4. Sharqoaa tarbiyaning o'ziga xos ko‘rsatkichlari
Davlatimiz sobit qadamlar bilan o‘z taraqqiyot yo‘lidan bormoqda. Bu y o i — milliy xususiyatlar, qadriyatlami tiki ash, saqlash,
rivojlantirish, milliy g‘ururimizni uygotish, vatanparvarlik va
umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan malkura negizida kamolotga erishish yo‘lidir. Bu esa, o‘z navbatida sobiq sho‘ro tarbiya
nazariyasida o‘rganilish mumkin bo'lmagan milliy odob, milliy
e’tiqod, iymon-diyonat kabi insonning butun milliy xususiyatiga
bevosita bog‘liq fazilatlarni yosh avlodning shaxsiy sifatlariga
aylantirilishini dolzarb vazifa qilib qo‘ydi. Shu tariqa yuqoridagi
fazilatlarni shakllantirishni o‘z ichiga oluvclii yangi pedagogik
yo‘nalish dunyoga keldi. Darhaqiqat, milliy tarbiya - 0 ‘zbekiston
milliy mustaqilligining pedagogik maqsadi va shartidir.
Milliy tarbiya 0 ‘zbekistonning davlat mustaqilligini mustahkamlash va amalga oshirishga tayyor farzandlami tarbiyalab voyaga yetkazishga xizmat qiladi. Bu maqsadga erishishning o‘ziga xos
nazariy muammolari bor. Shulardan biri - milliy tarbiya nazariyasining asosiy qoidalari va ilmiy tushunchalari yaratilmaganligidir.
Ikkinchi muammo - « 0 ‘zbekiston mustaqilligini amalga
oshirishga, mustahkamlashga tayyor farzandlar qanday fazilatlarga
ega bo‘lishi kerak?» degan savolga aniq tajribada asoslangan
javoblar olish masalasidir. Bularning barchasi 0 ‘zbekiston
maktablarida milliy istiqlol tarbiyasining mezonlarini ilmiy
asoslash zaruratini vujudga keltirmoqda. 0 ‘quvchilarini milliy
tarbiyalash mezonlari mustaqillik tufayli yanada dolzarb ahamiyat
kasb etgan shaxsning milliyligiga bevosita aloqador bo‘lgan
fazilatlarini singdirish tamoyilidan kelib chiqib belgilanadi.
248
Milliy tarbiya mezonlarini belgilashda mustaqil 0 ‘zbekistonning ijtimoiy buyurtmasi bo‘lmish ijobiy sifatlar: milliy iftixor,
vatanparvarlik, miliatlararo muloqot madaniyati, milliy odob,
vijdoniylik, iymon-e’tiqod, milliy istiqlol maflcuraviy ongini
rivojiantirish zarur. Ulaxning aksi bo‘lgan salbiy sifatlar: milliy
befarqlik, vatanfurashlik, xoinlik, manqurtlik, millatchilik, mahalliychilik, vijdonsizlik, mafkurasizlik kabilarga nafrat uygotish
darkor. Bu ishlami bir-biri bilan uzviy bog‘lab olib borish
o‘qituvchi-tarbiyachi tomonidan maxsus mezon qilib olinishi
kerak.Milliy tarbiya mezonlarini belgilashda o‘quvchilaming yosh,
aqliy imkoniyatlarini e’tiborga olinadi.
Quyida boshlang‘ich sinf о‘quvchisining milliy tarbiyalanganlik ko'rsatkichlari va mezonlari qanday bo‘lishini taxminiy
na’ munasini keltiramiz. 0 ‘ zbekiston - Vatanim mening.
0 ‘zbekistonning tabiiy, ma’naviy, jug‘rofiy va milliy xususiyatini anglash; o4lkaning o‘tmishini, hozirgi hayot va kelajagi haqida
tushunchalarga ega bo‘lish; 0 ‘zbekistonning, o‘zbek xalqining
qahramon farzandlari xizmatlarini bilish; 0 ‘zbekiston Davlat
ramzlarini bilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |