Mavzu: 40-50-yillardagi qatog'onliklar, uning 80-yillardagi yangi ko'rinishlari



Download 12.93 Kb.
Sana18.01.2017
Hajmi12.93 Kb.
Mavzu: 40-50-yillardagi qatog'onliklar, uning 80-yillardagi

yangi ko'rinishlari.

Fashizmga qarshi urush tamom bo'lgandan keyin oradan ko'p o'tmay barcha republikalar singari O'zbekiston bo'ylab yana bir yalpi terror tulkini bo'lib o'tdi. 30-yillardagi Qatag'onlar asosan partiya, sovet, xo'jalik va harbiy kadrlarga bo'lgan bo'lsada 40-50-yillardagi Qatag'onlar esa asosan madaniyat va ilm fan arboblariga taallukli bo'ldi.

Sobiq ittifoqdagi hukmron partiya markazqumi urush yillarida fashizm asoratini, nemislar bosib olgan yerlarda odamlar ongiga fashizim mafkurasining ta'siri bo'lganligini va buning oqibatida matbuot, san'at va adabiyotda- g'oyasizlik siyosatdan yirok turish, hayotiy haqikatni buzib ko'rsatish, realistik traditsiyadan chetlashish, umidsizlik, kelajakka ishonchsizlik paydo bo'lganligini rukach qilib, 1946 yilning avgustida "Zvezda" va "Leningrad" jurnallari haqidagi, 1948 yilda " ulug' do'stlik" operasi haqidagi nohaq qarorlar qabul qildi. Ularda sovet adabiyoti va san'atining bir qancha talantli xodimlarining ijodiga no haq va asossiz ayblar qo'yildi. Partiyaning adabiyot va san'at masalalariga oid qarorlarini amalga oshirish vaqtida matbuotda va ijodiy tashkilotlarda ba'zan xatolarga va buzish hollariga yo'l qo'yildi :badiiy problemalarni ijodiy muxokama qilish ba'zan ma'muriyatchilik bilan almashtirildi, adabiyot, musiqa va kino asarlariga baho berishda ayrim hollarda ba'zi asarlar asossiz tankid qilinsa, ba'zilari asossiz maktaldi.

Bu qarorlar (bular o'sha davrdagi bosh ideolok A.A.Jdanovning tashabbusi va ko'rsatmasi bilan qabul qilingan edi) ning bajarilishi butun mafkurani, shu jumladan ijodiyotni, adabiyot va san'atdagi demokratik taraqqiyotni ko'p yillar davomida bo'g'ib qo'ydi. Karorlarning salbiy ta'siridan O'zbekiston va uning partiya tashkiloti ham chetda kolmadi. 40-yillarning oxiri, 50-yillarning boshlaridagi O'zKompartiya Markazqo'mining barcha byuro yig'ilishlarida, 1952 yilda bo'lib o'tgan Markazkum X Plenumida millatchilikka qarshi nikob ostida o'zbek xalqining madaniy merosiga, badiiy va ilmiy ziyoliylarga qarshi kurash boshlandi. Respublikaning ko'pgina yozuvchilari, olimlari, partiya va davlat arboblari millatchilikda ayblandilar. "Ayrim o'zbek yozuvchilarining ijodida, -deb ko'rsatilgan edi. O'ZKP b MQning 1949 yil 25 indagi buyruk qarorida-millatchilik, milliy chegaralanish, feodal o'tmishni ko'klarga ko'tarish va eski feodal madaniyat oldida kullarcha ta'zim qilish hollari sezilib turadi". qarorlarda A. Qahhor, g'.g'ulom, A. Kayumov, M. Shayxzoda, Oybek, Mirtemir, tuyg'un, M. Boboev, U. Rashidov, Shukurullo, S. Ahmadlarning ijodi qattiq tankid ostiga olindi. Ayniqsa o'z saxifalarida o'quvchilarni tartibsizlikka undovchi maqola va badiy asarlar berib borganligida, komopolitizmda (siyosatdan yir oqlashishda) ayblangan Oybek rahbarligida chiqib turgan " Sharq yulduzi" jurnali keskin tanqid ostiga olingan edi.

1951 yilning 8 aprelidagi O'ZKP b MQ byurosida " O'zbekiston SSrda musiqa sa'natining axvoli va uni yanada rivojlantirish choralari to'g'risida" qabul qilingan qarorda musiqa san'ati hayotdan yiroqlashishda, o'zbek xalqini yangi jamiyat qurish ruhida tarbiyalashga xizmat qilmayotganlikda ayblandi. Klassik va milliy musiqalar, makomlar, "Farxod va Shirin", "Layli va Majnun", " Tohir va Zuxra", "Alpomish" kabi asarlarni targ'ibot qilish taqiqlandi. Qo'shtirnoq ichida Millatchilarga kosmopolitlarga, panturkchilarga qarshi matbuotda keng kompaniya boshlandi. 1951 yilning 10 avgustida respublika matbuotida Turob To'la, Kamtar Otaboev, Mirtemir, A.Bobojonov, S.Abdullaev, Xabibiylar ijodini keskin qoralagan "Ayrim shoirlar ijodida mafkuraviy buzilishlar" nomli maqola bosilib chiqdi. 1951 yilning 24 avgustida e'lon qilingan maqolada Oybek, X.Zaripov, X.Yoqubov, I.Sulton kabi ilmiy xodimlar "maf ko'raviy xato va buzilishda" ayblandilar.

M.Shayxzoda, Shukurullo, Yusupov, G'ulom Alimov va yana bir qancha shoir, yozuvchilar 1951 yilda "sovet tuzimiga qarshi millatchilikda" ayblanib kamokka olindilar va 1952 yilda 25 yillik kamoq jazosiga xukum qilindilar.

Respublikada 50-yillar Qatag'onligini boshlab berishda hukmron partiya markazkumi qarorlarini O'zbekiston hayotida tadbiq etishda O'zKompartiya markazkumining 1952 yil 21-22 fevralida bo'lib o'tgan X plenumi va uning qabul qilgan qarorlari katta rolь o'ynadi. Plenumda tinglangan va muxokama etilgan birinchi kotib A.Niyozovning "Respublikada ideologiya ishlarining axvoli va uni yaxshilash choralari haqida" gi dokladida shunday deb ta'kidlangan edi: "Keyingi ikki yilda respublikada adabiyot xodimlari orasidan sovet tuzimiga qarshi, millatchilik kayfiyatida bo'lgan guruh ochib tashlandi. Bu guruh Sovet davlatiga qarshi dushmanlik ishini olib bordi. Bu guruh a'zolari oldin ayblangan millatchilar bilan yaqin aloqada bo'lganlar, ular mafkuraviy buzuq mazmundagi she'rlar yozib, millatchilarning Sovet tuzumiga qarshi asarlarini ideallashtirib, ommaga tarqatganlar".1

Plenumda jamiyatshunos-olimlarga ham nohaq ayblar qo'yildi. Jumladan faylasu f V.Zoxidov "burjua millatchisi", tarixchi A.Bobo xo'jaev "pantur qizmni targ'ib etuvchi", iqtisod ietchi A.Aminov esa "burjua millatchilari bilan aloqa kiluvchi" lar sifatida ayiblandilar.

50-yillarning boshlarida yana 60 tacha eng ko'zga ko'ringan qobiliyatli olimlar va yozuvchilar, san'at arboblarining ro'yxati tuzilib, ularni ham millatchi, asl inqilobchi va haqozo yerliklar ostida jinoiy jaz og'a tortishga urindilar. Bu ofatlardan qutilish juda qimmatga tushdi. Lekin adolat, garchi tezda bo'lmasada , harqalay tiklangan edi. O'zbekiston ilm-fani, madaniyatining asosiz Qatag'on qilingan ko'pgina arboblari 1956 yilda batamom oqlandilar. 1940 yillarning oxirlarida surgunga yuborilganlarning hammasi ozod qilindi. Yo'qotish ro'yxatiga qo'shilgan, xalqimizning faxri bo'lgan 60 ta ziyolilarimiz ustidan tayyorlangan hukm bekor qilindi. Zulmlarga qarshi adolat o'rnatilgan bo'lsada. Stalinizm vujudga keltirgan tatalitar tuzum bedodligi va beshafqatligi xalqimizning orzu umidlarini chil-parchin qildi, suveren huquqlari-milliy mustaqilligini zavol toptirdi. O'zbekiston oyoq qo'li kishanlanib,markaz deb atalmish zo'ravon hokimiyat iskanjasiga tushib qoldi. Uning til zaboni kesildi, alьfaviti o'zgartirildi, o'tmishi, tarixi ko'zdan yiroqlashtirildi.

Stalin shaxsiga sig'inish tufayli ruy bergan Qatag'onlik siyosati sobiq mamlakat miqyosida 50 milliondan ortiq kishini o'z domiga tordi.

"Moskovskie novosti" gazetasining 1988 yil 27 noyabrь sonidagi Roy Medvedevning "Skolьko jertv v godu kulta lichnosti Stalina?" nomli maqolasida Qatag'on qilinganlar soni yillargacha taqsimlanib quyidagicha berilgan:

1927-1928 yil- 10 minglab "Trotskiychilar"

1930-1933 yil- 10 milliondan ortiq "Quloqlar"

1933 yil 8 oyida bo'lib o'tgan ochlik natijasida-6 million kishi

1937 yilgacha- 17-18 million kishi

1937-1938 yil- (Buyuk terorlar yillari)- 7 million kishi

1938-1940 yil- Polyak oilalari, Boltiq bo'yi aholisidan- 2 million atrofida

1942-1944 yil 3 milliondan ortiq kishi - chechen, qrim-tatar, grek, turk, kurd va hakozo xalqlar ko'chirildi. Ularning 1 milliondan ortig'i ko'chish jarayonida kiyinchiliklar natijasida vafot etdilar.

1945-1946 yil- 5 million atrofida 1947-1953 yil- "Leningrad ishi", "Vrachlar ishi" va "Kosmopolitlar ishi" bo'yicha 58 modda bo'yicha ("Sotsializmga qarshi propaganda" aybi bilan)- 1 milliondan ortiq kishi.

Urush davrida sobiq ittifoq xalqining 30 millionga yaqini kirilib ketdi. Urushsiz, no haq ayblar bilan 50 million kishini asossiz Qatag'on qilinishi tatalitar tuzumni, uning rahbari bo'lgan Stalinni umuman oqlash mumkin emasligini isbotlab turibdi.

Buning ustiga sobiq ittifoq tarixchi olimlari o'rtasida bo'lib o'tgan voqealarga, jarayonlarga Stalinni to'liq aloqasi yo'qdir, ko'p katl onlar uning xabarisiz bo'lgandir, ko'p hukmlar usiz bo'lganku" degan fikrlar uzoq davom etdi.

Arxiv hujjatlari tatalitar tuzumni qaror topishida, qatag'onlik siyosatining butun mamlakat bo'ylab yoyilishiga uning har bir hukmida shaxsan Stalinning ishtiroki va raxnomoligi borligini tasdiqlaydi.



1934 yil 1 dekabrda Stalinning ko'rsatmasi bilan Markaziy Ijroya qo'mitasi kotibi Yenukidze imzo qo'ygan, "qo'lga olinganlarning ishi tezlatilsin ular kechirilmasin, xukmlar tezda amalga oshirilsin" degan mazmunda derektiv hujjat e'lon qilingan edi.

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa