd qilingan.
O‘rta Osiyoda somoniylar davrida qog‘oz ishlab chiqarish ham
yaxshi rivojlangan. Qog‘oz ishlab chiqarish bo‘yicha eng yirik markaz
Samarqand bo‘lib, undagi qog‘ozlarning mahsuloti faqat О‘rta Osiyo yoki
Sharqda emas, balki Yevropada ham mashhur bo‘lgan. Samarqand
qog‘ozining olti navi manbalarda qayd qilingan.
Yuqorida qayd qilingan hunarmandchilik turlaridan tashqari
somoniylar davrida O‘rta Osiyoda toshtaroshlik, zargarlik, duradgorlik
kabi sohalar ancha rivoj topgan. Somoniylar davrida kuchli va mustaqil
davlatnig paydo bo‘lishi dehqonchilik, hunarmandchilikning rivojlanishi,
shaharlarning taraqqiyoti o‘z navbatida ichki va tashqi savdoni yanada
uzviylashuviga va taraqqiyotiga olib keldi. Avvalo, shahar va qishloqlar
o‘rtasidagi savdo kengaydi. Ikkinchi tomondan shahar va qishloqlarni
qo‘shni ko‘chmanchi xalqlar va boshqa davlatlar bilan aloqasi rivojlandi.
Yozma manbalarda qayd qilinishicha, bozorlar katta-kichik
shaharlarda va hatto qishloqlarda bo‘lgan. Ayniqsa, karvon yo‘llari
bo‘ylab joylashgan, shaharlarda bir nechtadan bozorlar bo‘lgan. Buxoro,
Xo‘jand, Nasaf, Kesh, Termiz, Hirot, Marv, Nishopur shaharlaridagi
bozorlar katta va juda gavjum bo‘lgan. Istahriyning yozishicha,
Samarqandda Movarounnahrning bosh bozorlari joylashgan. Bu yerga
hamma yerdan savdogarlar kelgan. Movarounnahrda tayyorlangan
mahsulotlarning katta qismi Samarqandga keltirilgan va undan keyin
boshqa o‘lkalarga tarqalgan. Ichki va tashqi savdoda ayrim kichik
shaharlarning ham o‘rni katta bo‘lgan. Bu borada Poykand shahri muhim
ahamiyat
kasb
etadi.
Manbalarda
yozishlishicha
bu
shaharda
somoniylardan oldin ham savdogarlar Xorazm, Kaspiy bo‘yidagi o‘lkalar
va Xitoy bilan oldi-sotti ishlari olib borishgan. Shahar hokimlari
savdogarlar uchun hamma shart-sharoitlarni tug‘dirib berishga harakat
144
qilganlar. Shaharda o‘nlab karvon saroylar mavjud bo‘lgan, ular bozorga
yaqin joylarda joylashgan. Savdo rastalari karvonsaroyning o‘zida ham
bo‘lgan. Karvon saroylar yo‘llarda ham qurilgan.
Bozorlarda sotiladigan mollar avvalo mahalliy aholining ehtiyojini
qondirishga qaratilgan. Hunarmandlar o‘z mollarini sotib oziq-ovqat
mollarini xarid qilishgan, o‘z navbatida dehqonlar hunarmandchilik
mollarini xarid qilishgan.IX-X asrlarda O‘rta Osiyoning iqtisodiy
hayotida savdo-sotiq katta ahamiyatga ega edi. Bu borada ko‘chmanchilar
bilan chegaradosh bo‘lgan shaharlarning ahamiyati katta bo‘lgan.
Ko‘chmanchilar shaharlarga kelib, dehqonchilik va hunarmandchilik
mahsulotlarini xarid qilganlar, teri va boshqa chorvachilik mahsulotlarini
sotganlar.
O‘rta Osiyolik savdogarlar o‘z mollarini arab xalifaligi tarkibiga
kirgan davlatlarga, Kavkazga, Xazar va Bulg‘oriyaga, Xitoy va
Hindistonga olib borib sotganlar. O‘rta Osiyodan Xitoy bilan O‘rta Yer
dengizini birlashtiruvchi va Janubi-Sharqiy Yevropaga olib boruvchi
karvon yo‘llari o‘tgan. Ayniqsa, O‘rta Yer dengizi bilan bog‘lovchi
karvon yo‘li ancha gavjum bo‘lgan. Bu yo‘l Bag‘dod, Hamadon,
Nishopur, Marv, Amul, Buxoro, Nasaf, Kesh, Samarqand, Ustrushona,
Choch, Bolasog‘un orqali Xitoyga olib borgan. Xitoyga O‘rta Osiyodan
otlar va shisha buyumlar olib borilgan. Xitoydan esa turli-tuman ipak
gazlamalar keltirilgan. Xazar, Bulg‘or va Rus yerlariga O‘rta Osiyodan
quruq mevalar, turli-tuman gazlamalar, guruch va kumush chiqarilgan.
O‘z navbatida janubi-sharqiy Yevropadan O‘rta Osiyoga mo‘yna, mis,
teri, qoramol, qullar keltirilgan. Janubi-sharqiy Yevropa bilan bo‘lgan
savdo aloqalarida xorazmlik savdogarlarning o‘rni katta bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |