Milliy g‘urur asoslari. O'zining o‘zbek millatiga mansubligini
anglash; “o‘zbek xalqi” tushunchasining madaniy mohiyatini tushunish, o‘zini o‘zi millatining farzandi deb bilib, milliy burchlarini
anglash; ona tilini cheksiz sevish, shu tilda to‘gri so‘zlash va
fikrlash.
Milliy odob. Awai salomlashib, keyin so‘z boshlash; o‘zbek
xalqida “yaxshi”, “yomon” deb baholanuvchi xulq namunalarini
bilish, barchani “siz”lash, o‘zidan katta va kichiklami izzatlash,
do'stlik burchlami bilish; ustozlarini e’zozlash munosabati, uyat
so‘z, so‘kinishga, odobsizlikka salbiy mxmosabat bildirish.
Vijdoniylik. Biror ishga qo‘l urishdan avval “Bu ilmga
odamlar nima deyisharkan?” degan mulohaza va andishaga borish,
rostgo‘ylik, yaxshi xulq va yomon xulqning farqlarini tushinish,
yaxshi xulqqa ijobiy, yomon xulqqa salbiy munosabatini bildirish,
ko‘nglidagi gapni ochiq aytishga o‘rganish.
Shu tushimchalar mohiyati ochib berilishi lozim.
249
Nazorat uchun va savol topshiriqlar
1. Ma’naviyat deb nimaga aytiladi?
2. Madaniyatga izoh bering.
3. Milliy tarbiya deb nimaga aytiladi?
4. Sharqona tarbiya deganda nimani tushunasiz?.
Quf'ord karim, Hadis, Sharq allomalari asarlarida komillikka
erishishning muhim vositasi qanday ifodalangan?
250
XI BOB. TARBIYA USULLARI
l.Tarbiya usullari haqida umumiy tushuncha
Tarbiya metodlari (usullari) - o'qituvchi - tarbiyachining
o‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatish usullari, ularga ijobiy xulq-atvor
ko‘nikmalari va malakalarini singdirish maqsadida ulaming hayoti
va faoliyatini tarbiyaviy jihatdan to‘g‘ri ta’sir etish yo‘llaridir.
Tarbiya usuli deb tarbiyachining bolalarga axloq-odob
fazilatarini tarkib topishi maqsadida ulaming ongi va irodasiga
ta’sir etish yoilariga aytiladi.Ilmiy adabiyotlarda tarbiya usullarini
tarbiya metodlari deb ham ishlatiladi.
“Metod” - grekcha so'zdan olingan bo‘lib, “yoT’, “usul”
ma’nosini bildiradi.
0 ‘tmishdan bizga ma’lumki, ota-bobolarimiz bola tarbiyasida
turli xil ya’ni, nasihat, tushuntirish, maqtash, rag‘batlantirish,
na’muna ko‘rsatish, tanbeh berish, taqiqlash, majbur qilish, po‘pisa
qilish, qo‘rqitish kabi usullardan foydalanganlar. Jamoa azolari
bu usullami qo‘llashda, axloq qoidalariga suyangan holda, qilgan
ishi, xatti-harakatining to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi haqida bolada
ishonch hosil qilishga harakat qilganlar, unga axloqlilik va
axloqsizlik, odillik va adolatsizlik, yaxshilik va yomonlikning
ma’nosini tushuntirganlar. Bu tartib tarbiyada asosiy qoida
hisoblangan. Tushuntirishda bolalaming yoshi hisobga olingan.
Ota-onalar bolalarga axloq qoidalarini tushuntirishda, “Kamtarlik ham bir xislat”, “Odob-kishining zeb-u ziynati”, “Eshik ochiq
bo‘lsa ham so‘rab kir” kabi maqollaridan foydalamshgan. Chunki
maqollar bolalar ongiga, hissiyotiga kuchli ta’sir etgan.
Ajdodlarimiz davr sinovidan o‘tgan ajoyib insoniy fazilatlar
hamda ularni amalga oshirish usul va vositalarini yaratganlar, shu
asosda yoshlarmi ijtimoiy hayot talablariga javob beradigan
kishilar qilib tarbiyalab kelganlar.
251
Bolalarda insoniy his-tuyg“ularni tarbiyalashning asosi -
kishilarga mehr-muhabbat qo‘yish, izzat-hurmat bilan muomala
qilish, insoniy huquqlarini himoya qilish, qadrlash, kishilar oldidagi
o‘z burchini anglash, odamlarga nisbatan samimiy, halol, rostgo‘y
bo‘lish kabi odob va axloq qoidalarini o‘z ichiga oladi.
0 ‘tmishda axloq tarbiyasida nasihat qilish, maslahat berish
usuli ham keng qo‘llangan. Ota-onalar o‘z bolalariga kattalar
o‘rtasida ular bilan so‘zlashganda mehmonga borilganda, o‘zini
qanday tutish haqida nasihat qilganlar, axloq qoidalariga rioya
etgan bolalar va kattalar nomini o‘mak qilib tilga olganlar. 0 ‘ zbek
xalq pedagogikasining muhim ahamiyatga ega bo‘lgan xusiyatlaridan yana biri folklor materiallarida xalq pegogikasida qo‘llaniladigan tarbiya yo4llari, usuli va vositalarining yoritilishidir.
Mehnatkash xalq ommasi, yuqorida qayd qilib o‘tilganidek,
uzoq davrlar davomida vujudga kelgan tarbiya usullari va
vositalaridan foydalangan. Chunonchi, tushuntirish, odatlantirish
(o‘rgatish va mashq qildirish), bolalaming kundalik hayot tartibi,
ibrat ko‘rsatish, maslahat berish, o‘git-nasihat, undash, ko‘ndirish,
iltimos qilish, yolvorish, tilak-istak bildirish, ma’qullash, maqtash,
rahmat aytish, duo qilish, oq yo‘l tilash, taqiq qilish, man etish,
ta’na, gina qilish, qoralash.
Allohdan qo'rqishga undash, tanbeh berish, uzr so‘rash, majbur
qilish, masxara-mazax qilish, zaharxandalik, ayblash, uyaltirish,
koyish, qarg‘ash, qo‘rqitish, nafrat bildirish, aybiga iqror qildirish,
ont-qasam ichirish, la’natlash, so‘kish, urish-kaltaklash; jamoa
hukmiga havola qilish kabi usullar tarbiyada qo‘l kelganligi
ta’kidlanadi.
Bolalami odob-axloq ruhida tarbiyalashda, asosan, quyidagi
metodlardan foydalaniladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |