Oliy o‘quv yurtlarining nomutaxassislik fakultetlari


-mavzu. IX-XII asrlarda o‘zbek davlatchiligi. Siyosiy



Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/174
Sana15.10.2022
Hajmi3,37 Mb.
#853332
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   174
Bog'liq
Узбекист тарихи Дарслик (Муртазаева)

7-mavzu. IX-XII asrlarda o‘zbek davlatchiligi. Siyosiy, 
ijtimoiy-iqtisodiy hayot 
Tohiriylar va Somoniylar davrida Movaraunnahr 
 
IX asrga kelib O‘rta Osiyo, xususan Movaraunnahrda arab 
xalifaligiga qarshi olib borilgan kurashlar natijasida mahalliy sulola 
vakillarining mustaqillikka bo‘lgan intilishlari kuchayib ketdi. Chunonchi, 
xalifalikning ichki hududlarida ham ziddiyatlar keskinlashib borayotgan 
edi. Xalifa Xorun ar-Rashid vafotidan keyin uning o‘g‘illari Ma’mun va 


136 
Amin o‘rtasida o‘zaro kurash boshlanib ketdi. Mahalliy sulola vakillari bu 
kurashlarga aralasha boshladilar. 
Hirot viloyatining Bushang shahridan bo‘lgan Tohir ibn Husayn o‘z 
nomidagi sulolaga asos soldi. Bu davrda Xorun ar-Rashidning kichik 
o‘g‘li Ma’mun (asli ismi Abdulla bo‘lgan) Xurosonning noibi edi. Amin 
va Ma’mun o‘rtasida hokimiyat uchun bo‘lgan kurashda Tohir ibn Husayn 
Ma’mun tomonidan turib Aminga qarshi kurashdi. Ayrim manbalarning 
guvohlik berishicha, 813-yilda Ma’mun xalifalik markazi Bog‘dodni 
egallaydi hamda bir necha yil mobaynida Tohir ibn Husayn xalifa 
saroyida yuqori lavozimlarda xizmat qiladi. 821-yilda esa Tohir ibn-
Husayn Xurosonga noib etib tayinlanadi (o‘sha davrda Movaraunnahr 
ham Xuroson tarkibiga kirar edi). Tohir ibn-Husayn Nishopur shahrini 
o‘zining qarorgohi etib tanladi. U o‘zi noiblik qilayotgan viloyatlarni 
xalifalikdan mustaqil boshqarishni orzu qilar edi. Natijada Tohir 
xalifalikdan mustaqil siyosat yurgizishga harakat qildi. Noiblikka 
o‘tirgandan so‘ng oradan ko‘p o‘tmay Tohir xutba nomozidan xalifaning 
nomini chiqarib tashlaydi. Bu esa uning xalifa Ma’munga qarshi ochiqdan 
ochiq isyoni belgisi edi. 
Ba’zi manbalarda qayd etilishicha, 822-yilda Tohir ibn Husayn 
Ma’mun odamlari tomonidan o‘ldirildi. Uning o‘rniga Talxa ibn Tohir 
(822-830-y.) noib etib tayinlandi. Buning sababi shunda ediki, xalifalik 
aynan 
mahalliy 
hukmdorlarning 
kuchidan 
arablarga 
qarshi 
qo‘zg‘olonlarni bostirishda foydalanar edi. Xuroson noibining muhim 
vazifalaridan biri esa o‘ziga qarashli hududlarda viloyat hokimlarini 
saylash bo‘lgan. Xususan, Tohir dastlabki somoniylar vakillarini 
Samarqand, Ustrishona, Farg‘ona va Shoshga hokim qilib tayinlagan. 
Talxadan keyin taxtga o‘tirgan Abdulloh ibn Tohir o‘zigacha 
bo‘lgan noiblar siyosatini davom ettirdi. Bu davrda Xuroson noibligiga 
Movarounnahr, Xorazm, Seyiston, Ko‘histon, Tabariston va Jurjon 
hududlari kirgan. Har bir viloyat bir necha ma’muriy birliklarga 
bo‘lingan. Bu birliklar katta va kichik tumanlardan iborat bo‘lgan. 
Abdulloh o‘z hokimiyatini mustahkamlash maqsadida ayrim harbiy 
islohotlar o‘tkazgan edi. Bundan tashqari Tohiriylar yuritgan siyosatning 
xususiyatlaridan yana biri, ularning islomlashtirish siyosati edi. Ayrim 
ma’lumotlarga ko‘ra, Tohiriylar davrida O‘rta Osiyoning barcha 
hududlarida islom dini tarqaladi. 
Tohiriylar davlat boshqaruvida turli toifa va qatlamlar mavjud edi. 
Shunga alohida e’tibor berish kerakki, Tohiriylar qishloq xo‘jaligini 
rivojlantirish maqsadida yer-suv masalalariga alohida e’tibor qaratdilar. 


137 
Shu soha bilan shug‘ullanuvchi qonunshunoslar “Kitob alkuniy” nomli 
qonunlar to‘plamini tuzdilar. Bu to‘plam yerdan unumli foydalanish va 
sug‘orish tizimi masalalariga qaratilgan edi. 
IX asrning 60-70-yillaridan e’tiboran tohiriy hukmdorlarga qarshi 
xalq harakatlari kuchaydi. Bu harakatga G‘oziylar boshchilik qildilar. 
(“G‘oziylar” asosan ko‘chmanchi qabilalar hujumini bartaraf qilish 
maqsadida kambag‘al hunarmandlar va yersiz ziroatchilardan tashkil 
topgan qurolli qo‘shin). G‘oziylar harakatini aka-uka Yoqub va Amir 
binni Lays boshqardilar. Ular dastlab Seyistonda hokimiyatni qo‘lga 
olgach, 873 yilda tohiriylarning qo‘shinlariga katta zarba berib, Xuroson 
poytaxti Nishopurni egalladilar. Shu davrdan e’tiboran tohiriylar sulolasi 
barham topdi va Xurosonda hokimiyat Safforiylar (misgarlar, Yoqub va 
Amir asli hunarmand-misgar-”saffor” edilar.) qo‘liga o‘tib ketdi. Rasmiy 
jihatdan Xuroson va Movaraunnahr ustidan hukmronlik qilib turgan 
tohiriylar sulolasining inqirozga uchraganligi Movaraunnahrdagi mahalliy 
hokimlarning o‘lkani to‘la mustaqilligini ta’minlash sari harakatlari uchun 
qulay imkoniyatlar yaratib berdi. Endi bu davrda somoniylar siyosiy 
maydondagi kurashda erkin harakat qila boshladilar va ular 
Movaraunnahrda markazlashgan bir butun davlat barpo qilishga 
kirishdilar. Birlashtirish g‘oyasini shaharliklar ham, dehqonlar ham 
qo‘llab quvvatladilar. Chunki birlashgan va markazlashgan yagona va 
qudratli davlatgina ko‘chmanchi qabilalarning hujumini daf qila olishi 
mumkinligini ular yaxshi bilar edilar. Markazlashgan yagona hamda 
qudratli davlat kuchli harbiy kuch yaratish imkoniyatini berardi. 
Somoniylar davlatiga Somon qishlog‘i (Balx yaqinida, ba’zi 
manbalarda esa, - Termiz yaqinida) oqsoqoli Somonxudotning avlodlari 
asos solgan. Xalifa Ma’munga bo‘lgan sadoqatlari evaziga 819-820-
yillarda Somonxudotning nabiralari Nuh Samarqandga, Ahmad 
Farg‘onaga, Yahyo Choch va Ustrushonaga, Ilyos Hirotga hokim etib 
tayinlandilar. 
839-840-yillarda Nuh ibn Asad Isfijob viloyatini bosib oldi va uni 
mustahkamladi. U So‘g‘dning bir qismi va Farg‘onaga hokim bo‘lib oldi. 
Lekin somoniylar davlatini bunyod etishda Ahmadning hissasi ko‘proq 
bo‘ldi. Uning Nasr, Ya’qub, Yahyo, Asad, Ismoil, Is’hoq va Homid ismli 
o‘g‘illari bor edi. Nuh ibn Asad 842 yili vafot etgach, Samarqandni 
ukalari Ahmad va Yahyo boshqardi; keyin hokimlik Nasr (865-892) 
qo‘liga o‘tdi. 859-yilda Yahyo ibn Asad vafot etgach, Choch va 
Ustrushona Ahmadning ikkinchi o‘g‘li Ya’qubga nasib etdi. Keyin 
tashabbus Ismoil ibn Ahmad qo‘liga o‘tdi. Buxoroda tohiriylar mavqei 


138 
sust edi. 874 yilda Husayn ibn Tohir Xorazm shaharlarini talayotgan bir 
paytda Buxoro zodagonlari iltimosi bilan Nasr Buxoroga Ismoil ibn 
Ahmad (849-892)ni hokim qilib jo‘natadi. 
Nasr Movaraunnahrda markazlashgan davlat tuzishga kirishdi. Xalq 
bu ishda unga xayrxoh edi. 875-yilda u Shovga (Turkiston yaqinida)ni 
qo‘lga kiritdi. Xalifa Mu’tamiddan Movaraunnahrni boshqarish uchun 
yorliq olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu paytda Buxoroda kuchayib ketgan 
Ismoil akasiga tobe’ bo‘lishni istamadi. 888-yili ikki o‘rtadagi jangda 
Nasr yengildi. 892-yilda Nasr vafot etgach, Ismoil Movaraunnahrning 
yagona hukmdori bo‘lib qoldi (892-907). 893 yilda u Tarozni, so‘ng 
Ustrushonani qo‘lga kiritdi. 
Mustahkamlanib borayotgan Somoniylar davlatini zaiflashtirish 
maqsadida Arab xalifasi 898 yilda Movarounnahr hokimligidan Ismoilni 
tushirib uning o‘rniga safforiylar sulolasidan Amr ibn Laysni hokim etib 
tayinlash haqida yorliq jo‘natadi. Ismoil 899 va 900 yillardagi harbiy 
to‘qnashuvlarda Amr ibn Lays boshliq safforiylar qo‘shinlarini tor-mor 
keltirdi. Xalifa Ismoil ibn Ahmadni hokim sifatida tan olishga majbur 
bo‘ldi.
Shunday qilib, Xorazm, Isfijob, Chag‘oniyon va Xuttalondan 
tashqari (ularning hokimlari somoniylarga tobe’ edilar), ulkan hudud 
(Movarounnahr va Xuroson) somoniylar tomonidan bo‘ysundirilgan edi. 
Ular bu yerda 100 yilcha hukmronlik qildilar. 992-yili Qoraxoniylar xoni 
Bug‘roxon Buxoroni egalladi. Xurosonda Abu Ali Simjuriy va Balxda 
Foyiq amirga qarshi isyon ko‘tardi. Nuh II yordam so‘rab G‘azna hokimi 
Sabukteginga murojaat etadi. Sabuktegin 20.000 nafarli qo‘shin bilan 
kelib, Simjo‘riy va Foyiq kuchlarini tor-mor keltiradi. Sabuktegin bu 
xizmati uchun xalifadan “Nasir-ud-din va ad-davla” (dinu davlat 
homiysi), uning o‘g‘li Mansur esa “Sayf- ud-davla (davlat shamshiri)” 
laqabini oladi.
997 yili Nuh II ham, Sabuktegin ham vafot etadi. Nuh II ning o‘g‘li 
Mansur ibn Nuh (997-999)ga qarshi Nishopur hokimlari Bektuzin va 
Foyiq isyon ko‘tardilar. Amirning Mansurga e’tiqodi zo‘rligini nazarda 
tutib, isyonchilar amirning ko‘ziga mil tortadilar. Mansur ibn Nuh 
vafotidan so‘ng uning ukasi Abdulmalik II ibn Nuh Buxoro taxtiga 
o‘ltirdi. Mahmud intiqom bahonasida Bektuzin va Foyiqqa qarshi qo‘shin 
tortib butun Xurosonni bosib oldi. Abdulmalik ibn Nuh qo‘lida faqat 
Movaraunnahr qoldi. 
Ko‘p o‘tmay qoraxoniylar xoni Nasr Iloqxon Buxoroni zabt etdi. 
Amir xonadoni asirga olindi. Somoniylar davlati tugatildi.


139 
Somoniylar Movaraunnahr va Xurosonda mustaqil davlat tuzish 
uchun avvalambor, kuchli markazlashgan hokimiyat tuzish kerakligini 
yaxshi tushunishgan. Bu ayniqsa Ismoil Somoniy hukmronligi davrida 
kunning dolzarb masalasiga aylandi. Chunki Ismoil Somoniy 
Movaraunnahr va Xurosonni birlashtirishga va yagona markazlashgan 
davlat tuzishga muvaffaq bo‘ldi. Endi bu davlatni idora qilish lozim edi. 
Shuning uchun Ismoil bir qancha islohotlar o‘tkazdi. Mana shunday 
islohotlardan biri 

Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish