2.Milliy tarbiya va uning mazmuni
“Milliy tarbiya” tushunchasi ko‘p qirrali bo‘lib, uning milliy
qadriyatlar asosida olib boriluvchi maqsadga yo‘naltiriIgan
tarbiyaviy faoliyat; umuminsoniy tarbiyaning har bir xalqqa xos va
mos betakror shakli; xalq va uning madaniyatini saqlab qolish,
tiklash va rivojlantirishdan iborat. Milliy tarbiyaning manbai -
milliylikdir!. "Millat'’, "milliylik", "milliy g‘urur", "milliy odob",
"millatlararo muloqot madaniyati" tushunchalarining o‘zagini
arabcha "mil" so‘zi tashkil qiladi. Bu so‘z arabchada "o‘zak", '"tub
mohiyat”, "negiz" ma’nolarini anglatadi. "Millat" so‘zi esa bir
necha ma’noni; 1) din: mazhab; 2) ummat: bir mazhabga mansub
aholi: 3) xalq ma’nolarini anglatadi1.
"Millat", "milliylik" tushunchalarining talqini bilan tanishar
ekanmiz, ulaming g‘arbona va sharqona tarzlari bor ekanligini ko‘-
ramiz. Aniqrog‘i, g‘arbiy talqin xristian, sharqiy talqin esa islomiy
o‘zbeklarga borib tutashadi. Ya’ni Ovro‘po xalqlari tillariga
"millat" tushunchasi lotincha "natio" - qabila, xalq sifatida xristian
dini bilan birga kirib kelgan bo‘lsa, Osiyoga esa Islom ta’limoti
orqali yuqoridagi uch xil ma’noda kirib kelib singdi. Milliy tarbiya
mazmuriini eng yaxshi o‘zbek oilalarida amal qilingan va amal
qilinib kelinayotgan tarbiya mazmuni va mustaqillik sharoitida
davlat, jamiyat maktab tarbiyasiga qo‘ygan talablardan mujassamlangan fazilatlar hosil qiladi. Muayyan fazilatlaming izchil,
turli vaziyatlarda, turli vositalar yordamida singdirilib, tuzatilib,
takomillashtirilib borilishi pirovard natijada davlat va jamiyat, oila,
mahalla. maktab uchun namunaviy o‘quvchi, o‘g‘il-qiz axloqini
hosil qiladi. Milliy tarbiya mazmunini quyidagi bilim, ko‘nikma va
malakalar uyg‘unligini pedagogik ta’minlash tashkil qiladi:
• katta-yu kichik bilan avval salomlashib. keyin so‘z boshlash;
• ota-onaga mehrlilik;
• nafaqat yoshi ulug‘lami, balki o‘zidan kichiklami ham
samimiy izzat qilish;
• boshqa millat bolalarini ham xuddi o‘zidan millatparvar
bilib, hurmat bilan e’zozlovchi, ulaming milliy madaniyatiga
samimiy qiziqish;
• nohaqlik va axloqsizlikni ko‘rsa xoh katta, xoh kichikni
noto‘g‘ri ishlardan qaytarib, insofga chaqira olish;
' Farhangi zaboni-tochfldy (Az asri X to ibtidoi asri XX). 2 child. 1 child. Sovetskaya
aitsiklopedjya. - М.: 1969.-689 b.
240
• jamoat transportida o‘zidan katta va kichikka izzat
ko‘rsatish;
• o‘zi mansub jamoa muammolariga tegishli yig‘ilish, majlis,
xayriyalarda faollik;
• yo‘lovchilarga xalaqit beruvchi narsalarni yo‘ldan olib
qo‘yish; qanoatlilik; xalqlar, millatlar orasidagi fitna-fasod,
jaholatga qarshi turish;
• umummilliy jipslikni hamshaharlik, mahalliychilikdan
ustun qo‘ya olish;
• o‘zining tabiatga, jamiyatga, o‘ziga bo‘lgan munosabatlami
“yaxshi niyaf”, “yaxshi so‘z”, “yaxshi ish” asosiga qura olish,
tavozelilik, ochiq chehralik;
• inson umri, vaqtini qadrlash;
• gunoh, xato qilsa, kechirim so‘ray olish;
• o‘zining yetti pushti tarixini muiassal aytib bera olish;
• barcha qarindoshlarining yaqinlik darajalari va nomlarini
bilish va ularga mehrini namoyish qilish;
• sinfdoshi, o‘rtog‘i oilasida noxush voqea sodir bo‘lganida,
bemor bo‘lganida albatta borib, hol-ahvol so‘rash;
• tanishlari, do'stlari, notanish bolalar arazlashganda ulami
yarashtirishga harakat qilish;
• birovning shodligidan shodlanish, qayg‘usiga hamdard,
sherikligini bildira olish;
• (o‘g‘il bolalar uchun) qiz bolalami har tomonlama nozik deb
e’zozlash, ularga o‘z hurmatini amalda namoyon qilish;
• (qiz bolalar uchun) o4g‘il bolalami g‘ururli, mard, shijoatli
deb bilish, ularga o‘z hurmatini bildirish;
• aka va opani ota-ona. kabi izzat qilish;
• bir marta ko‘rishgan kishining ismini so‘rab qo‘yish va esda
saqlash;
• vafot etgan yoki o‘zi shu yerda yo‘q kishi haqqiga g‘iybat va
tuhmatdan xazar qilish;
• Unga ishongan kishining sirini saqlay olish;
• “Yomon” deb nom chiqargan bolalardan o‘zini tuta olish;
241
• yaxshi kishilarga havas va taqlid qilish;
• birovning aybiga kulmaslik, yuziga solmaslik;
• kek saqlamaslik;
• badavlat kiyingan bola qarshisida o'zini xor tutmaslik,
kambag'al kiyingan bola oldida kekkaymaslik;
• o‘g‘il boiib qizlaming, qiz bo‘lib osg‘illaming kiyimini
kiymaslik;
• milliy axloq va sharoitga xilof xatti-harakatlardan tiyilish;
• o‘ziga topshirilgan ishni oliy darajada bajarishni ilohiy
e’tiqod darajasida tushunuvchi;
• sinab va o‘rtaga Allohni qo‘yib do‘st boiish, millat, vatan
manfaatlariga zid harakat qilgan do‘stidan kecha olish, ota-onasi
lozim ко‘rib bergan ovqat, kiyim-boshga qanoat qilish;
• balog'atga yetgach, g‘usl qilish;
• nonni ilohiy darajada e’zozlash;
• oaa tilida sof fikrlash, so‘zlash;
• uyat, xarom so‘zlarni hech qachon, hech qayerda, hatto
urishgan paytida ham tiliga keltirmaslik, kattalarning ijobiy-axloq
namunalarini diqqat bilan kuzatish va asta-sekin o‘z xattiharakatlarida namoyon qila borish;
• har bir jiddiy ishni ota-ona bilan maslahatlashgan holda
boshlash, o‘z tarixi haqida allomalari, xizmatlari haqida,
minnatdorlik bilan hikoya qilib bera olish;
• milliy madaniy yodgorliklar tarixini yaxshi bilish va ulami
asrashga xizmat qilish;
• savdo-sotiq, bozor munosabatlarida insofli, chaqqon,
jur’atli bo'lish;
• milliy istiqlol mafkurasi g‘oyalarini o‘zlashtirish, ijtimoiysiyosiy voqeaiarga tarixiy nuqtayi-nazardan turib mustaqil
munosabat bildira olish;
• kitobxonlik; barvaqt uyquga yotib, barvaqt uyg‘ onish;
• sabrli, andishalilik;
• o‘z kelajagiga taalluqli masalalar bo‘yicha mustaqil, yoshiga
mos fikr yurita olish va h.k.
242
Axloqiy tarbiyaning eng ta' sirchan vositalaridan biri hadisdir.
Chunonchi, Qur’oni karim oyatlari mazmuni, Payg‘ambarimiz
Muhammad alayhissalom Hadislari, sharq allomalari va faylasuflarining kitoblari tarbiyamizning manbai boiib xizmat qilgan.
Islomiy tarbiya musulmonlar hayotming barcha qirralarini,
hatto mayda jihatlarigacha qamrab olgan. U go‘daklarni emizishdan tortib, qanday kiyintirishgacha, ovqatlanish odobidan tortib,
ko‘cha-ko‘yda, kattalar qoshida o‘zini qanday tutish lozimligming
barcha jihatlarini o‘z ichiga olgan. Eng asosiysi, islomiy odob
farzandlaming halol, pok, mehnatkash, ilmga intiluvchan, kattalami, ayhiqsa, ota-onani hurmatlash ruhida tarbiyalanishni shart
qilib qo‘ygan.
Payg‘ambar alayhissalom Hadislarida: ‘ ‘Farzandlaringizxii
izzat-ikrom qilish bilan birga, axloq-odobini ham yaxshilanglar!”
“Hech bir ota o£z farzandiga xulq-u odobdan buyukroq meros bera
olmaydi”, deyilgan.
Yana bir Hadisda esa: “Mo‘min kishiga berilgan narsalaming
eng yaxshisi chiroyli xulqdir”, deyilgani bejiz emas. Bobokalonlarimiz hamisha barkamol inson shaxsini tarbiyalashga intilganlar
va o‘z farzandlari, mahalla yoshlari va butun jamiyatning tarbiyali
bo‘lishi uchun kurashganlar.
Yoshlami tarbiyalashda “Mening bo lam”, “Sening bolaag” deb
ajratishmagan. Tarbiya berish hammaning vijdoniy burchi, deb
qaralgan. Payg‘ambar alayhissalom Hadislarida yana shunday
deyilgan:
Masalan: Munofiqlikning belgisi 3 tadir
1) Yolg‘on so‘zlash
2) Va’daning ustidan chiqmaslik
3) Omonatga hiyonat qilish
Tangri nazarida eng yaxshi gap-rost gapdir. Yana xadislarda,
halokatga olib boruvchi 7 xil gunohdan saqlaning deyilgan:
1. Tangri ga shak keltirmaslik
2. Sehr ishlari bilan shug‘ullanmoq
3. В irovni nohaq о ‘ ldirmoq
4. Sudxo‘rlik
243
5. Yetimiar molini yemoqlik
6. Vatan mudofaasi uchun bo‘layotgan urushdan qochmoq
7. Erli, mo‘mina, iffatli ayollami fohisha deb haqoratlamoq.
Umuman Sharq xalqlarida odob-axloq, izzat-hurmat, xayoandisha uning insoniylik qiyofasini belgilovchi asosiy omildir.
Bu haqida rus pedagogi N.Krupskaya shunday deydi: “0 ‘zidan kattalami hurmat qilishni Sharq, xalqlaridan o‘rganish kerak”.
Darhaqiqat, Sharq xalqlarining ibrat bo‘larli ahloqiy fazilatlari
benihoyat ko‘pdir. Musulmonlarda ayollarga bepisandlik bilan
qaraladi degan bid’atlar bor, holbuki, hadisda onalami ulug‘lovchi
hadislar son-sanoqsiz.
Masalan: Jannat onalar oyog'i ostidadir.
Ota ona birdan chaqirganda, awal onaga 3-marta “labbay” deb
javob berib, so'ng otaga javob berish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |