145
qarshi yurishi oldidan somoniylar lashkarboshchisi Xuroson hokimi Abu
ali Simjuriy u bilan muzokara olib borgan. Somoniylarning boshqa
lashkarboshchisi, Balx hokimi Foyiq Raboti Malik yaqinidagi
Bug‘roxonga qarshi jangda, har tomonlama ustunlikka ega bo‘lishiga
qaramay taslim bo‘ladi. Iloq
hokimi Mansur ibn Ahmad esa, hoqonga
tobelik bildirib, uning nomiga pul zarb etadi. Buxorodan Qoshg‘arga
ketayotganda Bug‘roxon kasallanib vafot etadi. Bundan foydalangan Nuh
ibn Mansur taxtni qayta egallaydi.
996-yili Qoraxoniylar xoni Nasr Buxoroni yana bosib oladi.
Somoniylar lashkarboshisi Abul Ibrohim Ismoilning (Muntasir) Buxoroni
ozod etish yo‘lidagi urinishlari 1005-yilda muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Somoniylarning G‘aznadagi noibi Sabuqtegin 997-yilda vafot etdi.
O‘rniga uning o‘g‘li Mahmud G‘azna hokimi bo‘ldi. Somoniylar amiri
Mansur ibn Nuh (997-999) uning ta’sirida edi.
1001-yilda, Sulton Mahmud Qoraxoniylar xoni Nasr bilan
shartnoma tuzib, Amudaryoni ikki o‘rtadagi chegara qilib belgiladi.
Somoniylar davlati o‘rnida ikki ulkan davlat tashkil topdi:
Birinchisi-Qoshg‘ardan
Amudaryogacha
cho‘zilgan
Sharqiy
Turkistonning
bir qismida, Yettisuv, Shosh, Farg‘onaning qadimgi
hududlarini o‘z ichiga olgan Qoraxoniylar davlati.
Ikkinchisi-Shimoliy Hindiston sarhadlaridan Kaspiy dengizining
janubiy qirg‘oqlarigacha cho‘zilgan hamda hozirgi Afg‘oniston va
shimoliy- sharqiy Eronni o‘z ichiga olgan G‘aznaviylar davlati edi.
Iloq hokimlari nomigagina qoraxoniylarga qaram bo‘lib, o‘z
yurtlarini
mustaqil
ravishda
boshqarganlar.
Iloqdagi
dehqonlar
sulolasining asoschisi Mansur ibn Ahmadning o‘g‘li Muhammad ibn
Mansur (1004-1008) bo‘lgan. Uning o‘g‘li
Abushujo Solor ibn
Muhammad (1008-1009) qoraxoniylar xoni Ahmad ibn Aliga qaram
bo‘ldi. Iloqda Nasr ibn Alining uchinchi ukasi Muhammad ibn Ali (1010-
1015) Inoltegin laqabi bilan pul zarb qilgan. Unga Iloq, Xo‘jand, Taroz
mulklari tobe bo‘lgan. Chug‘rotegin Husayn ibn Mansur (1016-1030),
Muhammad Yusuf Bug‘roxon (1032-1057)ning poytaxti Shosh edi.
To‘g‘rultegin Qoraxon Yusuf (1068-1075) zamonida Iloq Sharqiy
Qoraxoniylar davlatiga qaram bo‘lgan.
XI asr o‘rtalarida tamg‘ochxon unvonini
olgan qoraxoniy Ibrohim
ibn Nasr g‘arbiy Qoraxoniylar davlatining poytaxtini O‘zgandan
Samarqandga ko‘chirdi.
1068-yilda, Movarounnahrda qoraxoniy Ibrohim ibn Nasr o‘g‘illari
o‘rtasida taxt uchun kurash boshlandi. Kurashda Shamsulmulk g‘alaba
146
qozondi. Shamsulmulk Abulhasan Nasr ibn Ibrohim (1068-1080) davrida
Buxoroda katta qurilish ishlar olib borilgan.
1080-yilda
Shamsulmulk
vafotidan
keyin
Movaraunnahrda
hokimiyat uchun kurash avj oladi. Bundan foydalangan saljuqiy sulton
Malikshoh 1089-yili Movaraunnarga bostirib kirdi. Buxoro va
Samarqandni zabt etib, xon Ahmadni asir oldi. Ammo Ahmad bilan sulh
tuzib uni o‘z taxtida qoldiradi. Qoraxoniy Ahmadning saljuqlarga
itoatkorligi amirlar va ruhoniylar noroziligiga sabab bo‘ldi. Natijada u
1095 yilda o‘ldirildi.
Ahmaddan so‘ng taxtga o‘tirgan Arslonxon (1102-1130) zamonida
qoraxoniylar garchi yarim mustaqillik sharoitida
siyosat yurgizgan
bo‘lsalar ham, Samarqand shahrining obodonligi bo‘yicha katta ishlar
qildilar. Harbiy qo‘mondonlar va ruhoniylar Arslonxon hokimiyatidan
norozi edilar. Arslonxon betobligi tufayli hokimiyatni o‘g‘li Nasrga
topshiradi. Lekin fitnachilar Nasrni o‘ldiradilar. Arslonxon Marvdan
Sulton Sanjarni yordamga chaqiradi. Bundan foydalanib, Sanjar 1130 yili
Samarqandni egallaydi.
XII asr boshlarida qoraxitoylar Bolasog‘unni egallaydilar. 1138
yilda qoraxitoylar go‘rxoni
Sulton Sanjarning qarindoshi, Samarqand
hukmdori Mahmudni Xo‘jand yaqinida mag‘lub etadi. Shahar talanib
katta tovon undirilgan bo‘lsa-da, bosib olinmadi.
1141 yilda qoraxitoylar yana Movarounnahrga bostirib kirdilar. Bu
gal jang Samarqand yaqinidagi Qatvon cho‘lida bo‘ldi. Jangda sulton
Sanjar bilan Mahmudning birlashgan kuchlari tor-mor keltirildi. Har ikki
tomondan 30 mingga yaqin kishi o‘dirildi. Sulton Sanjar va Mahmud
Termiz tomon chekindilar.
Sulton Sanjar xazinasi, uning xotini
Turkonxotun go‘rxon qo‘liga o‘lja tushdi. Qoraxoniylar Samarqand va
Buxoroni egalladilar.
Samarqandning qoraxoniylar sulolasiga mansub bo‘lgan keyingi
xonlari, ya’ni iloqxonlar quyidagilardir:
Muhammad ibn Husayn (1170-1176), Muhammad Oqtosh
Tamg‘achxon (1176-1179), Ibrohim ibn Husayn (1178-1202), Usmon ibn
Ibrohim (1102-1212).
O‘zganda Qodirxon ibn Ibrohim ibn Husayn (1183-1210), Iloq
(Shosh)da (poytaxti Binkat) Shoh Qilichxon (1177-1183), Tamg‘ach
Hoqon (1195-1197), Oqtosh Chag‘rixon (1197-1206) hokim edi.
So‘nggi qoraxoniylar qoraxitoylarga tobelikdan qutulgan edilar.
Biroq 1212 yilida Alovuddin Muhammad Xorazmshoh g‘arbiy
147
qoraxoniylar davlatining hoqoni Usmonni o‘ldirib, Samarqandni o‘z
mulklariga qo‘shib oldi.
Qoraxoniylarda Qoshg‘ar va Bolasog‘un poytaxt sanalib, ulug‘ xon
shu shaharlardan birida qarorgohda o‘tirgan. Ulug‘ hoqon yoki ulug‘ xon
Do'stlaringiz bilan baham: