261
Dunyoqarash deb, shaxsning tabiatga, jamiyatga, o‘zining
ijtimoiy muhitdagi o‘miga, o‘z-o‘ziga, turli voqeliklarga munosabatini belgilab beradigan qarashlari, e’tiqodi, hayotiy tajribasi va
faoliyat tamoyillarining tizimidir.
Dunyoqarash kishilarda olam haqida yaxlit umumlashtirilgan
bilimlar, gcoyalar turkumini hosil qiladigan, ularni muayyan
ijtimoiy guruhlar, sinflar, ommaviy harakatlar, davlatlar maqsadidan kelib chiqib baholaydigan va shunga qarab hayotdagi o‘zo‘zini, amaliy faoliyat yo‘nalishlarini, maqsadlarini aniqlab olishga
imkoniyat beradigan ko‘p qirrali va sermazmun tushunchadir.
Dunyoqaraslming ikkita darajasi mavjuddir.
birinchisi, kishilaming kundalik hayotiy amaliy tajribasi
hamda kasbiy faoliyati asosida to‘plangan bilimlar, tasavvurlar,
qarashlar tashkil qilsa,
ikkinchisini ilm-fan tufayli to‘plangan nazariy bilimlar,
g‘oyalar yig‘indisi tashkil etadi. Ularning ikkalasi bir-biri bilan
uzviy bog‘langan bo‘lib, bir-birini to‘ldiradi.
Dunyoqarash ijtimoiy borliqning inikosidir. Unda ijtimoiy
turmush aks etadi va u ijtimoiy tuzumga bog‘liq bo‘ladi.
Dunyoqarashning doimo o‘zgarib, rivojlanib turishi uning
tarixiy turlarining almashuvida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Dunyoqarash quyidagi turlarga ajratiladi:
1) mifologik dunyoqarash;
2) diniy dunyoqarash;
3) falsafiy dunyoqarash;
4) ijtimoiy-siyosiy dunyoqarash;
5) estetik dunyoqarash;
6) ilmiy dunyoqarash;
7) hayotiy tajriba.
Mifologik dunyoqarash - ibtidoiy jamoa tuzumida borliqni
obrazli qabui qilish asosida shakllangan tasavvurlar majmuasini
ifodalovchi dunyoqarash. “Mifologiya” tushunchasining o‘zi
(yunonchadan “mythos” - afsona, rivoyat, “logos” - fan, ta’limot)
“biror xalqqa tegishli afsonalar” ma’nosini anglatadi.
Diniy dunyoqarash mifologiya (afsona) negizida shakllangan
va rivojlangan, voqelikning kelib chiqishi, rivojlanishi, istiqbolini
hayoliy obrazlar, tasavvurlar va tushmchalarda aks ettiruvchi
262
dunyoqarashdir. Diniy dunyoqarashning xalq ongiga singib, qalbida chuqur ildiz otib ketishining boisi shundan iboratki, ular oddiy
kishilaming ruhiyatiga moslab, ulaming hissiyoti, tafakkuriga ta’ sir
etadigan va ko‘p vaqtgacha esda saqlanib qoladigan yorqin
obrazlar, afsona va rivoyatlar shaklida izhor qilinishidadir.
Falsafiy - tabiiy va ijtimoiy borliqni nazariy qabul qilishga,
shaxsning borliqqa nisbatan falsafiy munosabatiga asoslangan
dunyoqarash. “Falsafa” tushunchasining o‘zi (qadimgi grek tilidan
tarjima qilinganda “fal” - muhabbat, intilish, ishtiyoq, “sofa” -
donishmandlik, so‘zma-so‘z tarjima qilinganda esa “falsofa”)
“donishmandlikka intilaman” ma’nosini anglatadi. Mifologik va
diniy dunyoqarash hissiy a’zolarimiz orqali erishilgan ma’lumotlar
asosida shakllansa, falsafiy dunyoqarash hissiy va aqliy a’zolarimiz
tufayli ilm-fan yordamida to‘plagan bilimlar yig'indisidir. Falsafiy
dunyoqarash kishilarga tabiat, jamiyat, inson tafakkuri
rivojlanishining umumiy qonuniyatlari haqida ma’lumot beradi.
Shu bilan birga u insonni qurshab turgan olamni, dunyoni va uning
taraqqiyot qonunlarini bilish mumkinligini, bilish esa murakkab,
ziddiyatli jarayondan iboratligini tasdiqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |