Oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi umumiy pedagogika


Ma’naviy-axloqiy tarbiya mazmuni



Download 0,62 Mb.
bet111/234
Sana01.05.2022
Hajmi0,62 Mb.
#601589
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   234
Bog'liq
китоб

4.Ma’naviy-axloqiy tarbiya mazmuni
Axloq kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyoti davomida vujudga
kelib, tarkib topgan, takomillashib kelgan me’у or va qoidalardan
iborat bo‘lib, ular kishilaming jamiyatga boigan munosaba.tla.rini
tartibga soladi. Bu me’yor va tartib qoidalar kishilardan jcimiyat
uchun zarur bo‘Igan axloqqa ega bo‘lishlikni talab qiladi. Shunga
muvofiq, biror shaxsning xulq-atvori, yurish-turishiga axloqli yoki
axloqsiz deb baholashga imkon beradi.
0 ‘zbek milliy pedagogi Abdulla Avloniy axloqqa quyidagicha
ta’rif beradi: “Axloq insonlami yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir ilmdur. Yaxshi xulqlaming yaxshiligini, yoroon
xulqlaming yomonligini dalil va isboiiar ila bayon qiladurgan
kitobni axloq deyilur”. Axloq - inson hayotida o‘z-o‘ zini idora
qilish me’yolarini, boshqalar bilan munosabatda bo‘lish
madaniyatini, halol ishlab, to‘g‘ri hayot kechirish mezonlarini
o'rgatadi. Ibn Sino ham “axloq har bir kishi uchun o‘z-o‘zini idora
qilshi ilmidur” deb uning mazmunini ifodalab bergan edi. Axloq
me’yori va qoidalari tarixiy taraqqiyot davomida tarkib topib,
takomillashib borgan va kishilarda birgalikda yashash sharoitidan,
271
tabiiy ehtiyojidan, ijtimoiy manfaatlari va hayotiy talablaridan kelib
chiqqan va ular muayyan tarixiy davrdagi kishilarning xattiharakati, yurish-turishi va boshqalarga bo‘lgan munosabatlarida
namoyon bo‘lgan. Ana shu tartib-qoidalarsiz biron-bir jamiyat
bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham.
Axloqiy faziiatlar hech qachon o‘z~o' zidan vujudga keimaydi,
balki ulaming keiib chiqishining haqiqiy manbai, ularni keltirib
chiqargan sabablar va harakatga keltiradigan kuchlar mavjuddir.
Zero, har qanday axloqiy qoidalar muayyan tarixiy zaruriyat
natijasida vujudga keladi va muayyan qonuniyat asosida rivojlanib
boradi. Demak, axloqning rivojlanishi obyektiv shart-sharoitlari
bilan subyektiv omillaming o‘zaro munosabati qay darajada
ekanligi bilan bog£Iiqdir.
Inson ijtimoiy hayotga aralashar ekan, ijtimoiy munosabatlar
ta’siriga tushadi. Ijtimoiy munosabatlar o‘zgarishi bilan shaxsning
ma’naviy qiyofasi, yangi dunyoqarash, g‘oya va tasawurlari,
jumladan axloqi ham, shuningdek, unga boigan qarashlari ham
o‘zgarib boradi. Har qanday shaxs o‘z dunyoqarashi, axloqiy
qoidalarini va ular ta’sirida shakllangan odat va ko4nikmalarini
o‘zlashtirib borishi bilan birga, aniq ijtimoiy voqealarga, o‘zini
o‘rab olgan narsa va hodisalarga, kishilarning xatti-harakatlariga.
yurish-turishlari va muomalalariga muayyan hayotiy mavqeda
turib, maqsadga muvofiq tarzda baho beradi.
“Axloq” so‘zi arabchadan olingan bo‘lib, “hulq” so‘zining
ko‘plik shaklidir. “Axloq” iborasi ikki xil ma’noga ega: umumiy
tushuncha sifatida farming tadqiqot obyektini anglatsa, muayyan
tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xatti-harakatining eng
qamrovli qismini bildiradi.
Axloqni umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida
aks ettiradigan bo‘lsak, doiraning eng kichik qismini odob, undan
kattaroq qismini xulq, eng qamrovli qismini axloq egallaydi.
Odob - inson haqida yoqimli taassurot uyg'otadigan, lekin
jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga
ega bo‘lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xattiharakatlami o‘z ichiga oladi.
272
Xulq - oila, jamoa, mahaIla-ko‘y miqyosida ahamiyatli bo‘lgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-harakatlaming majmui.
Axloq esa - jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun na’muna
bo‘la oladigan ijobiy xatti-harakatlar yig‘indisidir. Axloq
me’yorlari hulq atvoming regulyatori sifatida odat me’yorlariga zid
xatti-harakat axloqsizlik harakati deb qaraladi. Shunisi ham borki,
huquq majburiy bo‘lsa, axloq ixtiyoriydir.
Axloqiy tarbiyaning maqsadi jamiyat talablariga bog‘liq boiib,
bu talablar o‘z navbatida ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish
darajasi va jamiyatda yoshlami o‘qitish va tarbiyalash ishlarining
hammasi yosh avlodda ma’naviy axloq va e’tiqodni shakllantirishga, ularni Vatanga cheksiz sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat.
qilishi lozim. Yoshlami ma’naviy-axloqiy tarbiyalash tizimini
takomillashtirishda boshlang‘ich maktab muhim o‘rin egallaydi.
Insonning jamiyatga bo‘lgan munosabatini shakllantirish, salbiy
illatlarga qarshi nafrat uyg‘otish. ongli intizomni tarbiyalash, komil
insonni voyaga yetkazish kabilar axloqiy tarbiyaning vazifalaridir.
Axloqiy tarbiya vazifalaridan yana biri insonning jamiyatga
bo‘lgan munosabatini yuqori pog‘onaga ko‘tarishdir.
Iymon va insof, so‘z va ish birligi, insonparvarlik - yangi
qurilayotgan jamiyatning asosiy xususiyatlari bo‘lib qoladi. Shunday ekan, jamiyat va xalq manfaati, uning baxt-saodati uchun
kurashish mas’uliyatini har bir fuqaro teran his etishi va unga amal
qilishi lozim. Yoshlami tarbiyalashda sharqona va milliy axloqodob normalari asosida ish yuritish bilan birga jamiyatga hurmat,
mustaqillikni mustahkamlash, insonlarga insoniy munosabatda
bolish kabi fazilatlarni singdirish taqozo etiladi. Axloqiy tarbiya
odamlami nomusli. vijdonli, adolatli, vatanparvar, mehnatsevar
bo‘lishga o‘rgatish bilan profilaktika ishlarini ham olib boradi.
Axloqiy tarbiyada yaxshi xulqni takomillashtirish uchun kurashiladi. Xalq ta’limi tizimida o‘qitish tarbiyalanuvchilaming
axloqiy mukammallashish bilan bog‘liq bo‘ladi. Ularda ong bilan
xulq birligi tarbiyalanadi. Shaxsning jamoat va vatanga, mehnatga,
kishilarga, o‘z hulqiga munosabatlami quyidagilarda o‘z aksini
topgan:
273
jamiyatga, vatanga muhabbat va sadoqatni tarbiyalash;
— mehnatga axloqiy munosabatni tarbiyalash;
— atrofdagi kishilarga axloqiy munosabat, yuqori muomala
madanlyatiga ega bo‘lgan shaxsni shakllantirish;
— shaxsning o‘ziga, o‘z xulqiga, axloqiy munosabatni
tarbiyalash.
Dars va darsdan tashqari tarbiyaviy ishlar jarayonini Alpomish,
To‘maris, Shiroq kabi xalq qahramonlari; A.Temur, Ulug'bek,
Bobur singari davlat arboblari va sarkardalarimiz, Ibn Sino,
Beruniy kabi olimu fuzalolarimiz qarashlariga tez-tez murojaat
qilishimiz, yoshlami Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash ishning
asosini tashkil qiladi. Shu bilan birgalikda tarbiya borasidagi jahon
standartlariga ham e’tibomi qaratmoq lozim. Estetik tarbiya ancha
kengma’noga ega bo‘lib shaxsni tabiat va jamiyatdan go‘zalliklarni
ideal nuqtayi nazardan idrok etishga o‘rgatadi.1
Tarbiya turlarining hammasi bir-birlari bilan o‘zaro uzviy
bogTiq, lekin shunga qaramasdan o‘z mazmunidan kelib chiqqan
holda, ular o‘z spetsifikasiga ham egadir. Endi biz quyidagi: aqliy
tarbiya, axloqiy tarbiya, iqtisodiy tarbiya, ekologik tarbiya, huquqiy
tarbiya, estetik tarbiya, jismoniy tarbiya, mehnat tarbiyasi kabi
tarbiya turlarining har biriga alohida-alohida to‘xtaiib o‘tamiz.
Inson kundalik hayotida undan (axloq normalaridan) norma
sifatida foydalanadi. Axloqiy tarbiya normalari har bir jamiyatning
huquqiy normalariga asos bo‘ladi. Axloqiy tarbiyada kishi axloqiy
bilimlami o‘zlashtiribgina qolmay, har qanday vaziyatlarda o‘zini
ana shu nonnalarga munosib tuta oladigan kishilar axloqiy
tarbiyalangan hisoblanadi. Axloqiy tarbiyalangan kishida barqaror
ma’naviy motivlar shakllangan bo‘ladi. Bu motivlar esa o‘sha
kishini jamiyatda munosib xulq-atvorga rag'batlantiradi.
Yosh avlodni jamiyatga, mehnatga, o‘ziga munosabatni ochib
beruvchi ma’naviy fazilatlarga muvofiq ravishda tarbiyalash -
tarbiyalanuvchi shaxsni, axloqiy tarbiyaning pedagogik va psixologik asoslarini chuqur bilishni talab qiladigan murakkab jarayondir. Axloqiy bilimlami ongli ravishda o‘zlashtirib olishgina
1 Mirjalilova Yu. “ Milliy va umummsoniy qadriyatlar asosida talaba shaxsini axloqiy jihatdan
tarbiyalash” Biliruv malakaviy ishi. 2004 yii.
274
o‘quvchilarga atrofdagi kishilar xatti-harakatidagi qaysi jihatlar
yaxshi-yu, qaysilari yomon ekanligini anglab oiishga yordam
beradi.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish