5. san'atda go'zallik va xunuklik dialektikasi



Download 20,98 Kb.
bet1/3
Sana19.11.2022
Hajmi20,98 Kb.
#868421
  1   2   3
Bog'liq
5. san\'atda go\'zallik va xunuklik dialektikasi


5. san'atda go'zallik va xunuklik dialektikasi
Goʼzallik falsafiy-estetik istilohlar orasida nisbatan keng qamrovli, nafosat tushunchasidan keyingi eng yirik tushuncha hisoblanadi. Goʼzallik tushunchasi subʼektdagi yoqimli taassurot, xush kayfiyat va quvonch uygʼotadigan obʼektdagi estetik xususiyatni tavsiflashga yoʼnaltirilgan ilmiy atama. Estetik xususiyat sifatida esa goʼzallik muayyan komillik va yuksak qadriyat, insonni «erkinlikka olib boradigan yoʼldir». Goʼzallikning mavjud boʼlish doirasi «Аlloh goʼzal va U goʼzallikni sevadi», degan hadis soʼzlarida oʼz aksini topgan: Yaratgan – Mutlaq Goʼzal zot, demak, yaratilganlar, nisbiy esa-da, goʼzal boʼlishi lozim. Shu bois goʼzallik, umuman olganda, avvalo tabiatda mavjud, bunda ikki xil tabiat nazarda tutiladi – olamiy tabiat va odamiy tabiat. Olamiy tabiat, bu – gullar, qiygʼos gullagan daraxtlar, lolazor, suvga egilgan majnuntol, dumini yoygan tovus, tunda bulbulning sayrashi va h.k. Odamiy tabiat esa oʼz navbatida ikkiga – ichki va tashqi tabiatga boʼlinadi: ichkisi – yuqorida aytilgan xulqiy goʼzallik boʼlsa, tashqi odamiy tabiat – insoniylashgan muhit, insoniy ruh koʼchib oʼtgan jamiyatdagi goʼzallik. U oʼzini olamiy tabiatga taqlidan yaratilgan tomoshabogʼlarda, muayyan sivilizatsiya erishgan texnikaviy yutuqlarda, shaharsozlikda, umuman, atrof-muhitni goʼzallashtirishning barcha sohalarida namoyon qiladi. Xunuklikka kelsak, aytganimizdek, u goʼzallikning ziddi; qadimgi donishmandlar goʼzallikni komillik bilan, xunuklikni nuqs bilan bogʼliqligini taʼkidlaydilar. Xunuklik kayfiyatni buzadi, kishida obʼekt haqida yoqimsiz tassurot qoldiradi, muhabbat tuygʼusini emas, aksincha hazar, baʼzan esa jirkanish hissini uygʼotadi.
Goʼzallik va xunuklikni ikki alohida dunyo emas, balki bir dunyoning ikki qutbi sifatida olib qarash lozim. Bundan bir necha ming yillar avval qadimgi daochilarning «Dao de szin» kitobida bu borada shunday deyiladi: «Butun Osmonosti goʼzallikning goʼzal ekanini bilib olganida, oʼsha payt xunuklik ham paydo boʼlgan». Demak, goʼzallik bor ekan, xunuklik ham mavjud, ular doimo bir-biri bilan dialektik munosabatda. Bunday munosabatni biz, ayniqsa, ularning bir-biriga oʼtib turishida koʼrishimiz mumkin. Yosh, yuzlari tiniq, qaddi qomati adl – goʼzal qizning yillar oʼtib, qari, hamma yogʼini ajin bosgan bukchaygan, kasalmand kampir boʼlib qolishi yoki bahorda qiygʼos gullagan oʼrikning qishda tikanga oʼxshab tikkaygan shoxlari bir-biriga chirmashib ketgan yalangʼoch daraxtga aylanishi buning yorqin misolidir. Xunuklik ham koʼp hollarda xuddi shunday evrilishni boshdan kechiradi. Masalan, mahalla chetida axlatxona boʼlib yotgan tashlandiq yer – xunuk, uni gulzorga aylantirilsa – goʼzallik kasb etadi yoki zargʼaldoqning jish polaponi – xunuk, voyaga yetgach esa, u rangdor, goʼzal qush sifatida koʼzni quvontiradi. Goʼzallik va xunuklik dialektikasining sanʼatda namoyon boʼlishi alohida eʼtiborga molik. Zero, sanʼatning asosiy vazifasi ezgulik va haqiqatni roʼyobga chiqarishga yoʼnaltirilgan goʼzallikni tasvirlashdan iboratdir; goʼzalliksiz sanʼatning mavjudligi mumkin emas, sanʼatda xunuklik ham goʼzal tasvirlanadi va goʼzallikka aylanib ketadi. Masalan, buyuk rus rassomi Karl Bryullov «Pompeyning soʼnggi kuni» asarida favqulodda hodisa tufayli kutilmaganda halokat yoqasiga kelgan kishilarning qoʼrquv va dahshatdan xunuklashib ketgan qiyofalarini chizadi. Bu polotno tasviriy sanʼatning goʼzal namunasi sifatida salkam bir yarim asrdan buyon hammani hayratga solib keladi, kishiga estetik zavq beradi. Chunki xunuklik sanʼatga koʼchganida, sanʼatkor mahorati va sanʼat qonuniyatlari vositasida oʼzining obʼektdagi jirkantiruvchi jihatlarini koʼzdan yashiradi, goʼzallikka aylanadi. Shunday qilib, insondagi, jamiyatdagi hamda tabiatdagi goʼzallik va xunuklik hech qachon mutlaq boʼla olmaydi, doimo nisbiy hamda muvaqqat tabiatga ega; ularning oʼzaro dialektik aloqadorligi, bir – biriga oʼtib turishi ana shundan.


Download 20,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish