Tohiriylar ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotni, mulkiy munsabatlarni rivojlantirish, qishloq xo’jaligini tartibga keltirish, suv resurslaridan foydalanishni yaxshilash uchun suv inshootlarini barpo etish, shuningdek, fuqarolardan olinadigan soliqlarni mo’tadillashtirishga ahamiyat berdilar. Poytaxt Abul Abbos Abdulloh davrida Marvdan Nishopurga ko’chiriladi. Jumladan, Abdulloh ibn Tohirning chiqargan bir farmonida “dehqonlarni ranjitmaslik” ta’kidlangan, ammo buningsiz xazinaga yetarli miqdorda soliq tushmasligi ham uqtirilgan. Biroq hukmdorlar dehqonlarni emas, mulkorlar, savdogarlarning manfaatlarini himoya qildilar. Shu bois, bu davrda oddiy aholi og’ir asoratda yashash, haddan ziyod soliq-o’lponlar to’lashga majbur etilgandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |