Ijtimoiy-siyosiy dunyoqarash kishilaming obyektiv mavjud
bo‘lgan siyosiy hayotga nisbatan siyosiy qarashlari, siyosiy
faoliyatga nisbatan munosabatlarining umumlashtirilgan tizimi
ijtimoiy-siyosiy dunyoqarash deb ataladi.
Estetik dunyoqarash tabiiy va ijtimoiy borliqqa estetik
qadriyatlar - go‘zallik, xunuklik, kulgili, fojiaviy va boshqalar
asosida yondashishga asoslanadi.
Ilmiy dunyoqarash - bu ilmiy metodlar yordamida ko‘p bor
tekshirish, umumiy holda insoniyat tajribasi bilan tasdiqlanish
qonunlariga tayanuvchi dunyoqarash.
Ilmiy qarash (yunoncha “idea” - g‘oya, tasawur, tushunchalar
yig‘indisi) muayyan hodisa, jarayonning mohiyatini yorituvchi, ilmiy
jihatdan asoslangan fikr, g‘oya bo‘lib, u shaxs tomonidan mavjud
ilmiy bilimlar tizimi puxta о ‘ zlashtirilganda, biiimlami bir-biri bilan
taqqoslash, solishtirish, predmet, hodisa yoki jar ay on mohiyatini
tahlil qilish natijasida yuzaga keladi. Ilmiy qarash ilmiy dunyoqarashdan farqlanib. uning shakllanishi uchun asos vazifasini o‘taydi.
263
Hayotiy tajriba - har bir shaxs tomonidan uning umri
davomida orttirgan bilimlar, malakalar. o‘quvlar majmui.
Hozirgi kunda kishilaming ongi dunyoqarashida yangicha
fikrlash yo‘sini mustahkamlanmasa, milliy istiqlol g‘oyasi,
mazmuni va mohiyati ularga tushuntirilmasa katta o‘zgarish sodir
bo‘Im.asligi mumkin. Hozirgi muhim dolzarb masalalardan bin
kishilaming eskicha dunyoqarashini o‘zgartirish, iqtisodiy, siyosiy,
madaniy jabhalarda fikrlashni o'rgatish, mustaqillikni mustahkamlashda o‘z haq-huquqlarini anglab olish va noo‘xshov holatlaming
hayotga kirib qolmasligiga qarshi kurashishga undashdan iborat
Milliy ong va mafkurani shakilantirish hozirgi kun talabi ekan, bu
tushuncbalar mohiyatini ham chuqur bilishimiz zarur.
Milliy ong va mafkura. Ongni arabcha “aql” so'zidan olingan,
deb ta’kidlaydi bir qator olimlar. Lekin ong va aql iboralari
o‘rtasida farqlar ham bor.
Odamning fikrlash qobiliyati nazarda tutilganda, ong va aql
atamalari bildirgan ma’nolar bir-biriga mos keladi, ong ham, aql
ham odam miyasining mahsulidir. “Odam onglaydi (anglaydi), aql
yuritadi, fikrlaydi. Ong, shuningdek, kishining ruhiy, ruhoniy,
siyosiy, falsafiy nuqtayi nazarlari, diniy, badiiy qarashlarining ham
majmuyi hisoblanadi”.
Milliy ong - bevosita har bir millat yoki elatning uzoq tarixiy
etnogenez davri, turmush tarzi, iqtisodiy ishlab chiqarish usuli,
diniy e'tiqodlari, madaniyati, boshqa xalqlaming o‘zaro ta’siri
tufayli shakllangan dunyoqarashi, iqtisodiy, siyosiy-ijtimoiy va
madaniy-ma’naviy sohalarda faollik darajasi.
“Milliy ong - 0 ‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlashning
samarali omillaridan biridir”. Milliy ongni davr talabi darajasiga
ko‘tarish uchun davlatimizda katta ishlar amalga oshirilmoqda.
Bunda taolim-tarbiya muassasalarining roli ayniqsa muhimdir.
Mafkura (arabcha “mafkura” - nuqtayi nazarlar va e’tiqodlar
tizimi, majmuyi) - jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy,
diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, fikrlar va g‘oyalar majmui.
Mafkura ijtimoiy borliqning, ya’ni keng ma’noda jamiyat hayotining ma’naviy-siyosiy inikosidir, uning inson ongida aks etishi,
inson tomonidan anglanib, bir butun tizim holiga keltirilishi va bu
Do'stlaringiz bilan baham: |