Tohiriylar davlati --- Abbosiylar xalifaligi parchalanishi munosabati bilan Xurosonda tashkil topgan davlat. Asoschisi --- Tohir ibn Husayn. U arab xalifaligiga qarshi Movarounnahrda ko’tarilgan Rofe ibn Lays qo’zg’olonini bostirishda qatnashgan. Horun ar-Rashid vafotidan so’ng xalifalik taxtiga egalik qilish uchun boshlangan kurashlarda Ma’mun qo’shini qo’mondoni. Ma’mun xalifaligi davrida Jazira noibi va Bag’dod harbiy garnizoni boshlig’i. 821-yil Ma’mun xalifalik oldidagi katta xizmatlari evaziga Tohir ibn Husaynni Xurosonga noib etib tayinlaydi. Shu tariqa rasman abbosiylar xalifaligiga tobe bo’lgan tohiriylar davlati vujudga kelib, 873-yilga qadar davom etgan.Uning poytaxti avval Marv, keyinchalik Nishopur bo’lgan.