Mukofotlash. Maktabdagi eng oliy mukofot boshlang‘ich
maktabni bitirganda, sinfdan-sinfga o‘tganda maqtov qog‘ozi
berish va o‘rta maktabni bitirganda hamma fanlardan a’lo o‘qigani
va namunali xulqi uchun imtiyozli attestat berishdir.
Rag‘batlantirish yolg‘iz ayrim o‘quvchilargagina emas, balki butun
bir sinf jamoasiga ham qo‘ llanadi.
Pedagogikada bolalami rag‘batlantirish bilan bir qatorda jazo
choralari ham qo‘llaniladi.
Jazo. Jazo - bolalaming o‘z xulqi va harakatidagi nojo'yalik
hamda kamchiliklami anglashiga, tugatishiga, yaramas harakatlardan, sho‘xliklardan o‘zlarini tiyishiga yordam beradi. Maktab
yoshidagi kichik bolaning xatti-harakatidagi yomon tomonlami o‘z
vaqtida qoralash va ta’qiqlash, bolani ikkinchi marotaba shu
nojo‘ya harakatlarni qilmaslikka, o‘z xulq-atvorini tuzatishga
yo‘llaydi. Lekin bo‘lar-boimasga jazolayverish ham zararlidir.
Bolalarga nisbatan jazo choralarini qoilashda quyidagi
pedagogik talablariga amal qilish kerak:
a) jazoning haqqoniyligi
b) jazo aybdomi tarbiyalashi
d) aybdor nima uchun jazo olayotganini bilishi lozim
Asosan quyidagi jazo choralari qo‘llanishi mumkin: o‘qituvchining, sinf rahbarining, direktoming o‘quv yoki ma’naviyma’rifiy ishlar bo‘yich o‘rinbosarining tanbehi; parta, sinf doskasi
yoki o‘qituvchi stoli yonida tikka turg‘azib qo‘yish; sinf o‘quvchilari oldida ogohlantirish berish, darsdan chiqarib yuborish;
bajarilmay qolgan sinf yoki uy vazifasini bajarish uchun darsdan
259
keyin olib qolish; ta’sir ko‘rsatish uchun pedagoglar kengashiga
chaqirish; direktjrning maktab bo‘yicha beradigan buyrug‘i bilan
ogohlantirish e’lon etish; xulqiga qo‘yilgan bahoni pasaytirish;
sanab o'tilgan jazo choralarini qo4 lianganda o4qituvchi har bir
bolaning shaxsiy va yosh xususiyatlarini, sinfiiing o‘ziga xos
xususiyatlarini hisobga olmog4i kerak.
Po ‘pisa. Po4pisa - man etilgan va be’mani xatti-harakatlami
to‘xtatishga va oldini olishga yordam beradi. «Abbos, so'kishni
tashlamasang, sinfga kirgizmayman» yoki «Vali, kelgusi darsga
yozib kelmasang, shu yerda olib qolib yozdiraman». Mana bunday
po4pisa kichik bolalar uchun mos hamda ishonarli bo4ladi. Shuni
ham aytish kerakki, po‘pisa qilgan bilan aytganini qildirolmagan
o‘qituvchining obro4si tushib ketadi. Shuning uchun o4qituvchi
bolalarga oqilona, onda-sonda po4pisa qilishi va har bir buyurilgan
ishning qat’iyat bilan amalga oshirilishiga erishishi kerak.
Koyish. Koyish - bema’ni qiliqlaming yaramasligini aytish va
ogohlantirish shakllaridan biridir. Bolalaming salbiy harakatlari,
qiliqlari va tartibni buzganliklari uchun ularni koyib qo4yish zarur.
Koyish o4git-nasihat bilan birga qo4shilgan holda qo4llanadi. Ya’ni
bolaga qilgan gunohining yaramas ekanligi , bu gunohning oqibati
xayrli emasligi yotig‘i bilan tushuntiriladi va uni tuzatish yo4Hari
ko4rsatiladi va yana qaytarmasligi uqtiriladi.
Bolalami koyiganda ularni to‘g4ri yo‘lga solib yuborish ko4zda
tutiladi. Shuning uchun har bir qilingan aybning o4z darajasiga
qarab bolaga shu aybning yaramasligi tushuntiriladi. Koyish
paytida nihoyatda osoyishta hamda muloyimlik bilan gapirilishi
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |