128
yuborgandan keyin,-deb yozgan edi Beruniy,-xorazmliklar savodsiz bo‘lib
qoldilar, ularning faqat yodda saqlab qolgan xotiralarigina qoldi, ammo
vaqt o‘tishi bilan bu unutilib, faqat o‘zlari uchun mos bo‘lgan
xotiralargina saqlanib qoldi”.
So‘g‘d tilidagi dunyoviy adabiyotlar yo‘q qilib tashlandi.
Islom
dinini qabul qilgan, musulmon bo‘lgan mahalliy aholi vakillari dastlabki
yillarda xiroj va juzya soliqlaridan ozod etilib, ularga anchagina
imtiyozlar berildi. Namoz o‘qish uchun masjidlarga borgan shaxslarga 2
dirhamdan pul ham berilar edi. Juzya solig‘ini o‘z vaqtida to‘lamagan
kishilar tutib olinib bo‘yinlariga “qarzdor” deb taxtachalar osib qo‘yilgan.
Qutaybaning
o‘limidan
so‘ng
arab
hokimiyatining
Movarounnahrdagi mavqeyi biroz zaiflasha bordi.
Xurosonning yangi
noibi Al-Jarroh (717-719) yangi musulmon aholisiga islomga zid ravishda
shafqatsiz munosabatda bo‘la boshlaydi. Sulaymon vafotidan so‘ng taxtga
o‘tirgan yangi xalifa Umar ibn Abdulaziz (717-719)-Umar II xorijiylar
ta’limoti tarafdori edi. Xorijiylar shialardan ajralib chiqqan guruh bo‘lib
ilk islom ta’limoti tartiblarini va umumiy tenglik g‘oyalarini ilgari surar
edilar. Umar II Movarounnahrdagi murakkab vaziyatni hisobga olib,
bo‘ysundirilgan xalqlar bilan murosachilik siyosatini yurgiza boshladi. U
Movarounnahr aholisini islomni qabul qilishga
chaqirib, katta ahamiyatli
farmon qabul qildi. Unga ko‘ra arablarga yangi yerlarni zabt etish man
qilindi va moliyaviy islohotlar o‘tkazish ko‘zda tutildi. Arablar bilan bir
qatorda yangi musulmonlardan ham juzya va xiroj solig‘i
olish bekor
qilindi. Umar II soliq yig‘uvchilardan va xalifalik amaldorlaridan Qur’on
va Hadislarga qat’iy amal qilishni buyurdi.
Arab feodal-zodagonlari turli yo‘llar bilan xiroj solig‘i yig‘a
boshladilar. Xalifa xazinasiga keladigan soliqlar esa kamayib keta
boshladi. Xiroj yerlarini davlat solig‘i sifatida saqlab qolish maqsadida
Umar II arablarga o‘z yerlarini kengaytirishni man etdi va hijriyning 100
yilidan (719 yil) keyin sotib olingan barcha xiroj yerlarini qaytib berishni
buyurdi. Shu paytgacha olingan yerlardan esa xiroj emas, ushr (o‘ndan bir
qismi) soliq olish ko‘zda tutildi.
Umar II islohotlaridan ruhlangan Samarqand ahli zodagonlari unga
elchilar yuborib Samarqand shahristonini qaytarib berishni so‘radilar.
Umar II Samarqand hokimi Sulaymon
ibn-Abus-Sariyaga maktub yozib,
qozi bu ishni hal qilib berishini so‘raydi. Samarqandliklar shikoyati ko‘rib
chiqilib, bu ish samarqandliklar foydasiga hal bo‘ldi. Qozi Samarqanddan
arab garnizoni olib chiqib ketilishi kerak deb hukm chiqardi. Bu esa
urushni bildirar edi. Arablar kuch-qudratini bilgan samarqandliklar o‘z
129
da’volaridan yana voz kechdilar. Mahalliy zodagonlar o‘zlarini musulmon
hisoblab, g‘aznaga soliq to‘lamay qo‘ydilar. Shundan so‘ng xalifalik
barchadan soliqlarni olishni belgiladi. Natijada Movarounnahrda norozilik
kuchayib keta boshladi. Mahalliy zodagonlar bilan arab ma’muriyati
orasida ziddiyat keskinlasha bordi.
Do'stlaringiz bilan baham: